Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
«Tashkilot xodimlari ularni ish haqini boʻnak va qolgan qismlarga boʻlib toʻlash qanoatlantirmasligini aytib, ish haqini ishlab berilgan oyning oxirida toʻlashni soʻrashmoqda.
Xodimlarning arizalari asosida tashkilotning barcha xodimlariga ish haqini oyda bir marta toʻlash qonuniymi? Bunday shartni mehnat shartnomasiga kiritish mumkinmi?».
Savolga ekspert va «Norma» kadrlar xizmati rahbari Valeriya LYaNDRES javob berdi:
– Amaliyotda hamma xodimlar ham boʻnak olishni xohlamaydi. Ammo MK 253-m. 1-qismga muvofiq ish haqi oyiga kamida ikki marta toʻlanishi kerak.
Ish beruvchi uchun oqibatlar
Boʻnaklarni toʻlamaganlik uchun tashkilotning mansabdor shaxsi MJtK 49-moddasi boʻyicha ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin. Ushbu moddada BHMning 5-10 baravari miqdorida jarima koʻzda tutilgan.
Shuningdek, ish beruvchi mehnat organidan ish haqini har yarim oyda kamida bir marta toʻlash talabi bilan koʻrsatma olishi mumkin.
Qanday tuzatish kerak
Jamoa shartnomasida yoki boshqa ichki hujjatda har yarim oyda bir marta ish haqini toʻlash davriyligini belgilang
(ular mavjud boʻlmaganda esa mehnat shartnomasida) va xodimlar buning tesakrisini soʻragan taqdirda ham ushbu qoidaga amal qiling.
Sizga quyidagi tushuntirishlar foydali boʻlishi mumkin: