Xodim ish haqi saqlanmaydigan ta’til olgan boʻlsa, ish vaqti normasi qanday hisoblanishi kerak

preview

«Xodim 2023 yilning 12 oyi davomida haqiqatda 1 740 soat ishladi, chunki u 3 oy (aprel, may va iyun) toʻliq ish haqi saqlanmaydigan ta’tilda boʻlgan edi.  2023 yil uchun belgilangan me’yorga koʻra, u 1 978 soat ishlashi kerak. Natijada yil yakunlariga koʻra soat boʻyicha me’yorni bajarmaganligi uchun хodimga ish vaqtidan tashqari ish soatlari hisoblanmaydi va toʻlanmaydi. Xodim ish vaqti normasini hisob-kitob qilishda undan ta’tilda boʻlgan kunlardagi soatlarni ushlab qolmaslikni talab qilmoqda. Kim haq?».

Kadrovik.uz tushuntiradi:

E’tibor bering

Ish vaqti me’yori har yili Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. U qoʻshimcha dam olish kunlarining oʻrnatilishiga qarab yil davomida oʻzgarishi mumkin. Ushbu maqolada hisob-kitob 2023 yil 20 iyun holatiga koʻra ish vaqti normasini hisobga olgan holda amalga oshirilgan.

E’tibor bering
Muhim tushuntirishlardan hech birini oʻtkazib yubormaslik uchun TG-kanalimizga obuna boʻling!

 

– Vaziyat ushbu ish beruvchida ishni tashkil qilishda qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻyilganiga ishora qilmoqda. Bu MJtKning 49-moddasi boʻyicha ma’muriy jarimalar solishga sabab boʻlishi mumkin.

Xodim uchun belgilangan me’yordan ortiqcha  mehnat ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi , ta’tillarda boʻlish vaqti ish hisoblanmaydi. Ta’tillarda boʻlish vaqtini ish vaqti sifatida hisobga olishga yoʻl qoʻyilmaydi. 

Ish vaqtidan tashqari ish soatlarini hisob-kitob qilishda tashkilotda ish vaqti qanday tartibda hisobga olinishini  bilish muhim: 

  • agar hisobot davri  – bir hafta boʻlsa, ushbu haftada 40 soatdan ortiq ishlab berilgan har bir soat oʻsha haftada ish vaqtidan tashqari ish boʻladi;
  • agar hisobot davri – bir oy boʻlsa, bir oyga belgilangan me’yordan ortiq ishlab berilgan har bir soat qoʻshimcha ish vaqtidan tashqari ish hisoblanadi;
  • ish vaqtini jamlab hisobga olishda ish vaqtidan tashqari ish hisobi belgilangan hisobot davridan kelib chiqib jamlanadi.

Xodim ob’yektiv sabablarga koʻra ish vaqti normasini bajarmaganligi sababli (yillik ish vaqtini hisobga olish davrida rasmiylashtirilgan ish haqi saqlanmaydigan ta’til) koʻrsatilgan davrda uning ishlab berilgan vaqt normasini 9 oy uchun hisoblashni tavsiya qilamiz.

Buning uchun nisbatni hisoblaymiz: 

  • 12 oy – norma 1 978 soat;
  • 9 oy  –  «х» soat.

9 oy uchun ish vaqti normasi: 

  • (1,978 х 9): 12 = 1 509 soat.

Olingan natija – 1 509 soat –  bu хodim uchun  ish vaqti normasi ham mavjud. U haqiqatda 9 oy davomida 1 740 soat ishlab bergan.

Endi хodim haqiqatan ham 231 soat ortiq ishlaganini koʻrish mumkin (1 740 – 1 509 ).

Qonunchilik boʻyicha  ish vaqtidan tashqari ishning har soati uchun kamida ikki hissa miqdorida haq toʻlanishi kerak .

Lekin bu hali hammasi emas! Yuqorida keltirilgan misol va keyingi hisob-kitoblardan koʻrinib turibdiki, ishlab chiqarishda ish vaqtidan tashqari ish soatlarining maksimal davomiyligi normasi qoʻpol ravishda buzilgan. U yiliga 120 soatdan  yoki 9 oy uchun 90 soatdan oshmasligi kerak.

Mehnat qonunchiligi normalarini buzganlik uchun MJtKning 49-moddasi boʻyicha sanksiyalar nazarda tutilgan.

 

Valeriya LYaNDRES,

 «Norma» eksperti,

Lenara XIKMATOVA,

«Norma» eksperti, yurist


Oʻzbekiston Respublikasida ish vaqtini tartibga solish - ish vaqti va dam olish vaqti, ish vaqti haqida hamma narsa oʻzbekiston respublikasida ish vaqti, ish vaqtini tartibga solish, ish vaqtini hisobga olish Oʻzbekiston Respublikasi mehnat kodeksiga muvofiq ish vaqti. Ushbu sahifada Oʻzbekistonda ish vaqtini tartibga solish haqidagi maqolalar mavjud. Kadrlar boʻlimi tomonidan ish vaqtini hisobga olish va boshqa jihatlar haqida oʻqing kadrovik.uz /oz/publish/doc/text191388_uzoq_vaqt_ish_haqi_saqlanmaydigan_tatil_olinganida_ish_vaqti_meerini_hisoblash1