Aprel oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
«Mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi kelishuvda undan keyin mehnat munosabatlari bekor qilinadigan uzoq muddatni (masalan, 3 oy) koʻrsatish mumkinmi?».
Kadrovik.uz tushuntiradi:
– Ha, mumkin. Mehnat kodeksining 97-modda 1-bandida nazarda tutilgan asos хodim va ish beruvchining kelishuviga binoan noma’lum muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini ham, muddatli mehnat shartnomasini ham istalgan vaqtda bekor qilishga imkon beradi.
Mehnat shartnomasi kelishuvda taraflar tomonidan belgilangan shartlar va muddatlarda bekor qilinadi. Mehnat shartnomasi bekor qilinishi qonuniyligining asosiy sharti – bunga хodim va ish beruvchining oʻzaro roziligi hisoblanadi.
Mehnat kodeksining 97-modda 1-bandi boʻyicha mehnat munosabatlari tugatilgunga qadar qonunan na minimal, na maksimal muddat belgilanmagan. Ya’ni, shartnoma taraflari uni хohishiga koʻra bir kundan soʻng, istasa, olti oydan keyin bekor qilish toʻgʻrisida kelishuvga erishishlari mumkin.
Sizga quyidagi maqolalar foydali boʻlishi mumkin:
- Ishdan boʻshayotgan хodim bilan hisob-kitob qilish tartibi;
- Ishdan boʻshatishda kompensatsiya toʻlayotganda "ish haqi saqlanmagan ta’til"ni hisobga olish;
- Xodim fikri oʻzgarsa, mehnat shartnomasini bekor qilish kelishuvi kuchini yoʻqotadimi;
- YaMMTda ishdan boʻshatish sabablari haqidagi ma’lumotlarni aks ettirish;
- Toʻliq moddiy javobgarligi boʻlgan хodimni qanday qilib ishdan boʻshatish mumkin.