Aprel oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Mehnat kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilindi. Shunday qilib, farzand tugʻilganda otalarga haq toʻlanadigan ta’til berish rejalashtirilmoqda. Bu haqda batafsil kadrovik.uz nashrida oʻqing.
24 yanvar kuni Oliy Majlis qonunchilik palatasining majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisda Mehnat kodeksiga kiritilishi rejalashtirilayotgan quyidagi oʻzgartishlar muhokama qilindi:
- ishda zoʻravonlik va tazyiqning oldini olish;
- tazyiq yoki zoʻravonlikka uchragan хodimlarning huquqlarini himoya qilish;
- kamsitishning oldini olish, teng mehnat huquqlarini ta’minlash.
Oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilindi. Bu oʻzgartishlarga koʻra, farzand tugʻilganda otalarga 5 kunlik haq toʻlanadigan ijtimoiy ta’til berish taklif etilmoqda.
Oʻzgartishlar shuni nazarda tutadiki, farzand tugʻilganda nafaqat ona, balki ota ham dekret ta’tiliga chiqishi mumkin. Biroq bu ta’til faqat 5 (besh) kalendar kun davom etadi.
Eslatamiz
Hozirda farzand tugʻilganda otalarga ta’til berish ish beruvchining iхtiyoriga bogʻliq. U ta’tilni hatto 5 kundan ortiq muddatga ham berishi mumkin. Biroq bu kompaniyaning jamoa shartnomasi yoki kelishuvida nazarda tutilgan boʻlishi kerak
Hozirgi vaqtda qonun loyihasi faqat birinchi oʻqishda qabul qilingan. Mehnat kodeksidagi keyingi oʻzgarishlar va bunday ta’tilni rasmiylashtirish tafsilotlari haqidagi ma’lumotlarni oʻtkazib yubormaslik uchun, kadrovik.uz telegram kanaliga obuna boʻling.
Kadrovik.uz tavsiya etadi