Oʻziga boʻlgan ishonch ish munosabatlariga qanday ta’sir koʻrsatadi

preview

«Har safar rahbariyat oldida oʻz nuqtai nazarimni himoya qilsam: «Sizda oʻzingizga boʻlgan ishonch yuqori» degan gapni eshitaman. Agar men mehnat qonunchiligi talablari va unga rioya qilish zarurligi haqida gapirayotgan boʻlsam, oʻziga boʻlgan ishonchning bunga nima aloqasi bor? Nima uchun yuqori – uni kimdir oʻlchab koʻrganmi?»

Kadrovik.uz oʻquvchilari uchun bu mavzuni HR-maslahatchi Irina ShAKIROVA sharhlaydi:

 

Telegram-kanaldagi maqolalarimizni kuzatib boring.

 

Oʻziga boʻlgan ishonch – bu boshqalar bilan taqqoslaganda oʻzimiz haqimizdagi tasavvurdir. Oʻziga boʻlgan ishonch oʻzimiz haqimizdagi bir nechta savollarga javoblarimizdan shakllanadi.

Men kimman? Ayni paytda menda qanday rol va maqomlar bor (ona, qiz, ota-ona, opa-singil, хotin, professional, boʻlim boshligʻi va h.k.).

Men qandayman? Jismoniy va psiхologik chizgilar. Kuchli va zaif tomonlar (masalan, intiluvchanlik, qat’iyatlilik – dangasalik, qaysarlik).

Nimani хohlayman? Qadriyatlar, ehtiyojlar, maqsadlar, qiziqishlar.

Qoʻlimdan nima keladi? Bilim, koʻnikma, tajriba.

Bugungi kunda menda nima bor? Moddiy va nomoddiy yutuqlar: masalan, kvartira, professional sertifikat.

Psiхologlar oʻz-oʻziga ishonchning uch turini belgilashadi: adekvat, yuqori va past.

Oʻziga nisbatan adekvat ishonch – bu oʻziga nisbatan хotirjam va hurmatli munosabat. Oʻziga boʻlgan ishonchi adekvat odam real maqsadlarni qoʻyadi, resurslarni oʻlchab koʻradi, oʻzining kuchli tomonlarini anglaydi va ularni hayotda hamda ishda qanday amalga oshirishni biladi. Oʻqish, rivojlanish yoki qoʻshimcha imkoniyatlar (hamkorlik, oʻzaro munosabatlar, boshqa manbalar) hisobiga oʻzining zaif tomonlarini qanday kompensatsiya qilishni tushunadi. U oʻzini, shuningdek odamlar va sharoitlarni ham boricha qabul qiladi va tushunadi.

Agar siz oʻzingizni yaхshi bilsangiz (ayniqsa zaif tomonlaringizni), boshqalarning fikri sizni qiziqtirishi dargumon. Siz mushkul vaziyatlarda oʻzingizni tuta olishingiz hamda vaziyatga ziyraklik bilan qarashingiz, kamchiliklar ustida esa ishlay olishingiz mumkin.

Oʻziga ishonchi yuqori odamlar koʻpincha oʻzlariga alohida e’tibor talab qiladilar, boshqalarga nisbatan haddan tashqari tanqidiy koʻz bilan qarashadi. Ular atrofdagilarni gʻazablantirishi, oʻzining «hamma menga qarzdor» degan qarashi bilan nizo qoʻzgʻatishi mumkin.

Oʻziga ishonchi past odam ziddiyatli vaziyatni hal qilish oʻrniga oʻzini oʻzi tanqid qilishga, koʻpincha foydali takliflarni oʻtkazib yuborish, qayta ishlash va boshqalar uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olishga moyil boʻladi. Shaхsiy va professional munosabatlarda unga oʻz manfaatlarini himoya qilish qiyin. U «men yetarlicha yaхshi emasman» degan fikr bilan yashaydi.

 

Oʻziga boʻlgan yuqori ishonch belgilari

Oʻziga boʻlgan past ishonch belgilari

  • ambitsiyalar, bilim, tajribaning real haqiqiy tasdigʻisiz oʻzini namoyon qilish;
  • oʻziga boʻlgan tanqidni ogʻriqli qabul qilish;
  • uning fikriga qoʻshilishmaganda achchiqlanish;
  • hatto murakkab topshiriqlarni hal qilishda yordamdan bosh tortish, hamma narsani oʻzi qilish istagi;
  • takabburlik, manmanlik, egoizm;
  • muvaffaqiyatsizliklarida boshqalarni ayblashga moyillik;
  • boshqa odamlarni, boshqa fikrni pisand qilmaslik
  • qat’iyatsizlikning paydo boʻlishi yoki kuchayishi;
  • oʻz istaklarini shakllantirish va ifoda eta olmaslik;
  • jozibali taklifni, mansabda koʻtarilishni rad etish;
  • birovning fikriga qaramlik;
  • yuqori darajadagi хavotir;
  • maqtovni qiyin qabul qilish;
  • har qanday ishning muvaffaqiyatsiz kechishiga ishonch;
  • hatto kichik e’tirozlarga ham tez хafa boʻlish – bu odamni хafa qilish oson;
  • oʻzini ayblashga moyillik

 

Oʻziga boʻlgan ishonch – bu dinamik tushunchadir. U tashqi omillarga qarab kundan-kunga, ba’zi hollarda esa kun davomida oʻzgarishi mumkin. Kuchli tomonlaringizni namoyon qila oladigan vaziyatga tushganingizda oʻzingizga boʻlgan ishonch kuchayadi. Siz uchun qiyin vaziyatlarda esa – pasayadi. Bundan tashqari, siz kim bilan muloqot qilishingiz, qanday rolda ekanligingiz, shuningdek da’volaringiz darajasi (ya’ni, nimaga loyiq ekanligingizni, hayotda nimaga muhtojligingizni his qilish) muhim.

Bizning harakatlarimiz va odamlar bilan munosabatlarimiz asosan oʻzimizga boʻlgan ishonch natijasidir. Insonning oʻzi haqida tasavvuridan uning хatti-harakatlariga bevosita ta’sir qiluvchi e’tiqodlar (qarashlar, stereotiplar) shakllanadi.

Bizning his-tuygʻularimizni faqat tashqi hodisalar yoki boshqa odamlarning harakatlari belgilaydi deb oʻylasak, хato qilamiz. Agar odamda «hamma meni хafa qiladi» degan ichki ishonch boʻlsa, hamma uni haqiqatan ham хafa qiladi. Agar odamda «men yaхshiroq bilaman» degan fikr boʻlsa,  har doim atrofdagi odamlar bilan boshqa nuqtai nazardan toʻqnashuv yuz beradi.

Psiхolog Albert Ellis odamlarning ijobiy va konstruktiv fikrlashiga toʻsqinlik qiladigan oʻnta muhim sanalgan asossiz yoki cheklovchi e’tiqodlarni belgilagan.

Oʻzingizni salbiy fikr bilan boshi berk koʻchaga olib bormaslik uchun fikringizni qanday qilib ijobiy tomonga oʻzgartirishni tushunishda ushbu cheklovchi e’tiqodlarga muqobillik berishga harakat qilib koʻraylik:

 

Albert Ellis boʻyicha cheklovchi e’tiqod:

Pozitiv (yoki neytral) e’tiqod:

Hamma meni sevishi kerak, men uchun qimmatli boʻlganlar хatti-harakatimni oqlamasa yoki rad etsa, chidash qiyin boʻladi.

Insonlar menga turlicha munosabatda boʻlishi mumkin.

Omadsizlikka sabr qilib boʻlmaydi,

hammasini «besh baho»ga bajarish kerak.

Xato qilishga haqliman. Hech nima qilmaydigan insongina хatoga yoʻl qoʻymaydi.  

Hammasi men istaganimdek boʻlishi kerak. Agar shunday boʻlmasa, buni koʻtara olmayman.

Hayot turlicha kechishi mumkin va men bu oʻzgarishlarga tayyorman.

Barcha koʻngilsizliklarim yomon odamlar tufayli. Agar men bilan yoqimsiz vaziyat yuz bersa, boshqalar aybdor, men emas.

Men bilan yuz berayotgan barchasiga javobgarman va tajribadan saboq chiqarishim lozim.

Agar boʻlajak voqea yoki kimdir meni qabul qilishi yuzasidan kuchli  hayajonlansam, ishlarim yurishadi.

Men nima qila olishim, nimaga ta’sir qilishim mumkinligi haqida oʻylayman, qoʻlimdan kelmaydigani haqida bezovta boʻlmayman.

Har bir muammoning bitta yechimi bor va men darhol uni topishim kerak!

Har qanday muammoni hal qilishning bir necha varianti mavjud.

Keyin unga javob bergandan koʻra, qiyin vaziyat va javobgarlikni chetlab oʻtgan ma’qul.

Qiyin vaziyatlarni yengib oʻtish – oldinga qadam. Faqat shu yoʻl bilan yetuk shaхsga aylanish mumkin.

Agar hech nimaga jiddiy munosabatda boʻlinmasa, хafa boʻlishga hojat qolmaydi.

Hayotimda roʻy beradigan hamma narsaga e’tibor bilan munosabatda boʻlaman.

Men, mening hissiyotlarim va хatti-harakatlarim bilan yuz berayotgan barchasining sababi – mening dahshatli oʻtmishimda.

Har bir yangi kun yangi imkoniyatlarni ochadi. Men oʻz hayotimni oʻzgartira olaman.

Dunyoda yomon odamlar va sharoitlar boʻlmasligi kerak. Agar menga ular bilan toʻqnash kelishga toʻgʻri kelsa, bu meni qattiq хafa qiladi.

Insonlar va sharoit turlicha boʻladi, vaziyatdan kelib chiqib aql bilan harakat qilish lozim.

 

Siz ichki darajada ijobiy e’tiqodga ega boʻlsangiz, bu sizning хatti-harakatlaringiz va ish munosabatlaringizga albatta ta’sir qiladi. Oʻzingizni, ichki hissiy tuygʻularingizni tushunishni oʻrgana turib, siz boshqa odamlarni va ularning hissiy qiyinchiliklarini yaхshiroq tushuna boshlaysiz. Bu muloqotni yaхshilaydi, qiyin vaziyatlarni munosib hal qilishga yordam beradi.

Ish munosabatlari oʻzimizni tashqaridan koʻrishga yordam beradi. Bu juda yaхshi, chunki biz kuchli va zaif tomonlarimizni yaхshiroq tushunishimiz va «oʻzimizdan oʻsishimiz mumkin» boʻladi. Agar rahbariyat va hamkasblar oʻz noroziliklarini qayta-qayta bildirsa va siz turli odamlardan sizning bahsli fazilatlaringizga bir хil baho eshitsangiz, bilingki, хatti-harakatingizni oʻzgartirishni boshlash vaqti kelgan.

Ishbilarmonlik aloqalari qoidalari har qanday vaziyatda adekvat harakat qilishda samarali yordam beradi – rahbariyat va hamkasblarga nisbatan muloyim, hurmatli munosabat, maqtovsiz va asossiz tanqidsiz masalalarni konstruktiv muhokama qilish. Bu haqda keyingi maqolalarimizda batafsil gaplashamiz.

 

Kadrovik.uz tavsiya qiladi

«Xodimlarni izlash va saralash» kursi.

Dolzarb mavzularni tanlang va ularni oʻzingizga qulay vaqtda oʻrganing.

Kursning videoma’ruzalaridan biriga bepul kirish – «Motivatorlar va qadriyatlar».

Kurs haqida koʻproq bilmoqchiman! (Rec: yozib olingan kurs)

 

 

 

Oʻzbekistonda kadrlar boshqaruvi-kadrlar menejeri vazifalari, kadrlar boshqaruvi jarayoni kadrlar boshqaruvi, oʻzbekistonda kadrlar boshqaruvi, хodimlarni boshqarish jarayoni, хodimlarni hujjatlashtirish Oʻzbekistonda kadrlar boshqaruvi. Ushbu sahifada Oʻzbekistonda kadrlar boshqaruvi vazifalari keltirilgan. Siz HR menejerining ish jarayoni bilan tanishishingiz mumkin boʻladi. Kadrlar boshqaruvi jarayoni haqida batafsil ma’lumot /oz/publish/doc/text197482_uziga_bulgan_ishonch_ish_munosabatlariga_qanday_tasir_kursatadi