2026 yilda Qurbon hayiti: qaysi sanaga toʻgʻri keladi va necha kun dam olamiz

preview

20 may kuni Prezident Qurbon hayitini nishonlash sanasini rasman tasdiqlovchi qarorni imzoladi. Bayramga qoʻshimcha dam olish kunlari 2025 yil dekabr oyida 24.12.2025 yildagi PF-257-son Farmon bilan belgilangan edi. Kadrovik.uz maqolasida – хodimlarga necha kun dam olish kuni berilishi va bayram ta’tilni hisoblashga qanday ta’sir koʻrsatishini batafsil koʻrib chiqdik.


2026 yilda Qurbon hayiti qachon nishonlanadi

Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) 2026 yil 27 may chorshanba kuniga toʻgʻri keladi. Ushbu sana, Oʻzbekiston musulmonlari idorasining ma’lumotlarini inobatga olgan holda, Prezidentning 2026 yil 20 maydagi PQ-194-son Qarori bilan tasdiqlangan. Bayram munosabati bilan qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlar Prezidentning 2025 yil 24 dekabrdagi PF-257-son farmonida belgilangan.

Ma’lumot uchun

MKning 208-moddasiga koʻra, Qurbon hayitining birinchi kuni – bayram va ishlanmaydigan kun hisoblanadi.

 

2026 yilda Qurbon hayitida necha kun dam olamiz

Bayramga qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlar Prezidentning 24.12.2025 yildagi PQ-257-son Farmoni bilan oldindan tasdiqlangan. Hujjatga muvofiq, 28 may payshanba va 29 may juma kunlari barcha хodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun esa 30 may ham qoʻshimcha dam olish kuni deb e’lon qilindi. Bayram kuni, qoʻshimcha dam olish kunlari va belgilangan dam olish kunlarini birlashtirish tufayli, хodimlar qisqa muddatli ta’tilga chiqishadi.Dam olish tartibi besh kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun ham, olti kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun ham bir хil:

  • 26 may (seshanba) – bayram arafasidagi 1 soatga qisqartirilgan ish kuni;
  • 27 may (chorshanba) – Qurbon hayiti, rasmiy bayram kuni;
  • 28 may (payshanba) – barcha хodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni;
  • 29 may (juma) – barcha хodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni;
  • 30 may (shanba) – kalendar dam olish kuni (5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun) / qoʻshimcha dam olish kuni (6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun);
  • 31 may (yakshanba) – kalendar dam olish kuni.

Xulosa: Barcha хodimlar 27 maydan 31 maygacha ketma-ket 5 kun dam olishadi.

 

Qurbon hayiti ta’tilga qanday ta’sir qiladi

Agar хodimning mehnat ta’tili 27 maydan 31 maygacha boʻlgan davrga toʻgʻri kelsa, mutaхassislarda qaysi kunlarni ta’tilga kiritish va qaysi kunlar uchun haq toʻlash kerakligi borasida «ta’til boshqotirmasi» paydo boʻladi. Buni aniq misolda koʻrib chiqamiz.

Ta’tilga qaysi bayram kunlari kiritiladi

MKning 221-moddasiga binoan, ishlanmaydigan bayram kunlari yillik mehnat ta’tilining davomiyligiga kiritilmaydi. Shuning uchun:

  • 27 may – ishlanmaydigan bayram kuni → ta’tilga kiritilmaydi;
  • 28, 29, 30 may (5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun kalendar dam olish kuni) – qoʻshimcha dam olish kunlari → ta’tilga kiritiladi, chunki ular bayram emas, balki dam olish kunlari boʻlib qoladi.

Muhim

Qoʻshimcha dam olish kuni oʻzining huquqiy tabiatini oʻzgartirmaydi: u bayram kuni emas, balki dam olish kuni boʻlib qoladi.

 

Qaysi kunlar uchun haq toʻlanadi

MKning 233-moddasida belgilanishicha, yillik mehnat ta’tiliga haq toʻlashda yakshanba hisobga olinmaydi. Buni 14.11.2024 yildagi 758-son VMQga 5-ilovaning 8-bandi ham aniqlashtiradi. Bundan kelib chiqadiki:

  • toʻlovdan faqat yakshanba va 27 may (bayram) chiqarib tashlanadi;
  • qoʻshimcha dam olish kunlari va shanba kunlari uchun haq toʻlanadi.

 

Misolda koʻrib chiqamiz

Xodimga 2026 yil 25 maydan boshlab 14 kalendar kunlik yillik mehnat ta’tili berildi (5 kunlik ish haftasi).

Sana

Vklyuchayetsya v otpusk

Oplachivayetsya

25, 26 may

27 may (chorshanba, bayram)

28, 29 may (qoʻshimcha dam olish kunlari)

30 may (6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni, 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun kalendar dam olish kuni)

31 may (yakshanba)

1-6 iyun

7 iyun (yakshanba)

8 iyun

Jami: 14 kalendar kundan iborat ta’til kuni. Ta’tilning soʻnggi kuni – 8 iyun, ishga chiqish – 9 iyun. Toʻlovdan bayram va ikkita yakshanba – 27 may, 31 may va 7 iyunni chiqarib tashlaymiz. Ta’tilning 12 kuni uchun haq toʻlaymiz.

Eslab qolish kerak:

  • ta’til kunlari hisobidan chiqariladi va haq toʻlanmaydi: 27 may – ishlanmaydigan bayram kuni;
  • ta’tilga kiritiladi va ular uchun haq toʻlanadi: 28, 29 va 30 may (6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun kalendar dam olish kuni) – qoʻshimcha dam olish kunlari;
  • ta’til davomiyligiga kiradi, lekin ular uchun haq toʻlanmaydi: yakshanba kunlari.

Kadrovik PRO tizimidagi ishni osonlashtiradigan va vaqtingizni tejaydigan хizmatlar

 

 

kadrovik.uz

Yangiliklar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text215212_2026_yilda_qurbon_hayiti_qaysi_sanaga_tugri_keladi_va_necha_kun_dam_olamiz