YaMMTda baxtsiz hodisalarni qanday hisobga olish kerak

preview

«YaMMTda «Baxtsiz hodisalarni hisobga olish» opsiyasi bor. Unga ma’lumotni qanday vaziyatlarda va qay tartibda kiritish kerak? Agar bir nechta ishchi jabrlangan boʻlsa, baxtsiz hodisani qanday hisobga olish kerak?»

Tushuntirish va koʻrsatma uchun kadrovik.uz YaMMT IDAK Boshqaruv direksiyasi boʻlim boshligʻi Zarnigor Abdurahmonovaga murojaat qildi:

 

Telegram-kanaldagi maqolalarimizni kuzatib boring.

 

– Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish tartibi maxsus Nizom bilan belgilangan .

Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa natijasida xodimning mehnat qobiliyati kamida bir kunga yoʻqotilsa yoki tibbiy xulosaga muvofiq yengilroq boshqa ishga oʻtishi zarur boʻlsa, N-1 shaklidagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.

Ish beruvchi tekshirish tugaganidan soʻng 3 sutkadan kechiktirmay jabrlanuvchiga yoki uning manfaatlarini himoya qiluvchi shaxsga baxtsiz hodisa toʻgʻrisidagi N-1 shaklidagi dalolatnomani berishi kerak.

Ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni toʻgʻri va oʻz vaqtida tekshirish hamda hisobga olish, N-1 shaklidagi dalolatnomani tuzish, baxtsiz hodisa sabablarini bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun javobgardir.

2010 yilda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi Nizom  kiritilgan oʻzgartishlarga koʻra  N-1 shakli boʻyicha rasmiylashtirilgan barcha baxtsiz hodisalar haqidagi dalolatnomalarni ish beruvchi hisobotga (tegishli tashkilotlarga taqdim etish uchun), shuningdek 3 ish kuni ichida – YaMMTga kiritadi.

 

YaMMTga baxtsiz hodisa haqidagi ma’lumotni qanday kiritish kerak

1. My.mehnat.uz saytida ish beruvchining shaxsiy kabineti orqali «Tashkilot kabineti» – «Baxtsiz hodisalarni hisobga olish» boʻlimiga kiring.

 

 

2. «Qoʻshish»ni tanlang.

 

 

3. Sodir boʻlgan baxtsiz hodisa haqida ma’lumot beradigan maydonlarni ketma-ket toʻldiring:

  • baxtsiz hodisa turi. Masalan, balandlikdan yiqilish;
  • sana;
  • jabrlanganlar soni;
  • oqibatlari.

 

 

 

Agar jabrlanuvchi 1 nafar boʻlsa, tizim qalqib chiquvchi roʻyxatdan oqibatlar darajasini tanlashingizni soʻraydi. Agar 2 yoki undan ortiq kishi jarohatlangan boʻlsa, tizim avtomatik ravishda ushbu  maydonga «guruh» degan yozuvni kiritadi.

 

 

4. Baxtsiz hodisa haqidagi barcha ma’lumotlar kiritilgandan keyin «Yuborish» tugmasini bosing.

5. Keyin N-1 shakli boʻyicha rasmiylashtirilgan dalolatnomani roʻyxatdan oʻtkazish kerak.

 

«Qoʻshish» tugmasini bosing va quyidagi maydonlarni toʻldiring:

  • dalolatnoma raqami – tuzilgan dalolatnomaning raqami kiritiladi;
  • Jabrlanuvchining JShShIRi – jarohatlangan xodimning JShShIRi kiritiladi. Boʻlim, xodimning F.I.Sh. va uning tugʻilgan sanasi JShShIR kiritilgandan keyin avtomatik ravishda aks ettiriladi;
  • baxtsiz hodisaning oqibati – tanlash kerak;
  • jabrlanuvchining oʻrtacha ish haqi;
  • mehnatni muhofaza qilish boʻyicha – talab qilinayotgan ma’lumotlarni toʻldirish lozim.

 

 

Dalolatnomani saqlash va yuborish kerak.

 

E’tibor bering
Baxtsiz hodisa guruh boʻlib yuz berganda, har bir jabrlangan xodim uchun tuzilgan N-1 shaklidagi barcha dalolatnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish kerak.

 

Buning uchun kerakli baxtsiz hodisa yonida «Qoʻshish» tugmasi tanlanadi.

 

N-1 shaklidagi dalolatnoma roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng biroz vaqt oʻtgandan keyin quyidagi ma’lumotlarni kiritish kerak boʻladi:

  • qoʻshimcha xarajatlarni qoplash uchun toʻlov summasi;
  • kasallik varaqasi boʻyicha hisoblangan toʻlov miqdori.

Buning uchun kerakli baxtsiz hodisani topish, «Koʻrish» tugmasini tanlash lozim. Keyin har bir jabrlangan xodim uchun kerakli ma’lumotlarni qoʻshing.

 

 

Baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni toʻgʻri va oʻz vaqtida tekshirish hamda hisobga olish, N-1 shaklidagi dalolatnomani tuzish, baxtsiz hodisa sabablarini bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun javobgardir. Nizomni buzgan aybdor shaxslar MJtK 49-moddasiga muvofiq javobgarlikka tortiladi.

Qiyinchilik yuzaga kelgan va qoʻshimcha ma’lumot kerak boʻlgan taqdirda, 71 200-06-00 telefon raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

Saida JANIZAKOVA tayyorladi

 

 


Tushuntirishlar material e’lon qilingan paytda amalda boʻlgan normalarni hisobga olgan holda tayyorlangan va ekspertlar fikrini aks ettiradi. Yakuniy qarorni foydalanuvchi aniq vaziyatlarni hisobga olgan holda mustaqil ravishda qabul qiladi
My.mehnat.uz My.mehnat.uz My.mehnat.uz /oz/publish/doc/text197188_yammtda_bahtsiz_hodisalarni_qanday_hisobga_olish_kerak