Mehnat shartlarini qanday oʻzgartirish kerak

preview

«Firma direktori 5 kunlik ish haftasi oʻrniga 40 soatdan iborat 6 kunlik ish haftasini joriy etib, xodimlarning ish vaqti davomiyligini oʻzgartirishga qaror qildi. Yurist va kadrlar boʻlimi boshligʻiga tegishli hujjatlarni tayyorlash topshirildi. Ularni tuzishda nimalarni hisobga olish kerak?».
Kadrovik.uz tushuntiradi:

E’tibor bering
Tushuntirish 2023 yil 30 apreldan kuchga kiradigan yangi MK asosida tayyorlangan.

 

– Agar texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmlarining qisqarganligi munosabati bilan avvalgi mehnat shartlari saqlab qolinishi mumkin boʻlmasa, ish beruvchi xodimning roziligisiz (uning mehnat vazifalarini oʻzgartirmasdan) mehnat shartlarini oʻzgartirishga haqli . Buning uchun yangi mehnat shartlarini joriy etish toʻgʻrisida buyruq chiqarish kerak (koʻrilayotgan vaziyatda – ish jadvalini oʻzgartirish toʻgʻrisida).

Mehnat shartlari – bu xodimlaringiz mehnat faoliyatini amalga oshiradigan ijtimoiy va ishlab chiqarish omillarining majmuidir . MK 3 ta bunday asosiy shartni ajratadi:

1) ish vaqti davomiyligi;

2) mehnatga haq toʻlash;

3)ta’til olish huquqi.


Agar direktor (ish beruvchi) ish vaqti rejimini oʻzgartirishga qaror qilgan boʻlsa, barcha xodimlarni  boʻlajak oʻzgarishlar haqida kamida ikki oy oldin yozma ravishda ogohlantirib, tilxat olishi shart . Ogohlantirishda nafaqat oʻzgarishlarning oʻzi, balki ularning kelib chiqish sabablarini ham tushuntiring.
Mehnat shartlarining oʻzgartirilishini xodimlarning vakillik organi bilan kelishish kerakmi

Agar oʻzining mehnat shartlari oʻzgartirilayotgan xodimlar soni quyidagi miqdorga teng boʻlsa yoki undan oshadigan boʻlsa, ish beruvchi xodimlar uchun mehnat shartlarining oʻzgartirilishi xususida kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan dastlabki maslahatlashuvlarni oʻtkazishi kerak : 

  • oʻttiz kalendar kun ichida ellik nafar va undan ortiq xodim;
  • oltmish kalendar kun ichida ikki yuz nafar va undan ortiq xodim;
  • toʻqson kalendar kun ichida besh yuz nafar va undan ortiq xodim.

qisqarishi.

 

Ikki oy oʻtmasdan yangi mehnat shartlarini joriy etish mumkinmi

Koʻrib chiqilayotgan vaziyatda xabarnoma berilgan kundan boshlab 2 oy davomida korxonada 5 kunlik ish haftasi saqlanib turishi kerak. Shundan soʻng  ish beruvchi 6 kunlik ish haftasini joriy etishga haqli. Ushbu 2 oy davomida xodimlar yangi shartlarda ishlashni istash-istamasliklarini hal qilishlari mumkin.

E’tibor bering
Ogohlantirishning ikki haftadan ortiq boʻlgan muddati oʻtishi bilan ish beruvchi oʻz xohishiga koʻra yangi mehnat shartlarini joriy qilishi, ogohlantirishning qolgan muddatini esa mutanosib pulli kompensatsiya bilan almashtirishga haqli. Ammo buni faqat xodimning roziligi bilan amalga oshirish mumkin .

Agar ushbu muddatdan keyin xodim mehnat shartnomasiga qoʻshimcha kelishuv imzolamagan boʻlsa, u bilan mehnat shartnomasi u yangi mehnat shartlari asosida ishlashni davom ettirishni rad etganligi sababli bekor qilinadi . Bu holda ish beruvchi unga oʻrtacha oylik ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda ishdan boʻshatish nafaqasini toʻlab beradi .


Ishdan boʻshatish nafaqasi

Ishdan boʻshatish nafaqasining miqdori mazkur ish beruvchidagi ish stajiga bogʻliq boʻladi va u quyidagilardan kam boʻlishi mumkin emas:

  • uch yilgacha ish stajiga ega boʻlgan xodimlar uchun – oʻrtacha oylik ish haqiningacha ish stajiga e
  • uch yildan besh yilgacha ish stajiga ega boʻlgan xodimlar uchun – oʻrtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan;
  • besh yildan oʻn yilgacha ish stajiga ega boʻlgan xodimlar uchun – oʻrtacha oylik ish haqining yuz foizidan;
  • oʻn yildan oʻn besh yilgacha ish stajiga ega boʻlgan xodimlar uchun – oʻrtacha oylik ish haqining bir yuz ellik foizidan;
  • oʻn besh yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan xodimlar uchun – oʻrtacha oylik ish haqining ikki yuz foizidan kam boʻlishi mumkin emas.

Agar xodim bilan mehnat shartnomasi ushbu asosda bekor qilingan  boʻlsa, ish qidirish davrida oylik ishdan boʻshatish nafaqasini hisobga olgan holda unda oʻrtacha oylik ish haqi saqlanadi, ammo koʻpi bilan 2 oyga .

Agar xodim mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin oʻttiz kalendar kun ichida mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtsa, u mahalliy mehnat organi tomonidan berilgan ma’lumotnoma boʻyicha uchinchi oy uchun ham avvalgi ish joyidan oʻrtacha oylik ish haqini olish huquqiga ega boʻladi .

 

 

Tushuntirishlar material e’lon qilingan paytda amalda boʻlgan normalarni hisobga olgan holda tayyorlangan va ekspertlar fikrini aks ettiradi. Yakuniy qarorni foydalanuvchi aniq vaziyatlarni hisobga olgan holda mustaqil ravishda qabul qiladi
Oʻzbekistonda mehnat sharoitlarini oʻzgartirish – mehnat sharoitlarini oʻzgartirish tartibi, mehnat sharoitlarini qanday oʻzgartirish, mehnat sharoitlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida ma’lumot mehnat sharoitlarini oʻzgartirish, mehnat shartnomasiga oʻzgartirishlar kiritish, mehnat shartnomasini oʻzgartirish,mehnat sharoitlarini oʻzgartirish tartibi, oʻzbekistonda mehnat sharoitlarini oʻzgartirish Oʻzbekistonda mehnat sharoitlarini oʻzgartirish. Bu yerda siz Oʻzbekistondagi oʻzgaruvchan mehnat sharoitlari haqida ma’lumot olishingiz mumkin. Mehnat shartnomasini qanday oʻzgartirish kerak. Oʻzbekistonda mehnat sharoitidagi oʻzgarishlar haqida batafsil ma’lumot berilgan /oz/publish/doc/text188154_mehnat_shartlarini_uzgartirish_tartibi1