Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
Ishga qabul qilish qanday bosqichlardan tashkil topgan? Mehnat shartnomasi qanday shaklda tuziladi va u oʻz ichiga qanday rekvizitlarni oladi? Mehnat daftarchasiga ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi yozuv qanday kiritilishi kerak?
Yangi MK boʻyicha ishga qabul qilishni hujjatli rasmiylashtirishning bu va boshqa oʻziga xos jihatlari – «Norma» eksperti, yurist Lenara Xikmatovaning tavsiyasida:
– Ishga qabul qilish oʻz ichiga uch bosqichni oladi
:
1) tanishtirish tartib-taomili;
2) mehnat shartnomasini tuzish;
3) ishga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq chiqarish, ma’lumotlarni xodimning mehnat daftarchasiga va «Yagona milliy mehnat tizimi» (YaMMT) idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritish.
I. Tanishtirish tartib-taomili
Bu quyidagilar uchun kerak:
- xodim – qaysi ishni bajarish uchun ishga qabul qilinayotgan boʻlsa, oʻsha ishning mazmuni va mehnat sharoitlari bilan tanishishi uchun. Buning uchun ish beruvchi:
– unga boʻlgʻusi mehnat majburiyatlari toʻgʻrisida toʻliq ma’lumot berishi;
– uning mehnat faoliyati bilan bevosita bogʻliq boʻlgan tashkilotning ichki qoidalari (ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa shartnomasi va b.) bilan tanishtirilishi kerak
. E’tibor bering – tanishtirish mehnat shartnomasi tuzilgunga qadar amalga oshiriladi, keyin emas;
- ish beruvchi – u bilan suhbatlashib va ishga qabul qilish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni oʻrganish orqali xodim haqida ma’lumot oldi. Ularning toʻliq roʻyxati bilan quyidagi maqola orqali tanishish mumkin:
– Ishga qabul qilishda qanday hujjatlar talab qilinishi kerak.
Ushbu maqsadlar uchun yangi Mehnat kodeksi ish beruvchining suhbat va saralash tanlovini oʻtkazish huquqini toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutadi.
Ishga qabul qilish chogʻida tanlov oʻtkazish tartibiga, agar tashkilotning ichki qoidalari bilan ushbu tartib-taomilni tartibga solish nazarda tutilgan boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi
.
Ish beruvchi tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishuv boʻyicha tasdiqlaydi.
Agar ayrim toifadagi xodimlarni ishga qabul qilish uchun tanlov oʻtkazish qonunchilik tomonidan belgilangan boʻlsa – tanlov oʻtkazish shart.
Misol uchun, pedagog xodimlar 10.02.2006 y. 20-son VMQ ilovaga muvofiq OTMlarga tanlov asosida qabul qilinadi.
Agar nomzod suhbat, tanlovda ishtirok etishdan yoki zarur hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortsa, ish beruvchi uni ishga qabul qilishni rad etishga haqli
.
Ish beruvchi ishga qabul qilishni qonuniy ravishda rad etishi mumkin boʻlgan boshqa hollar toʻgʻrisida quyidagi maqolada oʻqing:
– Qachon ishga qabul qilishni rad etish va rad etmaslik mumkin.
II. Mehnat shartnomasini tuzish
Agar tomonlar uning barcha shartlari boʻyicha kelishuvga erishgan va uni imzolagan boʻlsa, mehnat shartnomasi tuzilgan hisoblanadi.
Mehnat shartnomasi shakli
Mehnat shartnomasi yozma shaklda tuziladi
(11.03.1997 y. 133-son VMQ tomonidan tasdiqlangan taxminiy shaklga qarang).
Mehnat shartnomasi kamida ikki nusxada tuziladi. Shartnomaning bir nusxasi xodimga topshiriladi, boshqasi (boshqalari) ish beruvchida saqlanadi. Har bir nusxa bir xil kuchga ega, taraflar tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi (mavjud boʻlgan taqdirda).
Ish beruvchi nomidan mehnat shartnomasini ishga qabul qilish huquqiga ega boʻlgan mansabdor shaxs imzolaydi.
Mehnat shartnomasining nusxasi xodim tomonidan olinganligi dalili ish beruvchida saqlanadigan mehnat shartnomasi nusxasidagi xodim imzosi bilan tasdiqlanadi
.
Har bir xodim bilan individual mehnat shartnomasi tuziladi – alohida raqam bilan.
Mehnat shartnomasi – bu aniq bir shaxs va ish beruvchi oʻrtasida ushbu ish beruvchida muayyan shartlar asosida mehnat vazifasini bajarish toʻgʻrisida ikki tomonlama kelishuvdir. Shartlar bir xil yoki farqli boʻlishi mumkin.
Tashkilot har bir operator bilan yakka tartibdagi mehnat shartnomasini tuzadi. Har bir tuzilgan mehnat shartnomasi oʻz raqamiga ega boʻladi.
Xodimdan ishga qabul qilish toʻgʻrisida yozma ariza olish kerakmi
Yoʻq, bu shart emas. MKda bunday talab mavjud emas. Ammo agar siz ish izlovchilardan ishga qabul qilish toʻgʻrisida arizalar olsangiz, bu buzilish emas. Uni xodimning shaxsiy varaqasiga solib qoʻying. Asosiysi, har qanday holatda ham sizda xodim bilan mehnat shartnomasi tuzilgan boʻlishi kerak, chunki u ishga kirish toʻgʻrisida buyruq chiqarish uchun asos boʻladi
.
Agar xodim bilan uning manfaatlarini koʻzlab muddatli mehnat shartnomasi tuzilayotgan boʻlsa, ariza kerak boʻlishi mumkin. Agar nizo kelib chiqsa, ish beruvchi uning xulosasining asosli ekanligini isbotlashi kerak boʻladi. Xodimning ma’lum muddatga ishga qabul qilish iltimosi aks etgan ariza bunday isbot va ushbu iltimosning asosi boʻladi. Shunday qilib, ish beruvchida muddatli mehnat shartnomasini tuzish tashabbusi va qiziqishini xodimning oʻzi koʻrsatganligining tasdigʻi boʻladi.
Mehnat shartnomasi rekvizitlari
Mehnat shartnomasida mehnat shartnomasi tuzilgan sana va joy, taraflarining rekvizitlari koʻrsatiladi
.
Xodimning rekvizitlari:
- familiyasi, ismi va otasining ismi;
- shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;
- yashash yoki turgan joyining manzili va u bilan bogʻlanishga doir ma’lumotlar;
- STIR, JShShIR, ShJBPHR (mavjud boʻlganda).
Ish beruvchining rekvizitlari:
- nomi:
– tashkilot yoki tashkilotning alohida boʻlinmasi uchun – nomi;
– jismoniy shaxs uchun – familiyasi, ismi, otasining ismi va pasport ma’lumotlari (ID-karta ma’lumotlari);
– yakka tartibdagi tadbirkor uchun –familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport ma’lumotlari (ID-karta ma’lumotlari), shuningdek YaTT sifatida davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning raqami va berilgan sanasi;
- ish beruvchining mehnat shartnomasini imzolagan vakili haqidagi ma’lumotlar va vakilga tegishli vakolatlar berilganligining asosi (agar ish beruvchi – tashkilot yoki uning alohida boʻlinmasi ish beruvchi boʻlsa, ish beruvchi vakilining vakolatlari uchun ustav, nizom, ishonchnoma va boshqalar asos boʻlishi mumkin);
- joylashgan yeri:
– yuridik shaxs boʻlgan ish beruvchining pochta manzili yoki tashkilotning alohida boʻlinmasi;
– jismoniy shaxs boʻlgan ish beruvchining yashash yoki turgan joyi manzili;
STIR (bundan yakka tartibdagi tadbirkorlar boʻlmagan jismoniy shaxslar boʻlgan ish beruvchilar
mustasno);
- yuridik shaxs boʻlgan ish beruvchilar yoki ularning alohida boʻlinmalari uchun bank rekvizitlari;
- ish beruvchining aloqa ma’lumotlari (telefon raqamlari, elektron
- pochta manzili va boshqalar).
Agar mehnat shartnomasini tuzishda yuqoridagi rekvizitlardan birortasi unga kiritilmagan boʻlsa, bu – mehnat shartnomasini bekor qilish yoki uni tuzilmagan deb tan olish uchun sabab boʻlmaydi. Shunchaki mehnat shartnomasiga qoʻshimcha kelishuv tuzish orqali uni yetishmayotgan rekvizitlar bilan toʻldiring.
Mehnat shartnomasining kuchga kirishi
Mehnat shartnomasi taraflar tomonidan imzolangan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Xodim mehnat shartnomasida belgilangan sanadan e’tiboran mehnat vazifalarini bajarishga kirishishi shart. Agar mehnat shartnomasida ish boshlanadigan kun belgilanmagan boʻlsa, xodim shartnoma kuchga kirgan kundan keyingi ish kunida ishga kirishishi kerak
.
Xodim mehnat vazifalarini juma kuni (mehnat shartnomasi imzolangan kunda) yoki dushanba kuni (imzolangan kundan keyingi ish kuni) bajarishga kirishishi mumkin.
Yangi xodim bilan mehnat shartnomasi oldindan tuzildi – xodimaning homiladorlik va tugʻish ta’tiliga haqiqatda ketishidan oldin. Ammo bunda – yangi xodim ishga chiqadigan aniq sana koʻrsatilgan. Agar bu bajarilmasa, shartnoma imzolangan kundan keyingi kun ishga chiqish sanasi hisoblanadi.
Xodimni haqiqatda ishga qoʻyish
Agar ishga qabul qilish huquqiga ega boʻlgan mansabdor shaxs xodimni haqiqatda ishga qoʻysa (yoki buni uning xabari bilan boshqalar amalga oshirsa), agar hatto xodim «rasmiylashtirilmagan» taqdirda ham – mehnat shartnomasi tuzilmadi, buyruq chiqarilmadi – bu mehnat shartnomasini tuzish deb hisoblanadi.
Bu holda ish beruvchi ish boshlangan kundan e’tiboran uch kunlik muddatda mehnat shartnomasini tuzishi va yangi xodimni ishga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq chiqarishi shart
.
Agar ishga bunga vakolati boʻlmagan xodim qoʻygan boʻlsa va ish beruvchi ishga qabul qilishni rasmiylashtirishdan bosh tortsa
U holda manfaatlarini koʻzlab ish bajarilgan ish beruvchi bunday jismoniy shaxsga u haqiqatda ishlagan vaqt (bajargan ishi) uchun tegishli murakkablikdagi (malakadagi) ishni bajarganlik uchun belgilangan tarif stavkasidan (maoshdan) kelib chiqib haq toʻlashi shart.
III. Ishga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq chiqarish va ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni xodimning mehnat daftarchasiga hamda YaMMTga kiritish
Ish beruvchi mehnat shartnomasi asosida buyruq chiqaradi. Quyidagi ketma-ketlikka amal qilish muhim:
1) avval mehnat shartnomasi tuziladi;
2) keyin buyruq chiqariladi.
Mehnat shartnomasini tuzish va buyruq chiqarish sanalaridagi nomuvofiqlik mehnat shartnomasini YaMMTda roʻyxatdan oʻtkazishda qiyinchiliklar yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin.
Buyruqning mazmuni mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq boʻlishi kerak. Buyruq xodimga ish boshlangan kundan boshlab uch kun ichida imzo ostida e’lon qilinadi. Xodimga buyruqning nusxasini berish shart emas. Ammo agar xodim buni talab qilsa, rad etish mumkin emas. Nusxa tashkilot rahbari yoki boshqa vakolatli shaxsning imzosi, shuningdek muhr (agar mavjud boʻlsa) bilan tasdiqlanadi.
Xodim buyruq nusxasini olgani dalilini qayd qilib qoʻying. Buning uchun xodim buyruqning asl nusxasida yoki jurnalda yoxud buyruqlar kitobida, agar ular yuritilsa, olgani haqida imzo qoʻyishi mumkin.
Ish beruvchi buyruq asosida ishga qabul qilish toʻgʻrisida xodimning qogʻoz shaklidagi mehnat daftarchasiga (bor boʻlgan taqdirda) yozuv kiritadi, xodim ushbu yozuv bilan uch kun ichida T-2 shaklidagi shaxsiy varaqada tanishtirilishi kerak.
Ish beruvchi buyruq asosida besh kun ichida ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni YaMMTga kiritadi.
Buni qanday amalga oshirish kerakligi haqida batafsil my.mehnat.uz saytidagi yoʻriqnomada bayon qilingan.
Qogʻoz shaklidagi mehnat daftarchasiga ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi yozuvni qanday kiritish kerak
Qogʻoz shaklidagi mehnat daftarchalari bekor qilinmaganligini eslatib oʻtamiz. Agar u xodimlarda boʻlsa, ish beruvchi ularni yuritishga majbur. Bu haqda batafsil quyidagi maqolada oʻqing:
1. Mehnat daftarchasining «Ish haqida ma’lumot» boʻlimining 3-ustuniga sarlavha shaklida tashkilotning toʻliq nomini kiriting. U ustavda va boshqa ta’sis hujjatlarida tashkilot nomiga mos kelishi kerak.
Agar xodim alohida boʻlinmaga qabul qilinayotgan boʻlsa, uning ham nomi koʻrsatiladi.
Yozuv qoʻlda yoki tashkilot nomini oʻz ichiga olgan shtamp yordamida qilinishi mumkin.
2. 1-ustunda sarlavhasi ostida yozuvning tartib raqamini qoʻying.
3. 2-ustunda ishga qabul qilish sanasini koʻrsating.
4. 3-ustunga: «_______ ustaxonaga, boʻlimga, boʻlinmaga, uchastkaga va hokazolarga (tayinlangan yoki saylangan) _______lavozimiga (kasbi, mutaxassisligi boʻyicha) ishga qabul qilindi» deb yozing. Shuningdek, malaka toifasini koʻrsating (agar u berilgan boʻlsa).
5. 4-ustunga yozuv qaysi hujjat asosida kiritilganini yozing, uning sanasi va tartib raqamini qoʻying.
|
t/r |
Sana |
Ishga qabul qilish, boshqa ishga oʻtkazish va mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi ma’lumotlar |
Yozuv qaysi hujjat asosida kiritilgan (sana, raqam) |
||
|
yil |
kun |
oy |
|||
|
1 |
2 |
3 |
4 |
||
|
|
|
|
|
Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti |
|
|
1 |
20__ |
26 |
09 |
Yuriskonsult lavozimiga qabul qilindi |
26.09. 20____ yildan 115-sonli buyruq |
6. Qogʻoz mehnat daftarchasini qabul qilish toʻgʻrisida Mehnat daftarchalarini qabul qilish kitobiga yozuv kiriting.
Oʻzaro yaqin qarindosh yoki quda tomondan qarindosh boʻlgan shaxslarning (ota-ona, aka-ukalar, opa-singillar, oʻgʻillar, qizlar, er-xotin, shuningdek er-xotinning ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) aynan bitta davlat tashkilotida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita boʻysunishiga yoki uning nazorati ostida boʻlishiga bogʻliq boʻlsa, taqiqlanadi
. Ushbu qoidadan istisnolar 11.03.1997 yildagi 133-sonli VMQ tomonidan belgilanadi.
Nodavlat tashkilotlarga qarindoshlarning birga xizmat qilishi toʻgʻrisidagi cheklov taalluqli emas.