Xodim «masofadan» ishlashga oʻtdi, ammo bu kadr hujjatlarida aks ettirilmadi

preview

«Korxona xodimi masofadan ishlash rejimiga oʻtdi. Boshqa shaharda ishladi, borib kelish uchun aviachiptalar korxona hisobidan sotib olingan. Masofadan turib ishlashga ham, xizmat safariga ham buyruq chiqarilmagan».

Bunday vaziyatda kadr hujjatlarini qanday qilib toʻgʻri rasmiylashtirish kerakligini ekspert va «Norma»  kadrlar xizmati rahbari Valeriya LYaNDRES tushuntirdi:

 

– Koʻrib chiqilayotgan vaziyatda korxonada kadrlar tartib-taomillarini rasmiylashtirishga boʻlgan talablar va moliyaviy intizom buzilgan. 

Xodim, agar bu mehnat shartnomasida yoki korxonaning lokal hujjatida nazarda tutilmagan boʻlsa, mustaqil ravishda masofaviy ish rejimiga oʻtolmaydi. 

Xodimga masofaviy ish rejimiga oʻtkazishni nazarda tutuvchi mehnat shartnomasi shartlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi quyidagi hujjatlar toʻgʻri rasmiylashtirilmagan: 

1) mehnat shartnomasiga qoʻshimcha kelishuv;

2) buyruq.

Xodimga korxona hisobidan aviachiptalar asossiz sotib olingan. Buning uchun ham tegishli qonunchilik me’yorlari asosida rahbarning buyrugʻi yoki farmoyishi  zarur edi. 

Kerakli hujjatlarni «oʻtib ketgan sana» bilan rasmiylashtirish noqonuniy hisoblanadi.

 

Nima qilmoq kerak

Ushbu fakt boʻyicha xizmat surishtiruvi oʻtkazishni va aybdorlarni jazolash toʻgʻrisida qaror qabul qilishni tavsiya qilamiz. Mansabdor shaxslardan, shu jumladan xodimning oʻzidan tushuntirish xatlarini talab qiling.

Masofaviy rejimda ishlash vaqtini  – xodimga  ushbu davr uchun haq toʻlash uchun ish vaqti sifatida tan olish masalasini oʻylab koʻring.

Quyidagilar toʻgʻrisida qaror qabul qiling:

  • xodimga korxona tomonidan  aviachiptalarni toʻlab berishning qonuniyligi  (bu holda soliq oqibatlari boʻladi)
  • aviaqatnov uchun pul toʻlagan aybdor shaxsdan aviachiptalar narxini ushlab qolish.

 

Ish beruvchi tomonidan yoʻl qoʻyiladigan xatolar va ularni tuzatish tartibi Ish beruvchi tomonidan yoʻl qoʻyiladigan xatolar va ularni tuzatish tartibi Ish beruvchi tomonidan yoʻl qoʻyiladigan xatolar va ularni tuzatish tartibi /oz/publish/doc/text184653_hodim_masofadan_ishlashga_utdi_ammo_bu_kadr_hujjatlarida_aks_ettirilmadi