Agar direktor ish vaqti tugagandan soʻng majlis oʻtkazsa

preview
Tushuntirish 2023 yil 30 apreldan kuchga kiradigan yangi MK asosida tayyorlangan.

 

«Direktor ogʻzaki farmoyish bilan xodimlarni soat 18.00 dan soʻng, ish kuni tugaganda muntazam ravishda majlisda qoldiradi. Majlislarda har bir xodimning kun davomidagi ishi oʻrganiladi. Bunda ishdan tashqari ish rasmiylashtirilmaydi va u uchun haq toʻlanmaydi. Ish beruvchi buni ishdan keyin ishlab chiqarish zarurati tufayli qoldirayotgani bilan asoslamoqda, majlis esa – bu ish emas.  Ish beruvchining xatti-harakatlari qonuniymi?».  

Savolga «Norma» eksperti, yurist Lenara XIKMATOVA javob berdi:

 

– Xodimlarning ish beruvchining farmoyishi bilan ishdan tashqari vaqtda majlis va yigʻilishlarda qatnashishi ishdan tashqari ish hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan vaziyatda ham rahbar unga jalb qilishning tartibini buzgan.

  

Ish vaqti 

Xodim oʻsha vaqt davomida mehnat majburiyatlarini bajarishi kerak boʻlgan vaqt ish vaqti sanaladi .

Xodimlarning majlis va yigʻilishlarda qatnashishi – ish jarayonining bir qismi boʻlib, unda ishga doir masalalar hal qilinadi. shuning uchun bu kabi tadbirlarni xodimlarning ish vaqti doirasida oʻtkazish kerak.

Agar IMTQ,  smena almashish (ish) jadvali yoki korxonaning boshqa lokal hujjatlarida ish vaqti soat 9.00 dan 18.00 gacha  belgilangan boʻlsa, yigʻilishlarni ana shu vaqt oraligʻida oʻtkazish zarur.

Bu holda xodimlarning soat 18.00 dan soʻng ishdan ketishi mehnat intizomini buzish deb hisoblanmaydi, tegishincha, xodimga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllab boʻlmaydi.  

 

Ishning normal va qisqartirilgan davomiyligi

Ish beruvchi rioya etishga majbur boʻlgan ish vaqti normasi ham mavjud.

Ish vaqtining normal davomiyligi haftasiga qirq soatdan ortiq boʻlishi mumkin emas .

Besh kunlik ish haftasida har kunlik ishning davomiyligi eng kamida sakkiz soatni, olti kunlik ish haftasida esa – yetti soatni tashkil qiladi .

Korxonada ish vaqtini jamlab hisobga olish joriy qilingan taqdirda – yangi MKning 199-m. qoidalarini hisobga olgan holda ushbu normalarga rioya etmaslik mumkin.

Ish vaqti kunlik hisobga olinganda xodim uchun belgilangan har kungi ish (smena) vaqtining davomiyligidan oshadigan mehnat ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi .

Bundan tashqari qonunchilik, ichki hujjatlar, mehnat shartnomasi bilan ayrim toifadagi xodimlar uchun - mehnatga toʻlanadigan haqni kamaytirmasdan ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi belgilanadi .

Shuningdek, xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga binoan ishlangan vaqtga mutanosib ravishda haq toʻlanadigan toʻliqsiz ish vaqti belgilanishi mumkin .

Tegishincha, bunday xodimlarda ularning kundalik ish vaqti normasi umumbelgilangan normadan kamroq boʻladi. Ular kundalik mehnat (smena) davomiyligidan tashqari ishlagan barchasi ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi. Misol uchun, xodimga ish beruvchi bilan kelishuvga binoan 4 soatlik toʻliqsiz ish kuni belgilangan boʻlsa, uning uchun kundalik 4 soatdan tashqari ishlash ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi.

 

Ishdan tashqari ishga qanday toʻgʻri jalb qilish mumkin 

Umumiy qoidalarga koʻra ish vaqtidan tashqari ishga jalb qilishga xodimning yozma roziligi bilan ruxsat etiladi. Keltirilgan misolda ish beruvchi buni ishlab chiqarish zarurati bilan oqlab, bunday rozilikni olmaydi. Ammo xodimning roziligisiz ishdan tashqari ishga faqat quyidagi 3 ta istisno holatda yoʻl qoʻyiladi:

1) tabiiy yoki texnogen xususiyatga ega halokatlarning, ishlab chiqarishdagi avariyalarning, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning, shuningdek yongʻinlarning, toshqinlarning, zilzilalarning, epidemiyalarning yoki epizootiyalarning oldini olish yoki oqibatlarini bartaraf etish hamda aholining yoxud uning bir qismining hayotiga  yoki normal yashash sharoitlariga tahdid soladigan boshqa alohida hollarda bajarilgan ishlar amalga oshirilganda;

2) markazlashtirilgan issiq suv ta’minoti, sovuq suv ta’minoti va (yoki) suv chiqarish tizimlarining, gaz ta’minoti, issiqlik ta’minoti, yoritish, transport, aloqa tizimlarining normal ishlashini buzadigan kutilmagan holatlarni bartaraf etishga doir ijtimoiy jihatdan zarur ishlar amalga oshirilganda;

3) agar ishda tanaffusga yoʻl qoʻyilmasa, smena almashayotgan xodim kelmay qolganda ishni davom ettirish uchun.

Koʻrib turganimizdek, xodimlarning ishi muhokama qilinadigan majlislar va yigʻilishlarga xodimlarni ish vaqtidan tashqari jalb qilish yuqoridagi istisno holatlarga taalluqli emas. Demak, buning uchun  xodimlarning yozma roziligi talab qilina

 

Ish beruvchi uchun oqibatlar

Xodimlarni ish vaqtidan tashqari ishga jalb etish qoidalariga rioya etmaganligi uchun ish beruvchining mansabdor shaxsi MJTKning 49-m. boʻyicha ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin.

 

Qanday tuzatiladi 

Ish beruvchi yigʻilishlarni ish kuni tugagandan keyin oʻtkazishni istasa, quyidagilarga amal qilishi zarur:

1. Avval har bir xodimning ish vaqtidan tashqari ishlashga roziligini oling.

MK rozilik berishning aniq shaklini belgilamaydi. Xodim tegishli ariza yozishi yoki bu haqda oʻziga tanishtirish uchun berilgan buyruqda shunday yozuvlarni qayd etishi mumkin: «…2022 yil 21 fevralda soat 18:00 dan 20:00 gacha ish vaqtidan tashqari ishlashga qarshi e’tiroz bildirmayman»; «...2022 yil 21 va 22 fevral kunlari ish smenasi tugagach 1 soat davomida – soat 17:00 dan 18:00 gacha ish vaqtidan tashqari ishlashga roziman» va h.k.

2. Xodimning roziligi asosida ish vaqtidan tashqari ishga jalb etish toʻgʻrisida buyruq rasmiylashtiring.

3. Xodimni buyruq bilan imzo qoʻydirib tanishtiring.

E’tibor bering
Hujjatlarni toʻgʻri rasmiylashtirgan taqdirda ham xodimlarni ish vaqtidan tashqari ishga jalb etish imkonini suiste’mol qilmaslik kerak. Bu masalada belgilangan cheklov va taqiqlar mavjud. Ish vaqtidan tashqari ishning davomiyligi har bir xodim uchun surunkasiga 2 kun davomida 4 soatdan (mehnat sharoitlari noqulay boʻlgan ishlarda – bir kunda ikki soatdan) va yiliga 120 soatdan oshmasligi kerak .
Misol
Ish vaqtidan tashqari vaqtni hisoblash
1-xodim kunlardan birida ish vaqtidan tashqari 4 soat ishladi. Kelasi kuni ushbu xodimni – hatto oʻzining roziligi bilan ham endi ish vaqtidan tashqari ishga jalb etib boʻlmaydi.

2-xodim birinchi kuni ish vaqtidan tashqari 3 soat ishladi. Kelasi kuni uni koʻpi bilan bir soatga (4 – 3 = 1) ish vaqtidan tashqari ishga jalb etish mumkin.

E’tibor bering

Quyidagi shaxslarni rozilik boʻlgan taqdirda ham, ish vaqtidan tashqari ishga jalb etib boʻlmaydi:

  • I va II guruh nogironlarini, basharti ular uchun bunday ishlar tibbiy tavsiyalarda taqiqlanmagan boʻlsa ;
  • 18 yoshga toʻlmagan shaxslarni ;
  • ish smenasining muddati 12 soatdan iborat boʻlgan xodimlarni ;
  • mehnat sharoiti oʻta ogʻir va oʻta zararli ishlarni bajaruvchi xodimlarni ;

 

4. Ish vaqtidan tashqari ish uchun kamida ikki hissa miqdorida haq toʻlang.

Xodimning xohishiga koʻra ish vaqtidan tashqari ish uchun oshirilgan haq toʻlash oʻrniga ish vaqtidan tashqari ishlab berilgan vaqtning davomiyligiga muvofiq keladigan qoʻshimcha dam olish vaqtini berish bilan kompensatsiya qilinishi mumkin. Bunday holda ish vaqtidan tashqari ish uchun bir hissa miqdorida haq toʻlanadi, dam olish vaqti uchun esa haq toʻlanmaydi .

Misol
Ish vaqtidan tashqari ish uchun otgul berish
Amaldagi mehnat qonunchiligida xodim aynan qanday – ogʻzaki yoki yozma shaklda otgul soʻrashi kerakligi belgilanmagan. Kelgusida nizoli vaziyatlarning oldini olish uchun xodimlardan yozma ariza olgan ma’qul.

Xodim aynan qachon otgul olishi mumkinligi masalasi tomonlarning kelishuviga koʻra hal qilinadi.

E’tibor bering

Ish beruvchingiz ish vaqtidan tashqari ishga jalb etish qoidalariga rioya etmasdan, ish vaqtidan tashqari vaqtda xodimlarni muntazam ravishda majlisda qoldirsa, bevosita muloqot mutaxassislariga bu haqda xabar bering:

  • Davlat mehnat inspeksiyasining qisqa raqami: 1176;
  • Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan bevosita muloqot qilish uchun: (71) 200-06-00;
  • sayt: dmi.mehnat.uz

 

 

Oʻzbekistonda ish beruvchining xatolari va ularni tuzatish tartibi - ularni qanday aniqlash va tuzatish ish beruvchi xatolari, ish beruvchi xatolarini tuzatish, ish beruvchi xatolarini qanday aniqlash mumkin, ish beruvchi xatolarini qanday tuzatish kerak, oʻzbekistonda ish beruvchi xatolar Oʻzbekistonda ish beruvchining xatolari va ularni tuzatish tartibi. Ish beruvchilar tez-tez qanday xatolarga yo’l qoʻyadilar va ularni qanday qilib unumdorlikni oshirish va ish muhitini yaxshilash uchun tuzatish kerakligini bilib oling /oz/publish/doc/text187425_agar_direktor_ish_vaqti_tugagandan_sung_majlis_utkazsa