Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
Mehnat kodeksiga koʻra 1 oktyabr – ishlanmaydigan bayram kuni. Ishlanmaydigan bayram kunlari arafasida esa har kunlik ish, smena davomiyligi kamida bir soatga qisqartiriladi. Bu safar qisqartirilgan ish kuni faqat olti kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun boʻladi.
Kadrovik.uz iltimosiga koʻra «Norma» eksperti, yurist Lenara XIKMATOVA bayram arafasida ish kuni qanday qoidalar boʻyicha qisqartirilishini tushuntirdi.
Joriy yilning 1 oktyabr kuni yakshanba kuniga toʻgʻri keladi. Ushbu kunning arafasi – 30 sentyabr, shanba. Tegishincha, olti kunlik ish haftasida ishlaydigan tashkilot xodimlari bayram munosabati bilan ishdan ertaroq ketishlari mumkin.
Besh kunlik ish haftasida ishlaydiganlar 29sentyabr, juma kuni toʻliq ish kunida ishlab berishlariga toʻgʻri keladi, chunki bu bayramdan oldingi kun emas. Albatta, agar u yoki bu tashkilotda ichki tartibda boshqa imtiyozliroq shartlar mustahkamlab qoʻyilmagan boʻlsa. Bundan tashqari, ichki hujjatlarda bayram arafasida xodimlar uchun ish vaqtini bir soatdan koʻproq qisqartirishni nazarda tutish mumkin.
Shundoq ham qisqartirilgan ish kuni boʻlgan xodimlar bir soat oldin ketishlari mumkinmi
Bayram arafasida ish vaqtini qisqartirish qoidasi 40 soatlik ish haftasidan oshmasligi uchun shanba kuni qisqaroq ish kuni belgilangan tashkilotlarda ham qoʻllanilishi kerak.
Ofisning ish vaqti dushanbadan jumagacha – kuniga 7 soatdan, shanba kuni esa – 5 soat.
30 sentyabr, shanba kuni xodimlar atigi 4 soat ishlaydi.
Bundan tashqari, quyidagilar belgilangan xodimlar bayram arafasida ishdan bir soat oldin ketish huquqiga ega:
Bu ularning yoshi, sogʻligʻi holati, mehnat sharoitlari, mehnat funksiyalarining oʻziga xos xususiyatlari va boshqa holatlarni hisobga olgan holda ish haqini kamaytirmasdan qisqartirilgan ish vaqti belgilangan xodimlarning ayrim toifalariga taalluqlidir:
– 18 yoshgacha boʻlgan xodimlar
;
– I va II guruh nogironligi boʻlgan xodimlar
;
– noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlar
;
– ishi yuqori darajadagi ruhiy, aqliy, asabiy zoʻriqish bilan bogʻliq boʻlgan tibbiyot xodimlar, pedagoglar va boshqa toifadagi xodimlar
;
– byudjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotda ishlaydigan uch yoshgacha boʻlgan bolaning ota-onasidan biri (vasiysi)
.
Korxonada olti kunlik ish haftasi belgilangan. 11.03.1997 yildagi 133-sonli VMQga muvofiq mehnat sharoiti oʻta zararli va oʻta ogʻir ishlarda band boʻlgan xodimlar uchun ish vaqtining qisqartirilgan toʻrt soatlik ish kuni belgilangan, dam olish va ovqatlanish uchun tanaffussiz 9:00 dan 13:00 gacha.
2023 yil 30 sentyabrda ushbu xodimlar 12:00 da ishdan ketish huquqiga ega.
- Ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda yoki bajarilgan ish hajmiga qarab toʻliqsiz ish kuni (smena). Toʻliqsiz ish kuni vaqtini oʻrnatishni MKning 186-moddasi tartibga soladi.
Homilador xodimaga uning iltimosiga koʻra toʻliqsiz ish kuni belgilangan – 08:00 dan 14:00 gacha.
30 sentyabr kuni u faqat soat 13:00 gacha ishlaydi.
.
2 oktyabr kuni hamma dam oladi
Hamma uchun yaxshi yangilik: 2 oktyabr - dushanba kuni haftasiga besh kun ishlaydiganlar ham, olti kun ishlaydiganlar ham dam olishadi. Yangi MK boʻyicha, agar ishlanmaydigan bayram kuni dam olish kuniga toʻgʻri kelsa, bu dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga koʻchiriladi. 2023 yil 1 oktyabr yakshanba kuniga toʻgʻri kelganligi sababli, dam olish kuni dushanbaga koʻchiriladi.
Ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar ( uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat koʻrsatish, vaxta usulidagi ish va boshqalar) tufayli toʻxtatib qoʻyish mumkin boʻlmagan ishlar bundan mustasno. Bunday hollarda dam olish kunlarini koʻchirish amalga oshirilmaydi
.