Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
«Mehnat daftarchasini toʻldirishda xodimlar boʻyicha inspektor tasodifan xatoga yoʻl qoʻydi va «Yuk mashinasi haydovchisi sifatida ishga qabul qilindi» deb yozishning oʻrniga «Avtomobil haydovchisi sifatida ishga qabul qilindi» deb yozdi. Endi u notoʻgʻri yozuv ustidan chiziq tortib, yoniga toʻgʻri yozuvni, pastki qismida esa «Tuzatilganiga ishonilsin» deb yozmoqchi. Bu toʻgʻrimi?».
Kadrovik.uz tushuntiradi:
– Agar yozuv mehnat daftarchalarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma talablariga javob bermasa, uni tuzatish kerak. Mehnat daftarchasida lavozim buyruqqa muvofiq koʻrsatiladi
.
Ba’zi holatlarda, masalan, agar familiyasi, ismi, otasining ismi yoki tugʻilgan kun sanasi oʻzgarayotgan boʻlsa, ma’lumotlarni oʻchirish mumkin va hatto kerak. Bunday holda avvalgi ma’lumotlar yozuv ustidan bir chiziq chizilib oʻchiriladi va yangi ma’lumotlar yozib qoʻyiladi
.
Ammo mehnat daftarchasining «Ishi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar» boʻlimida ilgarigi yozilgan xato yoki noaniq yozuvlarni chizib oʻchirishga yoʻl qoʻyilmaydi
.
Mehnat daftarchasini toʻldirishda xatolik kadrlar xizmati xodimi aybi bilan sodir boʻlgani sababli, alohida buyruq rasmiylashtirish shart emas.
Oʻzgartirish kiritish uchun oʻzgartirishning tegishli tartib soni va sanasi koʻrsatilgandan soʻng 3-ustunda «___ tartib sonli yozuv bekor qilindi. Yuk avtomobili haydovchisi sifatida ishga qabul qilindi» deb yozib qoʻyiladi. 4-ustunda esa mehnat daftarchasiga tegishli buyruqning son raqami va sanasi yoziladi.
Tuzatish namunasi:
|
t/r |
Sana
|
Ishga qabul qilish, boshqa doimiy ishga oʻtkazish va ishdan boʻshatish toʻgʻrisidagi ma’lumotlar
|
Qaysi hujjatga asoslanib yozilgan (hujjat, uning sanasi va raqami)
|
||
|
|
Yil |
Kun |
Oy |
||
|
1 |
2 |
3 |
4 |
||
|
|
|
|
|
«Akmal» mas’uliyati cheklangan jamiyati
|
|
|
1
|
2022
|
17
|
09
|
Avtomobil haydovchisi sifatida ishga qabul qilindi
|
17.09.2022 yildan 3-k-sonli buyruq
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2
|
2022
|
18
|
09
|
1- tartib sonli yozuv haqiqiy emas |
|
|
|
2022
|
17
|
09
|
Yuk avtomobili haydovchisi sifatida ishga qabul qilindi
|
17.09.2022 yildan 3-k-sonli buyruq
|