Mart oyida necha kun dam olamiz

preview

Mehnat kodeksi хodimlarga dam olish kunlari berilishi kerak boʻlgan bayram kunlarini belgilaydi. Shunday qilib, mart oyida fuqarolar Xotin-qizlar kuni va Navroʻz bayramida dam oladilar. Shu bilan birga, 8 mart dam olish kuniga toʻgʻri keladi. 8 mart, shanba dam olish kunidan koʻchirilishi, shu munosabat bilan ish vaqti balansi qanday boʻlishi va martda jami necha kun dam olish haqida kadrovik.uz nashrida oʻqing.

Xodimlarga dam olish kuni berilishi kerak boʻlgan rasmiy bayramlar sanalarini MKning 208-moddasi belgilaydi. Mart oyida bular:

  1. Xotin-qizlar kuni – 8 mart.
  2. Navroʻz bayrami – 21 mart.
  3. Roʻza hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni.

Bunda 8 mart shanba kuniga toʻgʻri keladi – 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun dam olish kuni va 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun ish kuni.

Agar ishlanmaydigan bayram kuni dam olish kuniga toʻgʻri kelsa, u dam olish kunlaridan keyingi birinchi ish kuniga koʻchiriladi . Ya’ni 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun 8 mart, dam olish kuni, 10 mart, dushanba kuniga koʻchiriladi. 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun esa 8 mart koʻchirilmaydi, chunki ular uchun bu ish kuni hisoblanadi.

 

Diqqat

Bayram kuni dam olish kuniga toʻgʻri kelganda har doim ham boshqa kunga koʻchirilmaydi . Bu qoidadan qanday istisnolar mavjudligi haqida batafsil Kadrovik PRO ekspertlari tavsiyasinomasida oʻqing

 

2025 yil mart oyida Navroʻz bayrami juma kuniga toʻgʻri keladi. Shu munosabat bilan 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar ketma-ket 3 kun, 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar esa – 2 kun: 21 mart juma va 23 mart yakshanba kunlari dam oladilar.

Jadval

Ish haftasiga qarab, mart oyidagi bayramlarda хodimlar qancha dam olishlari

Bayram Ish haftasi turi Dam olish kunlari
8 mart – Xotin-qizlar kuni 5 kunlik Ketma-ket 3 kun – 8 martdan 10 martgacha
6 kunlik Ketma-ket 2 kun – 8 martdan 9 martgacha
 
21 mart – Navroʻz bayrami 5 kunlik Ketma-ket 3 kun – 21 martdan 23 martgacha
6 kunlik
  • 21 mart juma kuni 1 kun;
  • 23 mart yakshanba kuni 1 kun
     
31 mart – Roʻza hayit bayramining birinchi kuni  5 kunlik Ketma-ket 3 kun – 29 martdan 31 martgacha
6 kunlik Ketma-ket 2 kun – 30 martdan 31 martgacha

 

Tavsiya

Oʻrindoshlarning ish vaqtini qanday belgilash va хodimga moslashuvchan ish vaqtini qanday belgilash haqida batafsil Kadrovik PRO tizimi ekspertlarining tavsiyanomalarida oʻqing.

2025 yilda Roʻza hayiti bayramining birinchi kuni dastlabki ma’lumotlarga koʻra 31 martga belgilangan. Bu Mehnat vazirligining ishlab chiqarish taqvimida koʻrsatilgan. Shuni hisobga olgan holda, 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun uzluksiz dam olish uch kun – 29 martdan 31 martgacha davom etadi. 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun esa ikki kun – 30 martdan 31 martgacha. Ammo bayram kunlari va qoʻshimcha dam olish kunlari toʻgʻrisidagi aniq ma’lumot Prezidentning qoʻshimcha Qarori chiqqanidan soʻng ma’lum boʻladi.

Shunday qilib, mart oyida ish vaqti balansi 5 kunlik ish haftasi uchun 142 soat, 6 kunlik ish haftasi uchun esa – 151 soatni tashkil etadi.

 

2025 yil ish vaqti ishlab chiqarish taqvimi

 

Eslatamiz

2025 yil uchun qoʻshimcha va koʻchirilgan dam olish kunlarini belgilash toʻgʻrisida Prezident Qarori qabul qilinmagan. Mehnat vazirligining ish vaqti ishlab chiqarish taqvimida faqat MK belgilaydigan rasmiy sanalarni nishonlash kunlari koʻrsatilgan

 

 

Kadrovik PRO ekspertlari ta’kidlashicha, keyinchalik boshqa qoʻshimcha dam olish kunlari yoki koʻchirishlarni belgilashi mumkin boʻlgan qoʻshimcha me’yoriy hujjatlar kutilmoqda. Bu ish vaqti balansini oʻzgartirishi mumkin. Muhim oʻzgarishlarni oʻtkazib yubormaslik uchun kadrovik.uz. telegram kanaliga obuna boʻling.

 

Yangiliklar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text206458_mart_oyida_necha_kun_dam_olamiz1