Qanday asoslarda «kasallik ta’tili» uchun haq toʻlamaslik mumkin

preview

«Xodimaning bogʻcha yoshidagi bolalari boʻlib, u oyda bir necha marta doimo «kasallik ta’tili»ni oladi. Olti oy davomida biz faqat uning oʻziga 13 ta vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik varaqasini toʻlab berdik. U «kasallik ta’tilida» boʻlgan vaqtda uning ishini boshqa xodimlar bajaradi. Biz esa qoʻshimcha yuklama uchun ularga haq toʻlaymiz. Qanday asoslarda «kasallik ta’tili» uchun toʻlovni toʻxtatish mumkin?».

Kadrovik.uz tushuntiradi:

– Agar vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik varaqalari tibbiy muassasa tomonidan belgilangan qoidalarga muvofiq rasmiylashtirilgan boʻlsa, ularni toʻlab berishga majbursiz.

Agar xodim, masalan, kasallik varaqasi  oʻrniga shifokor qabulida boʻlganligi toʻgʻrisida guvohnoma olib kelsa, uni toʻlashingiz shart emas. Bu haqda batafsil bu yerda oʻqing:

Mehnat kodeksining 285-moddasida yozilishicha, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi kasal boʻlinganda, mehnatda mayib boʻlgan yoki boshqacha tarzda shikastlanganda, shu jumladan turmushda jarohatlanganda, oilaning betob a’zosini parvarish qilganda, karantin e’lon qilinganda, sanatoriy-kurortda davolanganda va protez qilinganda toʻlanadi:

xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan – shaxsiy mablagʻlari hisobidan;

byudjet tashkilotlari tomonidan — mehnat haqi jamgʻarmasiga ajratiladigan byudjet mablagʻlari doirasida .

Vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi toʻlab berilmagan xodimlar mehnat inspeksiyasi yoki prokuraturaga shikoyat qilishlari mumkin.

Tashkilotning rahbari yoki boshqa aybdor mansabdor shaxs Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 49-3-moddasi boʻyicha ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin. Qonunbuzilish uchun BHMning 10-15 baravari miqdorida jarima nazarda tutilgan. Ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil ichida takroran sodir etilgan huquqbuzarlik uchun – BHMning 15-30 baravari miqdorida.

E’tibor bering

Ambulatoriya sharoitida parvarishga muhtoj boʻlgan oʻn toʻrt yoshga yetmagan bemor bolani parvarishlash uchun uning onasiga oʻn toʻrt kalendar kunidan oshmagan muddatga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.

Ambulatoriya sharoitida oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolaning parvarishga muhtojlik davri oʻn toʻrt kalendar kunidan oshganda bola sogʻaygan yoki surunkali kasallikning remissiya davriga oʻtganga qadar bemor bolani parvarishlaganlik boʻyicha mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi (138\x shakl) beriladi. Ushbu holatda bolaning oldingi kasalligiga bogʻliq boʻlmagan yangi kasallik yuzaga kelsa yoki oilaning boshqa farzandi kasal boʻlib qolsa, umumiy asoslarda mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtiriladi

 

Xodimni «sogʻligʻi holatiga koʻra» ishdan boʻshatish mumkinmi?

Agar buning uchun qonuniy asoslar boʻlmasa, xodimani faqat «nihoyasiz kasallik ta’tillari uchun» ishdan boʻshatish mumkin emas. Mehnat kodeksining 100-modda 2-qism 2-bandiga binoan mehnat shartnomasini bekor qilish uchun rioya qilinishi kerak boʻlgan shart va talablar mavjud.

Doimiy «kasallik ta’tillari» bilan bogʻliq vaziyatda nima qilish mumkinligi va sogʻligʻi holatiga koʻra  qanday qilib qonuniy ravishda ishdan boʻshatish haqida bu yerda yozganmiz:

Ammo yodda tuting: agar xodimaning 3 yoshgacha boʻlgan kamida bitta bolasi boʻlsa, uni bu asos boʻyicha ish beruvchining tashabbusi bilan ishdan boʻshatish mumkin emas.

E’tibor bering

Qaramogʻida 16 yoshga (oʻquvchilar uchun — 18 yosh) toʻlmagan uch nafar va undan koʻp farzandi boʻlgan xodimlarga mehnatga layoqatsizlik boʻyicha nafaqalari ish stajining davomiyligidan qat’i nazar ish haqining 100 foizi miqdorida toʻlanadi  .

Ushbu huquqdan bir tashkilotda ishlovchi turmush oʻrtoqlarning har biri  vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik yuzaga kelgan taqdirda foydalanadi.

16 yoshga toʻlmagan bolalarning mavjudligini tasdiqlash uchun xodim ish beruvchiga ularning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalari, 16 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bolalarning – pasport nusxalari va ta’lim muassasalaridan oʻqiyotganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotnomalarni taqdim qilishi kerak.

Oʻzbekistonda ish haqi - xodimlarga ish haqi va boshqa toʻlovlar, xodimlarga barcha turdagi toʻlovlar oʻzbekistonda haq toʻlash, oʻzbekistonda haq toʻlash, oʻzbekistonda haq toʻlash turlari, oʻzbekistonda haq toʻlash shakllari, ish haqi va boshqa toʻlovlar Oʻzbekistonda xodimlarga ish haqi va boshqa toʻlovlar. Bu yerda siz Oʻzbekistondagi ish haqi va xodimlarga toʻlanadigan boshqa toʻlovlar haqida ma’lumot olishingiz mumkin. Tashkilotlarda turli xil toʻlovlar qanday amalga oshiriladi va kadrlar boʻlimi xodimi nimani bilishi kerak /oz/publish/doc/text184312_qanday_asoslarda_kasallik_tatili_uchun_haq_tulamaslik_mumkin