Direktor kasallik davri uchun ishlab berishni talab qilsa

preview

«Xodim kasallik ta’tilida edi, u bu haqda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasini olib keldi. Ammo rahbariyat kasallik ta’tilida boʻlgan kunlarni ishlab berishni talab qilmoqda. Bu talab qonuniymi? Agar xodim bu soatlarni ishdan keyin yoki dam olish kunlarida ishlab bersa,  bu kunlar uchun haq toʻlanadimi? Ish beruvchi vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini toʻlashni rad etishga haqlimi?»

Nima uchun ish beruvchi kasallik ta’tilini ishlab berishni talab qilib, qonunni buzayotganini «Norma» eksperti, yurist Lenara XIKMATOVA tushuntirdi:

 

Muhim tushuntirishlarni oʻtkazib yubormaslik uchun telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– Kompaniya rahbariyatining talabi qonunga ziddir. Na Mehnat kodeksida, na boshqa qonun hujjatlarida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik (kasallik ta’tillari) davriga toʻgʻri keladigan kunlarning keyinchalik ishlab berilishi nazarda tutilmagan. Mehnat kodeksining 202-moddasiga muvofiq xodimni mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod etish davrlari mehnatga layoqatsizlik davri hisoblanadi.

Kasallik ta’tilidan chiqqandan keyin xodim tomonidan bajariladigan ish belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlariga muvofiq umumiy asosda toʻlanadi .

 

Xodim ish vaqtidan tashqari qolib ishlasa

Xodim direktorning buyrugʻi bilan ishdan keyin qolsa va qoʻshimcha, ya’ni unga belgilangan ish vaqti davomiyligidan ortiqcha ishlasa, bu ishdan tashqari ish deb hisoblanadi. Bunday holda Mehnat kodeksining 189-moddasida tasvirlangan tartibga rioya qilish hamda ish vaqtidan tashqari ish uchun kamida ikki hissa miqdorida haq toʻlash yoki xodimning xohishiga koʻra  qoʻshimcha dam olish vaqtini berish bilan kompensatsiya qilish kerak .

Xodimni ish vaqtidan tashqari ishga qonuniy jalb etish uchun uning yozma roziligini olish talab qilinadi . Xodimni ishdan keyin qolishga majburlash taqiqlanadi.

Xodimning roziligisiz «ishdan tashqari ish»ga faqat uchta istisno holatda va faqat uning mehnat funksiyasi doirasida jalb qilish mumkin:

1) tabiiy yoki texnogen xususiyatga ega halokatlarning, ishlab chiqarishdagi avariyalarning, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning, shuningdek yongʻinlarning, toshqinlarning, zilzilalarning, epidemiyalarning yoki epizootiyalarning oldini olish yoki oqibatlarini bartaraf etish hamda aholining yoxud uning bir qismining hayotiga  yoki normal yashash sharoitlariga tahdid soladigan boshqa alohida hollarda bajarilgan ishlar amalga oshirilganda;

2) markazlashtirilgan issiq suv ta’minoti, sovuq suv ta’minoti va (yoki) suv chiqarish tizimlarining, gaz ta’minoti, issiqlik ta’minoti, yoritish, transport, aloqa tizimlarining normal ishlashini buzadigan kutilmagan holatlarni bartaraf etishga doir ijtimoiy jihatdan zarur ishlar amalga oshirilganda;

3) agar ishda tanaffusga yoʻl qoʻyilmasa, smena almashayotgan xodim kelmay qolganda ishni davom ettirish uchun. Bunday holda ish beruvchi zudlik bilan smenachini boshqa xodim bilan almashtirish choralarini koʻrishi shart.

❖

Xodimlarni ishdan tashqari ishga jalb qilish tartibi – batafsil ushbu maqolada.

 

Xodim dam olish kunlarida ishlasa

Umumiy qoidaga koʻra dam olish kunlarida va ishlanmaydigan bayram kunlarida ishlash taqiqlanadi . Xodimni kutilmagan ishlarni oldindan bajarish uchun uning dolzarbligi butun tashkilotning yoki uning tarkibiy boʻlinmalarining normal ishlashishga bogʻliq boʻlgan holatda dam olish kunida ishga chaqirish mumkin. Ammo bunga faqat xodimning yozma roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi. Xodimning roziligisiz uni dam olish kunida ishga jalb qilishga faqat toʻrtta istisno holatda yoʻl qoʻyiladi:

1) tabiiy yoki texnogen xususiyatga ega halokatlarning, ishlab chiqarishdagi avariyalarning, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning, shuningdek yongʻinlarning, toshqinlarning, zilzilalarning, epidemiyalarning yoki epizootiyalarning oldini olish yoki oqibatlarini bartaraf etish hamda aholining yoxud uning bir qismining hayotiga  yoki normal yashash sharoitlariga tahdid soladigan boshqa alohida hollarda bajariladigan ishlar amalga oshirilishi uchun;

2) baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun;

3) markazlashtirilgan issiq suv ta’minoti, sovuq suv ta’minoti va (yoki) suv chiqarish tizimlarining, gaz ta’minoti, issiqlik ta’minoti, yoritish, transport, aloqa tizimlarining normal ishlashini buzadigan kutilmagan holatlarni bartaraf etishga doir ijtimoiy jihatdan zarur ishlar amalga oshirilishi uchun;

4) ish beruvchining mulkini nobud qilish yoki unga zarar yetkazishning oldini olish uchun.

Dam olish kunlaridagi ish uchun kamida ikki hissa miqdorida haq toʻlanadi yoki xodimning xohishiga koʻra  boshqa dam olish kunini berish bilan kompensatsiya qilinadi .

Shunday qilib, agar ish beruvchi qonuniy asoslarsiz va rasmiylashtirishsiz, shuningdek tegishli toʻlov yoki kompensatsiyasiz xodimni ishdan tashqari yoki dam olish kunlari ishlashga majbur qilsa, bu mehnat qonunchiligining buzilishi hisoblanadi. Buning uchun ish beruvchining aybdor mansabdor shaxsi MJTKning 49-moddasiga koʻra ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin.

 

Kasallik varaqasi xususida   

 Xodim tegishli tartibda rasmiylashtirilgan kasallik varaqasini olib kelsa, ish beruvchi uni qabul qilishi hamda xodimga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini toʻlashi shart. Bu Mehnat kodeksining 281-moddasida nazarda tutilgan kafolat boʻlib, tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha ish beruvchilar unga rioya qilishlari shart. Toʻlov Nizom 05.08.2002 y. AV roʻyxat raqami 1136-songa muvofiq amalga oshiriladi.

Muhim!
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini toʻlashdan boʻyin tovlash BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha jarima solishga sabab boʻladi. Ma’muriy jazo qoʻllanilgandan keyin bir yil ichida takroran sodir etilgan xuddi shu huquqbuzarlik uchun jarima miqdori BHMning 15 baravaridan 30 baravarini tashkil qiladi.

 

 

 

 

Oʻzbekistonda ish haqi - xodimlarga ish haqi va boshqa toʻlovlar, xodimlarga barcha turdagi toʻlovlar oʻzbekistonda haq toʻlash, oʻzbekistonda haq toʻlash, oʻzbekistonda haq toʻlash turlari, oʻzbekistonda haq toʻlash shakllari, ish haqi va boshqa toʻlovlar Oʻzbekistonda xodimlarga ish haqi va boshqa toʻlovlar. Bu yerda siz Oʻzbekistondagi ish haqi va xodimlarga toʻlanadigan boshqa toʻlovlar haqida ma’lumot olishingiz mumkin. Tashkilotlarda turli xil toʻlovlar qanday amalga oshiriladi va kadrlar boʻlimi xodimi nimani bilishi kerak /oz/publish/doc/text196712_direktor_kasallik_tatilini_ishlab_berishni_talab_qilsa1