Xususiy korxonada kadrlar boʻyicha inspektor boʻlishi shartmi

preview

«Xususiy korxonada kadrlar boʻyicha inspektor uchun alohida shtat birligi boʻlishi kerakmi? Yoki kadr masalalarini oʻrindoshlik asosida boshqa mutaxassis yurita oladimi?»

Kadrovik.uz tushuntiradi:

 

Amaliyotchi-mutaxassislarning tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun telegram-kanalimizga a’zo boʻling.

 

–  Kadrlar masalalari boʻyicha xodim uchun alohida shtat birligi boʻlishi shart emas. Hech bir normativ-huquqiy hujjat, shu jumladan Mehnat kodeksi ish beruvchiga bunday majburiyatni yuklamaydi.

Tashkilot rahbari tashkilotda hosil boʻladigan hujjatli fond uchun shaxsan javobgardir. Uning oʻzi alohida shtat birligi kerakmi yoki kadrlar boʻyicha xodim vazifasini oʻrindosh xodim  bajaradimi, shuni hal qilishi lozim. Masalan, koʻpincha amaliyotda boʻlgani kabi – bu vazifani buxgalter bajarishi mumkin.

 

Kadrlar boʻyicha mutaxassis boʻlsa xotirjamroq boʻladi

Kadrlar xizmatining shtat birligi boʻlgan va bu lavozimni malakali mutaxassis egallagan korxona rahbari mehnat qonunchiligi talablari bajarilishi bilan bogʻliq muammolarga duch kelishidan xavotirlanmasa boʻladi.

Kasbiy ma’lumotga va ish tajribasiga ega kadrlar boʻyicha xodim toʻgʻridan-toʻgʻri vazifalarini bajarayotganda, Mehnat kodeksi normalari, Mehnat daftarchalari va mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga muvofiq kadrlar ishini yuritishni ta’minlay oladi (shaxsiy tarkib boʻyicha buyruqlarni rasmiylashtirish, xodimlarning mehnat daftarchalarini toʻldirish va h.k.).

Murakkab va mas’uliyatli (xuddi buxgalter kabi) asosiy ishi bilan bir qatorda oʻrindoshlik asosida kadr ishini  bajaruvchi xodim doim ham har bir hujjatning asosiy mazmunini toʻgʻri tuza olmaydi va uni amaldagi normativ-huquqiy hujjatga muvofiq rasmiylashtirmaydi. Bu, ayniqsa, qonun hujjatlari oʻzgarganda, oʻrganish uchun vaqt talab qilinadigan yangi normativ hujjatlar joriy qilinganda seziladi.

Hujjatlarni tayyorlash paytida yoʻl qoʻyiladigan xatolar mehnat daftarchalari egalari uchun muammolarga aylanishi mumkin – ish stajining bir qismini yoʻqotish va boshqalar shular jumlasidan. Xususan, bunga quyidagilar sabab boʻlishi mumkin:

  • shaxsiy kadr hujjatlarida alohida rekvizitlarning yoʻqligi;
  • ularni oʻz vaqtida yoki notoʻgʻri rasmiylashtirish.

Boshqa tomondan, ular ish beruvchiga ham zarar yetkazishi – ma’muriy jarimalar va boshqa javobgarlik choralarini keltirib chiqarishi yoki, agar xodim sudga murojaat qilsa, sud nizosida yoʻqotishlarga olib kelishi mumkin.

 

 

 

Oʻzbekistonda kadrlar hisobi va ish yuritish boʻyicha umumiy savollar - kadrlar boʻlimi xodimlari uchun dolzarb masalalar kadrlar boʻlimi xodimlari uchun umumiy savollar, kadrlar boʻlimi xodimlari uchun savollar, kadrlar boʻyicha ofitserlar uchun ma’lumotlar, kadrlar boʻlimi xodimlari uchun yo’l-yo’riq, kadrlar boʻyicha mutaxassislarga maslahatlar, oʻzbekistonda kadrlar boʻlimi xodimlari uchun umumiy savollar Oʻzbekistonda kadrlar hisobi va ish yuritish boʻyicha umumiy savollar. Siz kadrovik.uz saytida Oʻzbekistonda kadrlar ishini yuritish boʻyicha umumiy savollarga javob topasiz. kadrovik.uz saytida HR mutaxassislari uchun foydali maslahatlar /oz/publish/doc/text184092_korhonada_kadrlar_buyicha_inspektor_bulmasa