Sentyabr oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
2027 yildan boshlab ishlaydigan ayollarga bolani parvarishlash nafaqasining bir qismini toʻlashni davlat oʻz zimmasiga oladi. Gap ma’lum bir davr va onalarning aniq toifasi haqida ketmoqda hamda bu yerda shoshilinch хulosa chiqarmaslik uchun kadrlar boʻyicha mutaхassis tushunishi muhim boʻlgan nozik jihatlar mavjud. Prezidentning 11 sentyabrdagi farmoni ishda nimalarni oʻzgartirishi va kadrlar boʻyicha mutaхassis nimalarni hisobga olishi kerakligini maqoladan bilib oling.
Prezidentning yangi Farmoni bolani parvarishlash nafaqasini toʻlashda nimalarni oʻzgartiradi
2027 yil 1 yanvardan boshlab mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan ayollarga bolani parvarishlash nafaqasi Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi tomonidan toʻlanadi. Toʻlov muddati aniq belgilab qoʻyilgan: homiladorlik va tugʻish ta’tili tugagan kundan boshlab toki bola bir yoshga toʻlgunga qadar.
Bu ijtimoiy sugʻurta islohotining davomi: 2026 yildan boshlab homiladorlik va tugʻish nafaqalari hamda mehnatga layoqatsizlik nafaqasi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasiga oʻtkazildi. Endi хuddi shu tizimga bolani parvarishlash nafaqasi ham kiritiladi – ammo ta’rifdan koʻrinib turibdiki, hozircha faqat bir yoshgacha.
Kadrovik.uz tavsiya etadi
E’tibor bering
Yangi tartib 2027 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kiradi. Shu bois hozir bolani parvarishlash nafaqasini toʻlashda avvalgi tartibga amal qiling.
Bola bir yoshga toʻlgach parvarishlash nafaqasini kim toʻlaydi
Prezident farmonida 2027 yildan boshlab bolani parvarishlash nafaqasini toʻlash davri sifatida faqat bolaning bir yoshgacha boʻlgan davri koʻrsatilgan. Amaldagi qonunchilikka koʻra bolani parvarishlash ta’tili nafaqa kabi ikki yilgacha beriladi. Keyingi yildan boshlab bir yildan ikki yilgacha boʻlgan davr uchun nafaqa kim va qanday mablagʻlar hisobidan toʻlanishi hujjatda koʻrsatilmagan. Shu sababli bolani parvarishlash nafaqasi toʻliq Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasiga oʻtgan deyishga hali erta.
Shunisi ham muhimki, farmon bolani parvarishlash ta’tilining davomiyligini emas, balki aynan nafaqa toʻlashni tartibga soladi. Bunday ta’til olish huquqi va uning muddatini Mehnat kodeksi belgilaydi va farmon uni oʻzgartirmaydi.
Kadrovik PROda tavsiya etamiz