Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
Ta’tillar bilan bogʻliq yangiliklarni koʻrib chiqishda davom etamiz. Quyida har yilgi mehnat ta’tili bilan bogʻliq yangiliklarga batafsil toʻxtalamiz.
Boʻlgʻusi oʻzgarishlar haqida kadrovik.uz uchun maxsus yuridik fanlar nomzodi, Mehnat kodeksi mualliflaridan biri Mixail GASANOV va «Norma» eksperti, huquqshunos Lenara XIKMATOVA izoh berdi:
Har yilgi mehnat ta’tilini olish huquqini beruvchi ish stajiga kiritiladigan va kiritilmaydigan davrlar aniq belgilab qoʻyildi (10.28.2022 y. 798-son OʻRQ yangi MK 226-m.).
Ajratilgan qismlar – yangi MKning qoʻshimchalari:
|
Har yilgi asosiy mehnat ta’tilini olish huquqini beradigan ish stajiga quyidagilar kiradi: |
Har yilgi asosiy mehnat ta’tilini olish huquqini beradigan ish stajiga quyidagilar kiritilmaydi: |
|
Ish yili davomida haqiqatda ishlangan vaqt
|
Xodim uzrli sabablarsiz ishda boʻlmagan vaqt (progul)
|
|
Xodim haqiqatda ishlamagan, lekin uning ish oʻrni (lavozimi) saqlangan vaqt, shu jumladan har yilgi mehnat ta’tili vaqti, dam olish kunlari, ishlanmaydigan bayram kunlari hamda qonunchilikda belgilangan boshqa davrlar
|
Xodim ishdan chetlashtirilgan davrlar, jadvalning chap ustunida nazarda tutilgan hollar mustasno |
|
Mehnat shartnomasi qonunga xilof ravishda bekor qilinganda, xodim boshqa ishga oʻtkazilganda yoki u ishdan chetlashtirilganda va kelgusida xodim avvalgi ishiga tiklanganda majburiy progul vaqti
|
Bolani parvarishlash uchun beriladigan ta’tillar vaqti |
|
Majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoki mehnatni muhofaza qilish sohasida oʻquvdan oʻtmagan hamda bilim va koʻnikmalari tekshiruvdan oʻtmagan xodim ishdan chetlashtirilgan davr, agar bu xodim aybi bilan sodir boʻlmasa
|
|
|
Xizmat tekshiruvi natijalariga koʻra, mehnat majburiyatlarining buzilishidagi xodimning aybi tasdiqlanmasa yoxud mehnat majburiyatlarini buzish faktining oʻzi tasdiqlanmasa, ushbu xizmat tekshiruvini oʻtkazish vaqtida xodim ishdan chetlashtirilgan davr
|
|
|
Ish yili davomida ikki haftadan oshmaydigan ish haqi saqlanmaydigan ta’tillar vaqti |
|
|
Jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida va ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasining shartlarida nazarda tutilgan boshqa vaqt davrlari |
|
Bu masalada yana bir yangilik: zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlaridagi ish uchun har yilgi qoʻshimcha mehnat ta’tillarini olish huquqini beradigan ish stajiga faqat mazkur sharoitlarda haqiqatda ishlab berilgan vaqt kiritiladi.
Har yilgi mehnat ta’tili davomiyligi ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqariladigan holatlar aniq belgilab qoʻyildi (28.10.2022 y. 798-son OʻRQ yangi MK 224-m.).
Amaldagi Mehnat kodeksida bunday vaziyatlar koʻrsatilmagan. Shuning uchun amaliyotda xodimning mehnat ta’tili muddatini asossiz cheklashga olib keladigan xatolarga yoʻl qoʻyiladi. Ish beruvchilar yillik asosiy ta’til, shu jumladan birinchi ish yili uchun, toʻliq muddatga taqdim qilinishini bilishlari kerak.
Yangi MK boʻyicha mehnat ta’tilining davomiyligi ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda ish yili davomida oʻzgargan hollarda hisoblab chiqariladi. Masalan:
- voyaga yetmagan xodim 18 yoshga toʻldi va shuning uchun u uzaytirilgan ta’til huquqidan mahrum boʻldi;
- xodimga I yoki II guruh nogironligi belgilandi va shu sababli unda uzaytirilgan ta’til olish huquqi paydo boʻldi;
- xodim ish yilining bir qismini normal mehnat sharoitida, qolgan qismini esa noqulay sharoitlarda ishlagan, bu unga ushbu davr uchun qoʻshimcha ta’til olish huquqini beradi;
- xodim ish yili davomida boshqa ishga oʻtkazildi, u yerda mehnat ta’tilining boshqa muddati nazarda tutilgan va hokazo.
Shuningdek, yangi Mehnat kodeksida qaysi toifadagi xodimlarga birinchi ish yili uchun har yilgi mehnat ta’tili toʻliq muddatda berilishi, lekin ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda toʻlanishi belgilab qoʻyildi:
1) oʻquvchilarning yozgi ta’tili davrida har yilgi mehnat ta’tili beriladigan ta’lim tashkilotlarining oʻqituvchilar jamoasi va uslubchilariga. Ikkinchi va keyingi ish yillari uchun ularning ta’tillari toʻliq hajmda toʻlanadi;
2) birinchi ish yilida 6 oydan kam ishlagan oʻrindosh xodimlarga – asosiy ish joyi boʻyicha mehnat ta’tili bilan bir vaqtda ta’til berishda. Bunda birinchi ish yilida 6 oydan koʻp ishlagan oʻrindoshlarning ta’tili, keyingi yillar uchun ta’tillar ham toʻliq toʻlanadi.
Kimlarni ta’tildan chaqirib olish mumkin emas (28.10.2022 y. 798-son OʻRQ yangi MK 232-m.).
Yangi Mehnat kodeksi har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olishga faqat xodimning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladigan amaldagi normani takrorlamoqda. Ta’tilning foydalanilmay qolgan qismi xodimga boshqa vaqtda berilishi yoki ta’tilni boshqa muddatga koʻchirish va ta’tillarni koʻchirish va qismlarga boʻlish qoidalariga rioya qilgan holda keyingi ish yiliga koʻchirilishi kerak. Ammo bu qoidadan istisno belgilangan. Mehnat ta’tilidan quyidagilarni chaqirib olishga yoʻl qoʻyilmaydi:
- oʻn sakkiz yoshga toʻlmaganlar;
- homilador ayollar;
- mehnat sharoitlari oʻta zararli va oʻta ogʻir ishlarda band boʻlgan xodimlar. Hozirda bunday ishlarning roʻyxati 11.03.1997 y. 133-sonli VQMga 8-ilovada belgilangan.
Ta’tilni qismlarga boʻlish (10.28.2022 y. 798-son OʻRQ yangi MK 231-m.).
Hozirgi vaqtda mehnat ta’tilining qismlaridan biri boʻlingan taqdirda 12 ish kunidan kam boʻlmasligi kerak, yangi MK boʻyicha esa – 14 kalendar kundan kam boʻlmaydi.
Ta’tilni pulli kompensatsiya bilan almashtirish (10.28.2022 y. 798-son OʻRQ yangi MK 234-m.).
Ish davrida mehnat ta’tilining 21 kalendar kundan ortiq qismi uchun pulli kompensatsiya olish mumkin boʻladi. Negaki, yangi MK bilan uning aynan shunday eng kam davomiyligi belgilangan.
Xodim 21 kalendar kundan natura shaklida foydalanishi kerak, qolgan qismi esa xodimning xohishiga koʻra pul bilan almashtirilishi mumkin.
Davomi bor ... Sharhning uchinchi yakunlovchi qismida ijtimoiy ta’tillar, ish haqi saqlanmaydigan ta’til va biz uchun yangi boʻlgan ish haqi qisman saqlanadigan ta’tilni koʻrib chiqamiz.