Fevral oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
14-fevralda Mehnat kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Qonun kuchga kirdi. Oʻzgartishlar kadrlar boʻlimi mutaхassislari kundalik ishda duch keladigan asosiy protseduralarga taalluqli boʻldi. Masalan, ishga qabul qilish va mehnat shartnomasini rasmiylashtirish tartibi, mehnat shartnomasini bekor qilish, ta’til berish va boshqalar. Bundan tashqari, Mehnat kodeksining ba’zi moddalaridan qismlar chiqarib tashlandi, ba’zilariga esa, aksincha, yangilari qoʻshildi. Oʻzgartishlar haqida batafsil kadrovik.uz nashrida oʻqishingiz mumkin.
13-fevralda Prezident Mehnat kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Qonunni imzoladi. Oʻzgartishlar orasida quyidagilarni ta’kidlash mumkin:
- homilador ayolni, shuningdek хodimning farzandi borligi bilan bogʻliq sababga koʻra ishdan boʻshatishni taqiqlash;
- mehnat shartnomasini nafaqat yozma shaklda, balki elektron shaklda ham tuzish imkoniyati;
- ishga qabul qilishda хodimdan ma’lum hujjatlarni talab qilishni taqiqlash. Endi kadrlar boʻlimi mutaхassislari ishga qabul qilish uchun hujjatlarni idoralararo integratsiya platformalari orqali soʻrashlari kerak;
- ish haqi saqlanmaydigan ta’tilning maksimal muddatini korrektirovka qilish. Endi ta’til 12 oy davomida jami 3 oydan oshmasligi kerak;
- ta’til pulini hisoblashga va ishdan boʻshatilganda foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiyaga qaysi kunlarni kiritish toʻgʻrisida aniqliklar va hokazo.
Bundan tashqari, oʻzgartishlar quyidagilarga taalluqli boʻldi:
- yangi хodim ishga qabul qilinayotganda taqdim etadigan hujjatlarga;
- mehnat shartnomasining rekvizitlarida albatta koʻrsatilishi lozim boʻlgan ma’lumotlarga;
- oʻrindosh ishga kirayotganda taqdim etishi shart boʻlgan hujjatlarga va hokazo.
Qonun bilan nafaqat joriy moddalarga oʻzgartishlar kiritildi va ulardan ba’zi qismlar chiqarib tashlandi, balki Mehnat kodeksi yangi bandlar, moddalar va qismlar bilan ham toʻldirildi.
Kadrovik PRO ekspertlari sizlar uchun batafsil taqqoslash jadvalini tayyorladilar, unda Mehnat kodeksidagi oʻzgartishlar nimalarni aniq qamrab olganligini koʻrsatishdi. Jadvalda ma’lum bir tartib-taomil Qonun kuchga kirishidan oldin va keyin qanday tartibga solinganligi aniq mumkin.
Taqqoslash jadvali bilan Kadrovik PRO tizimining pullik kirish huquqiga ega boʻlgan foydalanuvchilari, yoki bepul sinov kirish huquqini faollashtirgan foydalanuvchilar tanishishlari mumkin.
MKdagi oʻzgartishlar boʻyicha taqqoslash jadvali