Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
Mehnat shartnomasini fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnomadan qanday farqlash mumkin
Tashkilotingizda u yoki bu mutaxassisning mehnatidan foydalanishdan avval, u bilan tuziladigan shartnoma turi – mehnat yoki fuqarolik-huquqiy xususiyatga egami – aniqlashtirib oling. Buning uchun boʻlgʻusi ishning xususiyatini hisobga olish kerak. Agar shaxsning faoliyati ma’lum bir lavozim, kasb yoki mutaxassislik boʻyicha doimiy boʻlsa, mehnat shartnomasini tuzing.
Misol uchun, xodim 4 oy davomida fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnoma boʻyicha buxgalterning vazifalarini bajarib kelmoqda. Rahbariyat bu bilan sun’iy ravishda mehnat munosabatlarini fuqarolik-huquqiy xususiyatga egasi bilan almashtirmoqda.
Mavzu boʻyicha materiallar:
- Bosh buxgalter fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnoma boʻyicha ishlay oladimi? Bu holatda u nima uchun javobgar boʻladi;
- Vakansiya boʻlganda xodim fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnoma boʻyicha ishlaydi.
Yangi Mehnat kodeksi xodim bilan ish beruvchi oʻrtasidagi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni haqiqatda tartibga soladigan fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnomalar tuzishga toʻgʻridan-toʻgʻri taqiq kiritdi
.
Mehnat shartnomasi boʻyicha qabul qilingan xodim tashkilot shtatiga hisobga olinadi, unga quyidagilar toʻliq tatbiq qilinadi:
1) mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik;
2) korxonada oʻrnatilgan mehnat shartlari.
Bunday xodim ichki mehnat tartibi qoidalariga, mehnat rejimiga, ish beruvchining uning ishiga doir koʻrsatmalariga va boshqa shartlarga boʻysunishi shart.
Bundan tashqari mehnat shartnomasi asosida ishlaydigan xodimga bir qator kafolatlar taqdim qilinadi. Ular orasida:
- mehnatga haq toʻlash har oyda kamda ikki martadan
; - korxonaning mahalliy hujjatlari bilan belgilangan mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar, ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar
; - mehnat va ijtimoiy ta’tillar (homiladorlik va tugʻish, bola parvarishi boʻyicha, oʻquv, ijodiy ta’tillar)
; - vaqtincha mehnatga layoqatsizlik boʻyicha nafaqa toʻlash
; - va boshqalar.
Ushbu kafolatlar fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnoma boʻyicha ishlaydigan xodimlarga tatbiq qilinmaydi. Fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnoma boʻyicha tomonlarning majburiyatlarini Mehnat kodeksi emas, balki Fuqarolik kodeksi tartibga soladi.
Kadrlar boʻyicha mutaxassislar koʻpincha «shtatdan tashqari xodim» iborasini ishlatishadi, ular bunday xodimning maqomini notoʻgʻri tushunishadi.
Mehnat kodeksida «shtatdan tashqari» faoliyatni tartibga soluvchi qoidalar mavjud emas. Ushbu tushuncha xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi mehnat munosabatlarida qoʻllanishi mumkin emas.
«Shtatdan tashqari» deb asosan tashkilot bilan fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnomalar tuzgan shaxslarni atash mumkin. Odatda ularni qoʻshimcha shtat birliklarini joriy qilish maqsadga muvofiq boʻlmaganda bir martalik ishlar uchun yollashadi. Ular shtat jadvali boʻyicha lavozimlarni egallashmaydi.
Fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnomani qachon tuzish mumkin
Siz muayyan ishlarni bajaradigan yoki bir martalik yoki davriy tusdagi xizmatlarni koʻrsatadigan shaxslar bilan fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnomalar tuzishingiz mumkin. Bunga pudrat shartnomasi misol boʻla oladi.
Pudrat shartnomasi boʻyicha bir tomon (pudratchi) boshqa tomonning (buyurtmachining) topshirigʻi boʻyicha muayyan ishlarni bajarish va uning natijasini buyurtmachiga belgilangan muddatda topshirish majburiyatini oladi. Buyurtmachi esa ish natijasini qabul qilish va toʻlash majburiyatini oladi
. Bunday shartlarda, masalan, tashkilot veb-saytini ishlab chiqish uchun shartnoma tuzish mumkin.
Fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomaning predmeti boʻlib bajarilgan ish yoki koʻrsatilgan xizmatning (tayyorlangan buxgalteriya hisoboti, qurilgan yoki ta’mirlangan bino, yetkazib berilgan yuk, ishlab chiqilgan dasturiy mahsulot va boshqalar) aniq yakuniy natijasi sanaladi. Bunda
fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnoma boʻyicha ishni bajarayotgan shaxs:
- shartnomaning boshqa tomoniga (buyurtmachiga) boʻysunmaydi;
- korxona shtatida roʻyxatda turmaydi va mehnat jamoasining a’zosi sanalmaydi;
- unga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllab boʻlmaydi;
- unga mehnat daftarchasi yuritilmaydi;
- ta’tillar berilmaydi, shu jumladan – ijtimoiy;
- ish haqi miqdori va muddatlari kelishuv boʻyicha belgilanadi;
- mehnat shartnomasi boʻyicha ishlaydigan xodimlar uchun belgilangan kafolatlar unga nisbatan tatbiq qilinmaydi.
Mehnat shartnomasining fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnomadan asosiy farqlari:
|
Majburiy shartlar |
Mehnat shartnomasi |
Fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnoma |
|
Shtat birligini egallash |
Ha |
Yoʻq |
|
Dam olish kunlari va ta’tillarni taqdim qilish |
Ha |
Yoʻq |
|
Ish joyi bilan ta’minlash |
Ha |
Yoʻq |
|
Mehnatga haq toʻlash davriyligi |
Oyida kamida 2 marta |
Kelishuvga koʻra |
|
Ish vaqti davomida ish joyida boʻlish |
Ha |
Yoʻq |
|
Ichki mehnat tartibi qoidalariga boʻysunish, mehnat intizomiga rioya qilish |
Ha |
Yoʻq |
|
Mehnat daftarchasini yuritish |
Ha |
Yoʻq |
|
Elektrorn mehnat daftarchalarini shakllantirish bilan mehnat shartnomalarini YaMMTda roʻyxatdan oʻtkazish |
Ha |
Yoʻq |
|
Mehnat qonunchiligi bilan belgilangan kafolatlar |
Ha |
Yoʻq |
|
Ma’muriyatning ishlarning borishi bilan bogʻliq buyruqlari |
Ha |
Yoʻq |
|
Xodimga mehnat qonunchiligi bilan yuklatiladigan boshqa qoidalarga rioya qilish |
Ha |
Yoʻq |
Tushuntirishni «Norma» eksperti Valeriya LYaNDRES yangiladi