Xodimadan homiladorlik toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani talab qilish qonuniymi

preview

«Rahbariyat hali boʻshamagan joyga yangi xodimni qabul qilish uchun dekretgacha  3,5 oy oldin homiladorlik toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani talab qilmoqda.

Bu talab qonuniymi?»

Kadrovik.uz iltimosiga koʻra ish beruvchi va homilador xodimaning huquqlarini «Norma» eksperti Valeriya LYaNDRES tushuntirdi.

 

Ekspertlarning tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun telegram-kanalimizga a’zo boʻling.

 

– Homiladorlik toʻgʻrisidagi ma’lumotnomalar odatda korxona (tashkilot) rahbariyatiga homilador xodimaning huquqlarini buzish maqsadida emas, balki ularni himoya qilish uchun taqdim qilinadi. Mehnat kodeksi bilan homilador ayollarning huquqlarini himoya qilish choralari nazarda tutilgan . Masalan:

  • Yangi Mehnat kodeksiga koʻra homilador ayol bilan muddatli mehnat shartnomasini homiladorlik tugaguniga qadar hamda homiladorlik va tugʻish ta’tili tugaguniga qadar bekor qilish taqiqlangan ;
  • homilador ayol bilan  ish beruvchining tashabbusiga koʻra mehnat shartnomalarini bekor qilish taqiqlangan ;
  • homilador xodimaga tugʻruqqacha parvarishlash uchun haq toʻlanadigan kunlar taqdim qilinadi ;
  • homilador ayol tungi soatlarda ishlash, ish vaqtidan tashqari ishlash hamda dam olish va bayram kunlarida ishlashdan bosh tortishga haqli ;
  • tungi ish homilador ayolning hamda bolaning hayotiga va sogʻligʻiga xavf tugʻdirishini tasdiqlovchi tibbiy xulosa mavjud boʻlgan taqdirda, bunday ishga yoʻl qoʻyilmaydi ;
  • tibbiy xulosaga muvofiq homilador ayollarning ishlab chiqarish normalari, xizmat koʻrsatish normalari avvalgi ishlaridagi oʻrtacha oylik ish haqi saqlangan holda kamaytiriladi yoki ular yengilroq ishga yoxud noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan xoli boʻlgan ishga oʻtkaziladi .

Shuning uchun homilador xodimaga imtiyozlar berish uchun ish beruvchi homiladorlik toʻgʻrisidagi guvohnomani talab qilishga haqli.

Mehnat shartnomasi homiladorlikning oxiriga qadar uzaytirilgan ayol, ish beruvchining soʻroviga binoan, lekin uch oyda koʻpi bilan bir marta homiladorlik holatini tasdiqlovchi tibbiy ma’lumotnoma taqdim etishi shart. Agar bunda ayol homiladorlik tugaganidan keyin haqiqatda ishlashni davom ettirsa, ish beruvchi homiladorlikning tugaganligi faktini bilgan yoki bilishi kerak boʻlgan kundan e’tiboran bir hafta ichida mehnat shartnomasini uning muddati tugaganligi sababli bekor qilishga haqli .

Homilador xodima homiladorlik toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani taqdim qilishdan bosh tortgan taqdirda, ish beruvchi unga qonuniy asoslarda u olishga haqli boʻlgan imtiyozlarni taqdim qila olmaydi. Buning uchun homiladorlik haqida ogʻzaki xabar berish yetarli boʻlmaydi.

Biroq ish beruvchi homiladorlik va tugʻish ta’tili boshlanishidan oldin homilador xodimaning oʻrniga yangi xodimni olishga haqli emas. Homiladorlik va tugʻish ta’tili ayolga homiladorlikning 30-haftasidan boshlab vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida tugʻishdan taxminan 2,5 oy oldin beriladi . Ammo ish beruvchi shtatdagi xodimaning yaqinlashib kelayotgan homiladorlik va tugʻish ta’tili hamda bola parvarishi ta’tiliga yangi xodimni qabul qilish va oʻqitishni rejalashtirish huquqiga ega.

 

 

 

 

Oʻzbekistonda ijtimoiy ta’minot: xodim tugʻruq ta’tiliga chiqqanda, nafaqaga chiqqanida yoki nogiron boʻlganida ish beruvchi ijtimoiy yordamni qanday tashkil qilishi mumkin xodimlarning ijtimoiy ta’minoti, oʻzbekistonda ijtimoiy ta’minot, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish, xodimlarni ish beruvchidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash Oʻzbekistonda ijtimoiy ta’minot. Oʻzbekistonda mehnatkashlarning ijtimoiy ta’minoti haqida batafsil ma’lumot. Xodim tugʻruq ta’tilida nafaqaga chiqqan yoki nogiron boʻlganida ijtimoiy himoyani roʻyxatdan oʻtkazish shartlari. Siz xodimlarning ijtimoiy ta’minoti haqida koʻproq ma’lumot olishingiz mumkin boʻladi /oz/publish/doc/text196126_hodimadan_homiladorlik_tugrisidagi_malumotnomani_talab_qilish_qonuniymi