Xodim qonunchilikda talab etilgan tibbiy xulosasiz ishga qabul qilingan

preview

«Tashkilot 56 yoshli ayolni bosh buxgalter lavozimiga ishga qabul qildi. Rasmiylashtirish chogʻida undan standart hujjatlar toʻplami – pasport, mehnat daftarchasi, diplom nusxasini talab qilishdi. Mehnat shartnomasi tuzilgandan keyin ish beruvchi tibbiy koʻrikni tashkil etishi kerakligi «yodga tushdi». Buni «oʻtgan sana bilan» amalga oshirish mumkinmi?».

 Kadrovik.uz tushuntiradi:

E’tibor bering
Muhim tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun TG-kanalimizga obuna boʻling!

 

– Tibbiy koʻrik – ayrim toifadagi xodimlarni ishga qabul qilishning asosiy shartlaridan biri. Bu haqda batafsil bu yerda yozganmiz:

 

Bular quyidagilar :

  • 18 yoshga toʻlmagan shaxslar;
  • 60 yosh va undan katta yoshdagi erkaklar, 55 yosh va undan katta yoshdagi  ayollar;
  • nogironligi boʻlgan shaxslar;
  • mehnat sharoiti noqulay ishlarda, tungi ishlarda, shuningdek transport harakati bilan bogʻliq ishlarda band boʻlgan shaxslar;
  • oziq-ovqat sanoatida, savdo va bevosita aholiga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa tarmoqlardagi ishlarda band boʻlgan xodimlar;
  • umumiy oʻrta ta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va boshqa muassasalarning bevosita bolalarga ta’lim yoki tarbiya berish bilan mashgʻul boʻlgan pedagog va boshqa xodimlari.

Ish beruvchi ularni dastlabki tibbiy xulosasiz ishga qabul qilishga haqli emas.  Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi bilan belgilangan 29.08.2012 yildagi AV roʻyxat raqami 2387.

 

Ish beruvchi uchun oqibatlar 

Majburiy dastlabki tibbiy koʻrikdan oʻtmagan shaxsning mehnat vazifalarini bajarishiga ruxsat berish ish beruvchining mansabdor shaxsini MJTKning 49-m. boʻyicha ma’muriy javobgarlikka tortishga olib kelishi mumkin.

 

Xatoni tuzatish tartibi

1. Xodimga (ishga qabul qilishda nomzodga) tibbiy koʻrikdan oʻtishi uchun davolash-profilaktika muassasasiga yoʻllanma bering.

2.Tibbiy koʻrikdan oʻtish paytida xodimni ishdan ozod etib, ushbu davr uchun kafolatli toʻlovlarni toʻlang. Ularning miqdori jamoa shartnomasida belgilab qoʻyiladi, biroq u oʻrtacha ish haqidan kam boʻlmasligi kerak .

 

Agar tibbiy koʻrik natijalariga koʻra xodimga yengilroq ish tavsiya etilsa

1. Agar shtat jadvalida bunday ish boʻlsa va xodim bunga rozi boʻlsa, mehnat shartnomasiga qoʻshimcha kelishuv tuzib, boshqa lavozimga oʻtkazishni rasmiylashtiring.

2. Agar mos ish boʻlmasa yoki xodim oʻtkazishga qarshi boʻlsa, MKning 168-m. 4-bandi boʻyicha mehnat shartnomasini bekor qiling (ishga qabul qilishga doir belgilangan qoidalarning buzilganligi, agar yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarlikni bartaraf etish imkoni boʻlmasa va u ishni davom ettirishga toʻsqinlik qilsa).

«Norma» eksperti Valeriya LYaNDRES

tomonidan yangilandi


Oʻzbekistonda ish beruvchining xatolari va ularni tuzatish tartibi - ularni qanday aniqlash va tuzatish ish beruvchi xatolari, ish beruvchi xatolarini tuzatish, ish beruvchi xatolarini qanday aniqlash mumkin, ish beruvchi xatolarini qanday tuzatish kerak, oʻzbekistonda ish beruvchi xatolar Oʻzbekistonda ish beruvchining xatolari va ularni tuzatish tartibi. Ish beruvchilar tez-tez qanday xatolarga yo’l qoʻyadilar va ularni qanday qilib unumdorlikni oshirish va ish muhitini yaxshilash uchun tuzatish kerakligini bilib oling /oz/publish/doc/text191080_hodim_qonunchilikda_talab_etilgan_tibbiy_hulosasiz_ishga_qabul_qilingan1