Xodimning ishonchga loyiqligini qanday tekshirish mumkin

preview

Maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilish, parallel ravishda raqobatchilarga ishlash, kompaniyaning moddiy resurslaridan shaxsiy maqsadlarda foydalanish, boshqaruv qarorlaridan boʻyin tovlash, texnika xavfsizligi qoidalarini buzish – bu ishonchsiz xodimlari boʻlgan jamoada ish beruvchi duch keladigan xavflarning toʻliq roʻyxati emas.

Ishga qabul qilish bosqichida  nomzodning ishonchli ekanligini qanday tekshirish mumkinligini kadrovik.uz iltimosiga koʻra HR-maslahatchi Irina Shakirova tushuntirdi.

 

Amaliyotchi-mutaxassislarning tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun telegram-kanalimizga a’zo boʻling.

 

– Ishonchga loyiq xodimni ishonchli deb ataymiz. Bu qonunga boʻysunadigan, intizomli, vijdonli, mas’uliyatli shaxs. U ish beruvchiga, hamkasblariga, mijozlariga nisbatan insofsiz xatti-harakatlarga yoʻl qoʻymaydi. Nostandart vaziyatlarda kompaniya tomonidan qabul qilingan norma va qoidalarga amal qiladi.

Ishonchlilik haqida gapirganda, tanlov bosqichida nomzod haqidagi qanday ma’lumotni oʻtkazib yuborish eng xavfli sanaladi:

  • spirtli ichimliklarga yoki giyohvandlikka qaramlik;
  • psixiatrik tashxisning mavjudligi;
  • sudlanganlik va huquqbuzarliklarning mavjudligi;
  • ta’lim, malaka, ish joyini oʻzgartirish sabablari haqidagi yolgʻon.

Ushbu ma’lumotni hujjatlar, ma’lumotnomalar soʻrash, maxsus ma’lumotlar bazalarini tekshirish, avvalgi ish joylaridan berilgan tavsiyanomalarini tekshirish orqali aniqlashtirish kerak.

Nomzod bilan suhbat davomida ham boʻlajak xodimning ishonchlilik darajasi toʻgʻrisida xulosa chiqarish mumkin. Ishonchlilikni baholash uchun odatda nostandart vaziyatlarda qoidalarga rioya qilish toʻgʻrisida savollar beriladi va axloqiy dilemma mavjud boʻlgan holatlar ham taklif etiladi.

 

Ishonchlilikni tekshirish uchun savollarga misollar

 

№

Savollar

Nomzod haqida nimalarni bilish mumkin

1

Siz tasodifan  hamkasbingiz (rahbar yoki boʻysunuvchi emas) muntazam ravishda kompaniyaga nisbatan insofsiz harakatlar qilishini bilib qoldingiz. Sizning harakatingiz?

Umuman olganda odam insofsiz harakatlarga qanday munosabatda boʻladi. U insofsiz xatti-harakatlarning oldini olish uchun nimalar qilishga tayyor

2

Nega bir xil daromad darajasida bitta kompaniyada oʻgʻrilik qilishadi, boshqalarida esa – yoʻq

Nomzod sabablarni nimada  koʻradi – shaxsiy sifatlar, boshqaruv tizimining yoʻqligi, boshqa narsa. U bunday dalillarni oqlaydimi yoki yoʻqmi

3

Ofis-menejer kanselyariya mahsulotlari yetkazib beruvchisini tanlab, «A» va «B» firmalarini topdi. Ular bir xil narxda oʻxshash assortimentni taklif qilishdi. «A» firmasi buyurtma uchun yana kichik mukofot taklif qildi. Ofis menejer «A» kompaniyasini tanladi. Uning harakatlari toʻgʻriligini baholang. U nega bunday yoʻl tutdi?

Nomzod ofis-menejerning harakatlari sabablarini qanday tushuntiradi. Ushbu mulohazalarda u oʻzining motivlari va qadriyatlari haqida gapiradi

4

Hamkasblar va rahbariyat sizning huzuringizda («orqadan») doimiy ravishda muhokama qilinadi, maxfiy ma’lumotlar oshkor qilinadi. Sizning harakatingiz? Sizningcha, nega jamoada gʻiybat va fisq-fasod gullab-yashnamoqda?

Nomzod qiyin vaziyatlarda qanday strategiyalarni tanlaydi. U samarasiz xatti-harakatlarning sabablarini qanday koʻradi

5

Siz doimiy mijoz uchun mahsulotlarni bron qildingiz va ularni kelishilgan narxda joʻnatishga va’da berdingiz. Yana bir mijoz sizga 10% koʻproq toʻlashga tayyor. Sizning harakatingiz?

Nomzod nimaga tayanadi – qoʻshimcha foyda (umuman olganda, kompaniyada har doim mamnuniyat bilan qabul qilinadi) olishgami yoki bergan va’dasini bajarish haqidagi fikrlarga

6

Siz odamlarga qanday ta’sir qilishni yaxshi bilasiz. Qarshingizda zararsiz boʻlsa-da, mutlaqo keraksiz mahsulotni sotib olishga siz osongina ishontira oladigan mijoz bor. Sizning harakatingiz?

Nomzod uchun mijozlar bilan munosabatda nima muhim

7

Yolgʻon qanday vaziyatlarda oqlangan boʻladi?

Nomzod oʻzining qarashlari haqida gapirib beradi

8

Xodimni nima uchun darhol boʻshatgan ma’qul?

Nomzod oʻzi uchun jiddiy boʻlgan qonunbuzarliklar haqida gapirib beradi

 

 

Ishonchlilik testlari

Bugungi kunda soʻrovnomalar va ishonchlilik testlari mashhur. Ba’zi kompaniyalar ularni natijalarni qayta ishlash xizmati bilan birga sotadilar.

Testlar oʻrnatilgan yolgʻon shkalalariga ega, u notoʻgʻri javoblarda nomzodni «ushlash» imkonini beradi. Testlar ishonchsiz xatti-harakatlar bilan bogʻliq boʻlgan shaxsiy sifatlarni aniqlashga qaratilgan. Bunday shaxsiy sifatlar – ochkoʻzlik, hasad, qasoskorlik, tavakkal qilish, ehtiyotkorlik, impulsivlik va boshqalar. Testlar, shuningdek odam qanday sharoitlarda ishonchsiz boʻlib qolishi mumkinligini aniqlaydi, masalan, rahbariyat tomonidan bosim boʻlsa, u adolatsiz munosabatni his qilsa yoki kompaniyada «toksik» tashkiliy muhit mavjud boʻlsa.

Mutaxassislar testning qanchalik ishonchli (validligi) ekanligini turlicha baholashadi – oʻrtacha 70-80% ga.

 

Yolgʻon detektori

Yolgʻon detektorida ishonchlilikni tekshirish haqida tez-tez eshitishingiz yoki oʻqishingiz mumkin. HR- mutaxassislar bu usulni noaniq baholaydilar. Koʻpgina mutaxassislar uni axloqsiz, odamning «aybsizlik prezumpsiyasi»ni buzadi deb hisoblashadi.

Yolgʻon detektorida tekshirish uchun  natijani rasshifrovka qiladigan poligrafolog kerak. Bundan tashqari, nomzodning bunday tekshirishga roziligi talab qilinadi, chunki bu shaxsiy ma’lumotlar.

Bu usul, ehtimol, ishonchsizlikning narxi juda yuqori boʻlgan joyda  – kuchishlatar tuzilmalar, boshqaruv organlarida oqlanadi.

 

Kompaniyaning oʻzida nima sodir boʻladi?

Xodimlarning ishonchliligi haqida gapirganda kompaniyaning ishonchliligi haqida ham gapirish kerak:

  • kompaniya nimani ishlab chiqaradi va sotadi, uning mahsulotlari va xizmatlari qanchalik sifatli va foydali?
  • nomzodga mehnat qonunchiligiga muvofiq rasmiy ish bilan ta’minlashni, ish haqi, imtiyozlar va bonuslarni oʻz vaqtida toʻlashni taklif qilasizmi?
  • xavfsiz mehnat sharoitlari yaratilganmi, ish joyi jihozlanganmi, zarur resurslar mavjudmi?
  • ish joyida ruxsat etilgan va taqiqlangan narsalar toʻgʻrisida ichki huquqiy hujjatlar ishlab chiqilganmi? ular xodimlarga yetkazilganmi, ularga tushunarlimi?
  • vijdonli va intizomli xodimlarni ularning faoliyat natijalariga koʻra ragʻbatlantirish va ularni buzganlik uchun jarimalar tizimi mavjudmi?

Agar siz barcha savollarga ijobiy javob bergan boʻlsangiz, xulosa shuki, sizning kompaniyangiz jamoada ishonchlilikni saqlab turibdi. Qoidalarning yoʻqligi, biznesni vijdonsiz yuritish sabotaj, qoʻl uchida ishlash va xodimlarning turli xil suiiste’mollariga olib keladi.

 

E’tibor bering

«Norma» professional rivojlanish markazi sizni «Xodimlarni izlash va saralash» kursiga taklif qiladi.

Kurs kimlarga moʻljallangan:

  • endigina ish boshlayotgan HR- mutaxassislar;
  • xodimlarni qidirish, tanlash, moslashtirish funksiyalarini oʻzlashtirmoqchi boʻlgan HR- mutaxassislar;
  • xodimlarni tanlash va moslashtirish bilan shugʻullanadigan oʻrta boʻgʻin menejerlari;
  • xodimlarni boshqarish tizimini malakali ravishda qurmoqchi, xodimlarining vakolatlarini rivojlantirmoqchi  boʻlgan rahbarlarga.

Koʻproq bilishni istayman!

 

 

 

Oʻzbekistonda kadrlar boshqaruvi-kadrlar menejeri vazifalari, kadrlar boshqaruvi jarayoni kadrlar boshqaruvi, oʻzbekistonda kadrlar boshqaruvi, xodimlarni boshqarish jarayoni, xodimlarni hujjatlashtirish Oʻzbekistonda kadrlar boshqaruvi. Ushbu sahifada Oʻzbekistonda kadrlar boshqaruvi vazifalari keltirilgan. Siz HR menejerining ish jarayoni bilan tanishishingiz mumkin boʻladi. Kadrlar boshqaruvi jarayoni haqida batafsil ma’lumot /oz/publish/doc/text194462_hodimning_ishonchli_ekanligini_qanday_tekshirish_mumkin