Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
«Agar xizmat safari kunlari Oʻzbekiston Respublikasining bayram arafasi hamda bayram kunlariga toʻgʻri kelgan boʻlsa, qabul qiluvchi mamlakatda esa bu kunlar ish kuni deb hisoblansa, chet el xizmat safaridagi ish qanday rasmiylashtirilishi va unga qanday haq toʻlanishi kerak?»
«Norma» mutaxassisi Valeriya LYaNDRES javob beradi:
– Darhaqiqat, vaziyat u qadar oddiy emas. Qonun hujjatlarida xizmat safarida ishdan tashqari ish bilan bogʻliq qat’iy qoidalar yoʻq.
Xizmat safariga yuborilgan xodimga oʻrtacha ish haqi yoki tarif stavkasi (maosh) miqdoridagi pul toʻlovlari kafolatlanadi
.
Hammasi, birinchi navbatda, xizmat safarining maqsadiga va xizmat safariga yuborilgan xodim uchun qanday ish vaqti rejimi belgilanishiga bogʻliq boʻladi. Ushbu masalani xizmat safari boshlanishidan avval qabul qiluvchi tomon bilan muhokama qiling.
Mehnat kodeksining 196-moddasida xizmat safariga yuborilgan xodimga ish vaqtining quyidagi ikki rejimidan biri oʻrnatilishi belgilangan:
- xodim xizmat safariga yuborilgan ish beruvchida belgilangan ish vaqti rejimi;
- xodimni xizmat safariga yuborgan ish beruvchi tomonidan tasdiqlanadigan xizmat safariga oid topshiriq bilan belgilanadigan ish rejimi.
Tanlangan rejimdan kelib chiqib koʻrsatilgan muammolarni turli yoʻllar bilan hal qilish mumkin:
1. Qabul qiluvchi tashkilotning ish rejimida xizmat safarida boʻlgan xodim bizning qonunchiligimizda belgilangan bayram arafasi, bayram va dam olish kunlari, ish soatlarini qisqartirmasdan hamda bir hissa miqdorida toʻlov bilan ishlashi, qabul qiluvchi tomon rejimiga koʻra esa dam olishi kerak boʻladi.
2. Xizmat safariga oid topshiriqda xizmat safariga yuborilgan xodim uchun u xizmat safarida bizning taqvimimiz boʻyicha ishlashi nazarda tutilgan boʻlsa, u bayram arafasidagi kunda bir soat kamroq ishlashi hamda Oʻzbekistonda belgilangan bayram va dam olish kunlari dam olishi mumkin boʻladi.
Xizmat safariga oid topshiriq bilan chet el xizmat safarida bayram arafasi, bayram va dam olish kunlari toʻliq ish kuni ishlash zaruriyati boʻlganda xodimga quyidagilar toʻlanishi belgilanishi mumkin:
- bayram arafasidagi kundagi ish vaqtini qisqartirmasdan – 1 soat ishdan tashqari ish sifatida
. - dam olish va bayram kunlaridagi ish – kamida ikki hissa miqdorida yoki kelgusida boshqa dam olish kuni bilan kompensatsiya qilinadi
. Ammo kompensatsiya toʻlovi (!) xizmat safari davomida xodimga qabul qiluvchi mamlakatda belgilangan Oʻzbekiston qonunchiligida berilishi lozim boʻlgan dam olish kunlari soniga teng boshqa dam olish kunlari taqdim qilinmagan taqdirda amalga oshiriladi.
Xizmat safariga oid topshiriqda ish vaqtini rasmiylashtirish kabi yondashuv amaldagi qonunchilikka nisbatan xodimning holatini yomonlashtirmaydi va chet elga xizmat safarlari uchun eng maqbuldir.
Agar bayram arafasidagi kunda ishdan tashqari ish xodim uchun bir yil davomida qoʻshimcha ish vaqti (120) me’yoridan oshsa, tekshirish paytida ob’yektiv zarurat isbotlanishi mumkin. Bunday holda, tekshiruvchi organlarda e’tiroz boʻlmasligi kerak. Buning uchun ish vaqtini hisobga olish jadvalini toʻgʻri yuritish kerak
, unda ishlab berilgan vaqt tarkibida quyidagilar alohida hisobga olinadi:
- ish vaqtidan tashqari ishlar;
- ishbay asosida ishlaydiganlarning ishi;
- xizmat safarlari;
- ichki oʻrindoshlikka doir ish.
Xodimga xizmat topshirigʻini bajarishni tayinlaydigan rahbariyat bilan kelishilgan holda ish vaqtining sarfini hisobga olishda ish vaqtini hisobga olish jadvaliga «SK» yozuvi kiritiladi hamda ishdan tashqari ish vaqti qayd etiladi. Topshiriqqa qoʻshimcha ravishda ishdan tashqari ishga ruxsatni ishdan tashqari ishning yoʻl qoʻyiladigan vaqti kelishilgan buyruq bilan rasmiylashtirish mumkin.
Xizmat safari paytida ish haqini oqilona hisob-kitob qilish uchun qoʻshimcha ish, shuningdek dam olish va bayram kunlaridagi ish kutib oluvchi tashkilot tomonidan hujjatlashtirilishi kerak.