PF-270-son va PF-58-son farmonlari boʻyicha qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlar qanday taqdim qilinadi

preview

«Biz byudjetdan tashqari tashkilotmiz. PF-35-son 3-b. 5-хatboshiga muvofiq (01.01.2023 yildan boshlab kuchini yoʻqotgan) byudjetdan tashqari tashkilotlarda qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlar moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda va kasaba uyushmasi qoʻmitalari bilan kelishilgan holda mahalliy hujjatlarga muvofiq belgilanadi. Amaldagi PF-270-son farmonda bunday band va unga oʻzgartirishlar yoʻq. Qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlar boʻlgan 2 yanvar, 24 aprel va 30 iyunni besh kunlik ish haftasi uchun dam olish kunlari (shanba va yakshanba kabi) deb hisoblash kerakmi? Yoki ushbu qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni tashkilotning moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda haq toʻlanadigan ta’til kunlari sifatida taqdim eta olamizmi?».

Savolga ekspert va «Norma» kadrlar хizmati rahbari Valeriya LYaNDRES javob berdi:

 

– 20.12.2021 yildagi PF-35-son farmoni oʻz kuchini yoʻqotgani sababli, 2023 yil 1 yanvardan boshlab qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlar barcha mulkchilik shaklidagi tashkilotlarda mehnat ta’tillari davomiyligini qisqartirish hisobiga emas, balki ta’til kunlari hisob-kitobiga kiritilmaydigan qoʻshimcha dam olish kunlari sifatida taqdim etiladi.

2023 yil 24 aprel, dushanba ham qoʻshimcha dam olish kuni boʻlganiga va tegishincha, besh kunlik ish haftasi uchun koʻchirish 24 apreldan 29 aprelga nazarda tuilgan PF-270-son farmonning 3-bandidan Farmonning 1-bandiga koʻchirilganiga qaratamiz.

Shunday qilib, 2023 yilda PF-58-son Farmon bilan kiritilgan oʻzgarishlarni hisobga olgan holda:

1) qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlar:

  • ish haftasining turidan qat’i nazar: 2 yanvar va 24 aprel kunlarining dushanbasi (hozirgi davrda allaqachon foydalanilgan), 30 iyun, juma;
  • olti kunlik ish haftasida ishlovchi хodimlar uchun: 3 yanvar seshanba, 20 mart dushanba, 22 mart chorshanba, 22 aprel shanba (hozirgi davrda  foydalanib boʻlingan); 1 iyul, 2 sentyabr va 30 dekabr kunlarining shanbasi;

2) besh kunlik ish haftasida хodimlarning koʻchirilgan dam olish kunlari (hozirgi davrda foydalanib boʻlingan va ishlab berilgan):

  • 7 yanvar shanbadan - 3 yanvar seshanbaga;
  • 11 mart shanbadan - 20 mart dushanbaga;
  • 25 mart shanba kunidan - 22 mart chorshanbaga.
E’tibor bering

2023 yil 30 apreldan yangi Mehnat kodeksi kuchga kirgandan soʻng mehnat ta’tillarini kalendar kunlarda hisoblashda qoʻshimcha dam olish kunlari ta’til kunlari hisob-kitobiga kiritiladi, chunki ularda faqat ishlanmaydigan bayram kunlari hisobga olinmaydi .

Mavzu boʻyicha qoʻshimcha materiallar:

 

 

Ta’til va ishlamaydigan vaqt-Oʻzbekiston Respublikasi mehnat kodeksiga muvofiq dam olish vaqti, ta’tilni roʻyхatdan oʻtkazish va tartibga solish oʻzbekistonda ishlamaydigan vaqt, ta’til va ishlamaydigan vaqt, ta’til Oʻzbekistonda bayramlar qanday tashkil yetilgan. Ishlamaydigan soatlar, bayramlar va ta’tillar haqida. Kadrlar boʻlimi хodimi uchun bayramlar va ta’tillar haqida ma’lumot /oz/publish/doc/text189775_pf-270-son_va_pf-58-son_farmonlari_buyicha_qushimcha_ishlanmaydigan_kunlar_qanday_taqdim_qilinadi