Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
«Ishlab chiqarish syexining homilador xodimasi uni «dekret»gacha yengilroq ishga oʻtkazishni talab qilmoqda. Ammo tashkilotda mos keladigan boʻsh ish oʻrinlari yoʻq».
«Norma» eksperti, yurist Lenara XIKMATOVA ish beruvchiga bunday vaziyatda, shuningdek xodim boshqa ishga vaqtincha oʻtkazishni talab qiladigan boshqa holatlarda qanday yoʻl tutish kerakligini tushuntirdi.
Mehnat kodeksining 141-moddasida belgilangan umumiy qoidaga koʻra xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuviga koʻra boshqa ishga bir yil muddatgacha vaqtincha oʻtkazilishi mumkin. Ammo bu qoidadan bir qator istisnolar mavjud, ulardan biri ish beruvchi uchun majburiy boʻlgan oʻtkazishlardir.
Agar xodimda vaqtincha oʻtkazish uchun ma’lum uzrli sabablar boʻlsa, ish beruvchi xodimning iltimosini qondirishi shart. Quyidagilar shunday uzrli sabablar sanaladi:
– xodim sogʻligʻining holatiga koʻra, shuningdek homilador ayol vaqtincha yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarini istisno etadigan ishga oʻtkazishga muhtoj boʻlsa;
– ikki yoshga toʻlmagan bolasini parvarishlayotgan ota-onaning biri (vasiy) tomonidan avvalgi ishini bajarish mumkin emasligi
;
- boshqa holatlar, agar ular ichki tartibda mustahkamlab qoʻyilgan boʻlsa. Xodimning tashabbusiga koʻra vaqtincha boshqa ishga oʻtkazish uchun uzrli sabablar roʻyxati, shuningdek bunday oʻtkazish chogʻida mehnatga haq toʻlash tartibi jamoa shartnomasida belgilanishi mumkin, agar bunday shartnoma tuzilmagan boʻlsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishilgan holda belgilanadi
.
Xodimni sogʻligʻining holatiga koʻra vaqtincha boshqa ishga oʻtkazish
Ish beruvchi, agar bu tibbiy xulosada nazarda tutilgan boʻlsa, xodimni sogʻligʻining holatiga koʻra vaqtincha yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarini istisno etadigan ishga oʻtkazishi shart
.
Bunday vaqtinchalik oʻtkazishda mehnatga haq toʻlash bajarilayotgan ishga koʻra amalga oshiriladi, agar u kamroq boʻlsa, oʻtkazilgan kundan e’tiboran ikki hafta mobaynida xodimning avvalgi oʻrtacha ish haqi saqlanadi
.
Agar oʻtkazish mehnatda mayib boʻlganligi yoki ish bilan bogʻliq holda sogʻligʻiga boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi munosabati bilan yuzaga kelgan boʻlsa, ish beruvchi yangi ish boʻyicha ish haqiga qoʻshimcha ravishda avvalgi ish haqi bilan yangi ishda oladigan ish haqi oʻrtasidagi farqni toʻlaydi. Bunday farq mehnat qobiliyati tiklanguniga qadar yoki nogironlik belgilanguniga qadar toʻlanadi
.
Sil kasalligiga yoki boshqa kasb kasalligiga chalinganligi sababli kamroq haq toʻlanadigan boshqa ishga vaqtincha oʻtkazilgan xodimga shu ishga oʻtgan vaqt uchun, lekin ikki oydan ortiq boʻlmagan muddat davomida yangi ishda beriladigan ish haqiga xodimning avvalgi ishidagi haqiqatda olgan ish haqidan oshib ketmaydigan miqdorda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi toʻlanadi. Mehnatga qobiliyatsizlik varaqasida koʻrsatilgan muddatda boshqa ish topib berish kerak. Agar ish beruvchi ushbu muddatda boshqa ish topib berolmagan boʻlsa, xodimga buning oqibatida bekor oʻtgan kunlar uchun mazkur nafaqa umumiy asoslarda toʻlanadi
.
Agar tashkilotda tibbiy xulosaga muvofiq xodimga taklif qilinishi mumkin boʻlgan ish boʻlmasa, ish beruvchi xodimni ishdan chetlashtirishi shart
. Bunday chetlashtirishda xodimning ish haqi saqlanmaydi, bu bizning fikrimizcha, yangi MK boʻyicha mutlaqo adolatsiz qaror. Bunday holda xodim mehnat majburiyatlarini oʻz aybiga koʻra emas, balki ob’yektiv xarakterdagi mavjud sharoitlar tufayli bajara olmaydi. Shuning uchun MK 152-moddasining ushbu qismida xodim foydasiga tuzatishlar kiritish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz «Ishdan chetlashtirish davrida xodimga ish haqi hisoblanadi».
Homilador xodimani vaqtincha boshqa ishga oʻtkazish
Tibbiy xulosaga muvofiq homilador ayollarning ishlab chiqarish normalari, xizmat koʻrsatish normalari avvalgi ishlaridagi oʻrtacha oylik ish haqi saqlangan holda kamaytiriladi yoki ular yengilroq ishga yoxud noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan xoli boʻlgan ishga oʻtkaziladi. Bunda xodimaning avvalgi ish joyi boʻyicha ish haqi saqlanadi. Ishlab chiqarish normalarini kamaytirish va vaqtincha boshqa ishga oʻtkazish muddatlari tibbiy xulosaga muvofiq belgilanadi
.
Shunday qilib, agar tegishli tibbiy xulosa boʻlsa, ish beruvchi homilador xodimaning yengilroq ishga oʻtkazish haqidagi iltimosini rad etishga haqli emas. Oʻtkazish masalasi hal etilguniga qadar homilador xodima buning oqibatida qoldirilgan barcha ish kunlari uchun oʻrtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod etiladi
.
Mana shunda yuqorida keltirilgan vaziyatdan farq bor, xodim sogʻligʻi holatiga koʻra vaqtincha oʻtkazish uchun mos ish yoʻqligi sababli ish haqisiz ishdan chetlashtirilganda.
– Xodima tibbiy xulosaga muvofiq qarshi koʻrsatma boʻlgan ishdan buyruq bilan ozod qilinadi. Boshqa munosib ish taqdim qilinmaguncha, unga avvalgi ishi boʻyicha oʻrtacha ish haqi toʻlanishi zarur.
Ikki yoshga toʻlmagan bolani parvarishlayotgan xodimni vaqtincha boshqa ishga oʻtkazish
Agar ikki yoshga toʻlmagan bolasini parvarishlayotgan ota-onaning biri (vasiy) avvalgi ishini bajarishi mumkin boʻlmagan taqdirda, oʻz arizasiga koʻra va tibbiy xulosa mavjud boʻlganda boshqa ishga oʻtkaziladi. Bunda tibbiy xulosa nafaqat xodimning oʻzi, balki uning farzandining sogʻligʻi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Bunday oʻtkazishda mehnatga haq toʻlash bajariladigan ishga koʻra amalga oshiriladi, biroq avvalgi ishi boʻyicha oʻrtacha ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda bola ikki yoshga toʻlguniga qadar toʻlanadi
.
Agar Mehnat kodeksi bolaning otasiga yoki oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashgʻul boshqa shaxslarga (onadan tashqari) mehnat sohasida qoʻshimcha kafolatlarni nazarda tutsa, ular bolaning onasi yoki oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashgʻul boshqa shaxs bu kafolatlardan foydalanmayotganligini tasdiqlovchi hujjatni (ish joyidan ma’lumotnomani, oʻlim toʻgʻrisidagi guvohnomani, ona va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashgʻul boshqa shaxs muomalaga layoqatsiz deb topilganligi toʻgʻrisidagi qonuniy kuchga kirgan yoki ota-onalik huquqidan mahrum qilish haqidagi qonuniy kuchga kirgan sud qarorini va hokazolarni) ish beruvchiga ish joyi boʻyicha taqdim etishi kerak.
Agar bolaning onasi ishlamasa va bola parvarishi va tarbiyasi bilan band boʻlsa yoki ishlasa va bunday kafolatlardan foydalansa, otaga yoki oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashgʻul boshqa shaxslarga ular taqdim qilinmaydi. Bu MK 395-modda boʻyicha vaqtincha oʻtkazishlarga ham tegishli.
Ish beruvchida boshqa ish mavjud boʻlmagan taqdirda ikki yoshga toʻlmagan bola parvarishini amalga oshirayotgan xodimga qonunchilikda belgilangan tartibda bola parvarishi boʻyicha nafaqa toʻlanadi
.
Ammo bu yerda yana bir muammo yuzaga keladi. Bola ikki yoshga toʻlgunga qadar bola parvarishi boʻyicha nafaqani ish joyi boʻyicha faqat nobyudjet tashkilotlar toʻlaydi. Har oylik nafaqa miqdori MHTEKning 60 foizini tashkil qiladi
. Davlat xizmatchilari bolalar nafaqasini fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari orqali «kam ta’minlangan oila» toifasiga mos kelgan taqdirdagina olishlari mumkin
. Ammo bu toifaga hamma ham kirmaydi. Shu munosabat bilan Mehnat kodeksining 395-moddasining bir qismini qayta koʻrib chiqish, byudjet va byudjetdan tashqari tashkilotlar xodimlarini teng holatga keltirish maqsadga muvofiqdir.
Nizo yuzaga kelgan taqdirda ish beruvchi xodimni boshqa ishga oʻtkazish imkonsizligini isbotlashi kerak.
Agar ichki tartibda belgilangan sabablar boʻlsa, xodimning iltimosiga koʻra vaqtincha oʻtkazish
Xodimning vaqtincha oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosi, agar u uzrli sabablarga koʻra kelib chiqqan boʻlsa va ish beruvchida bunday ish boʻlsa, qondiriladi. Xodimning tashabbusiga koʻra vaqtincha oʻtkazishning uzrli sabablari roʻyxati, shuningdek bunday oʻtkazishda mehnatga haq toʻlash tartibi tashkilotning jamoa shartnomasida belgilanishi mumkin. Agar jamoa shartnomasi boʻlmasa – kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Bunday holda ish beruvchi xodimning vaqtincha oʻtkazish toʻgʻrisidagi talabini, agar tashkilotda bunday ish boʻlsa, qondirishi shart.
Xodimning tashabbusiga koʻra vaqtincha oʻtkazish qanday rasmiylashtirilishi kerak
Xodimni boshqa ishga vaqtincha oʻtkazish muddati koʻrsatilgan holda buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
Buyruq chiqarish uchun asos – xodimning yozma arizasi, sogʻligʻi holatiga koʻra vaqtincha oʻtkazish uchun esa homilador ayol, shuningdek ikki yoshga toʻlmagan bolani parvarish qilayotgan ota-onalardan birining arizasi(vasiy) va yana tibbiy xulosa ham kerak boʻladi.