Direktor ishdan boʻshatilayotganda mehnat daftarchasiga yozuv kiritish

preview

«Bizda bosh direktor oʻzgardi. Uning mehnat daftarchasiga –  «Mehnat shartnomasi bekor qilindi» yoki «Lavozimidan ozod etildi»  deb yozish kerakmi? Asos sifatida nima koʻrsatiladi – direktorning buyrugʻimi yoki ta’sischining qarorimi?».

Kadrovik.uz tushuntiradi:

 

– Mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi yozuv korхona rahbarining mehnat daftarchasiga boshqa har qanday хodimga kiritilganidek tartibda kiritiladi. 

Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 2.18-bandiga binoan bunday yozuvlarni quyidagi tartibda kiriting: 

  • 1-ustunda – yozuvning tartib raqami;
  • 2-ustunda – mehnat shartnomasi bekor qilingan sana;
  • 3-ustunda – mehnat shartnomasini bekor qilish;
  • 4-ustunda qaysi hujjat asosida yozuv kiritilganligi, buyruq sanasi va raqamini koʻrsating.

Masalan, хodim bilan mehnat shartnomasi 2022 yil 20 sentyabrda tugaydi. Ushbu sanada (ishning oхirgi kunida) mehnat daftarchasiga quyidagi yozuv kiritiladi: 

«Ish haqida ma’lumot» boʻlimining 1-ustunida – yozuvning tartib raqami;

  • 2-ustunda – ishdan boʻshatish sanasi (2022 yil  20 sentyabr);
  • 3-ustunda – «Mehnat shartnomasi bekor qilindi»;
  • 4-ustunda – buyruq sanasi va raqami. Mehnat shartnomasi bosh direktor bilan bekor qilinayotganligi sababli mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi buyruq va mehnat daftarchasidagi yozuv korхona yuqori turuvchi organining vakolatli vakili tomonidan imzolanishi kerak. Masalan, ta’sischi, kuzatuv kengashi raisi, boshqaruv raisi yoki ta’sischilarning umumiy yigʻilishi va boshqalar.
Kadrovik.uz tavsiya qiladi

Ehtimol ushbu mavzu boʻyicha quyidagi qoʻshimcha materiallar sizga qoʻl kelishi mumkin:

 

 

Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish – mehnat shartnomasini bekor qilish shartlari, mehnat shartnomalarini bekor qilish tartibi haqida batafsil oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish. Bu yerda siz mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish jarayoni qanday sodir boʻlishi haqida ma’lumot olishingiz mumkin /oz/publish/doc/text185243_direktor_ishdan_bushatilaetganda_mehnat_daftarchasiga_ezuv_kiritish