Mehnat shartnomasiga ketma-ket ikki smenada ishlash shartini kiritish mumkinmi

preview

«Tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq xodim ketma-ket oʻn ikki soatlik ikki smenada uch kunlik tanaffus bilan ishlarni bajaradi.  Ya’ni, haqiqiy ish rejimi - «uch sutkada bir». Bu toʻgʻrimi?» 

 

Yangi maqolalar haqida birinchi boʻlib xabardor boʻlish uchun telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– Yoʻq, notoʻgʻri. Har biri oʻn ikki soatdan ketma-ket ikki smenada ishlash mehnat qonunchiligiga ziddir. Mehnat kodeksining 192-moddasi 3-qismida xodimni surunkasiga ikki smena davomida ishga jalb etish taqiqlanganligi aytilgan.

Bundan tashqari xodimning Mehnat kodeksi bilan belgilangan  dam olish rejimi buziladi. Smenalar orasidagi har kungi dam olishning eng kam davomiyligi (bitta smena oxiridan to keyingi smena boshlanishiga qadar) dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus vaqti bilan birga kamida oʻn ikki soatni tashkil etishi kerak .

Shuning uchun «uch sutkada bir» ish jadvaliga yoʻl qoʻyilmaydi  – hatto xodimning oʻzi bunga rozi boʻlsa ham. Agar mehnat shartnomasida bunday shart mavjud boʻlsa, u haqiqiy emas deb hisoblanadi, chunki u mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka nisbatan xodimning holatini yomonlashtiradi  .

 

 Qanday tuzatish kerak

Ushbu bandni haqiqiy emas deb topish hamda Mehnat kodeksining 13 va 14-boblari normalariga mos keladigan boshqa ish rejimini oʻrnatish toʻgʻrisida mehnat shartnomasiga qoʻshimcha kelishuv rasmiylashtiring.

 

 

Lenara XIKMATOVA yangiladi

 

 


 


Oʻzbekistonda ish beruvchining xatolari va ularni tuzatish tartibi - ularni qanday aniqlash va tuzatish ish beruvchi xatolari, ish beruvchi xatolarini tuzatish, ish beruvchi xatolarini qanday aniqlash mumkin, ish beruvchi xatolarini qanday tuzatish kerak, oʻzbekistonda ish beruvchi xatolar Oʻzbekistonda ish beruvchining xatolari va ularni tuzatish tartibi. Ish beruvchilar tez-tez qanday xatolarga yo’l qoʻyadilar va ularni qanday qilib unumdorlikni oshirish va ish muhitini yaxshilash uchun tuzatish kerakligini bilib oling /oz/publish/doc/text192005_mehnat_shartnomasiga_ketma-ket_ikki_smenada_ishlash_shartini_kiritish_mumkinmi