Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
Qurolli kuchlar safidan boʻshatilganlarni ishga qabul qilishda nimalarni bilish kerak
Prezidentning 14.02.2024 yildagi 68-son Qarori bilan belgilangan xizmat muddatlarini oʻtab boʻlgan harbiy xizmatchilarni Qurolli kuchlar rezerviga boʻshatish toʻgʻrisida e’lon qilindi.
Zaxiraga boʻshatilgan fuqarolar ishga joylashish masalasi boʻyicha murojaat qilishlari sababli «Norma» eksperti Valeriya LYaNDRES ish beruvchilarga ba’zi muhim jihatlarni eslatib oʻtadi:
– Zaxiraga boʻshatilganlar uchun (27 yoshdan oshgan barcha harbiy xizmatga majburlar uchun kabi) ishga joylashishda zarur hujjatlar roʻyxatiga toʻgʻri rasmiylashtirilgan harbiy guvohnoma (harbiy bilet) kiradi
.
Xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolar faqat yashash joyi boʻyicha harbiy hisobga qoʻyilganidan keyingina ishga qabul qilinadilar
.
Idoraviy mansubliligi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va ta’lim muassasalari ma’muriyati ishga qabul qilishda nomzodda harbiy-hisob hujjatlari mavjudligini tekshirishi hamda ularning harbiy hisobda turishini aniqlashi shart. Harbiy guvohnomaning 19-varagʻida mudofaa ishlari boʻlimlarining harbiy roʻyxatga olinganligi va roʻyxatdan chiqarilganligi toʻgʻrisidagi shtamplari qoʻyiladi.
Keyin quyidagilarni tekshirish zarur:
- harbiy guvohnomada harbiy xizmatga chaqirilish va harbiy xizmatdan (muqobil xizmatdan) boʻshatish sanalari koʻrsatilganmi va muhr bilan tasdiqlanganmi – harbiy guvohnomaning 3 va 4-varaqlari;
- harbiy unvon – harbiy guvohnomaning 11-varagʻi;
- harbiy-hisob mutaxassisligi – harbiy guvohnomaning 12-varagʻi.
Ushbu ma’lumotlarning harbiy guvohnomada mavjudligi tashkilotlarda harbiy xizmatga majburlarni toʻgʻri rasmiylashtirishni tashkil qilish uchun zarurdir.
Xodimning umumiy ish stajini toʻgʻri hisoblash uchun harbiy xizmat oʻtaganligining aniq davrini bilish ham muhimdir. Ushbu muddat pensiya olish huquqini beradigan ish stajiga
hamda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalarini hisoblash va toʻlash boʻyicha stajga kiritiladi
.
Qurolli kuchlardan boʻshatilgan shaxslar ijtimoiy muhofazaga muhtoj boʻlganlar sifatida ish oʻrinlari zaxiraga qoʻyilgan shaxslar qatoriga kiradi
.
Zaxiraga qoʻyilganlar toifasiga kiruvchi shaxslar allaqachon ishga joylashtirilgan ish oʻrinlari
boʻlajak davrga zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlari sonini aniqlashda hisobga olinadi.
Bunda koʻrsatilgan shaxslar toifalari boʻyicha zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlari soni ushbu ish oʻrinlariga qabul qilingan kundan boshlab 3 yil mobaynida hisobga olinadi 