Aprel oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
19.09.2022 yildagi «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida»gi OʻRQ-791-son Qonunda yoshga doir, nogironlik hamda boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalarini hisoblab chiqarish uchun qabul qilinadigan oʻrtacha oylik ish haqining eng koʻp miqdorini pensiyani hisoblash bazaviy mikdorining 10 barobaridan 12 barobarigacha oshirish nazarda tutilmoqda. Bu haqda norma.uz portali yozmoqda:
Tuzatishlar pensiya ta’minoti toʻgʻrisidagi Qonunning 27-moddasi “Ish staji uchun pensiyalarning oshirilishi” va 31-moddasi “Oʻrtacha oylik ish haqini aniqlashning umumiy tartibi”ga kiritildi:
- ota-onasidan judo boʻlgan (chin yetim) bolalarga tayinlanadigan boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalarini oshirish ham ota, ham ona ish haqlarining umumiy miqdoridan kelib chiqib, pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 12 baravari (ilgari – 10 baravari) miqdori doirasida amalga oshiriladi;
- pensiyani hisob-kitob qilish uchun pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 12 baravaridan (ilgari – 10 baravaridan) ortiq boʻlmagan miqdordagi oʻrtacha oylik ish haqi olinadi.
Yangi NHH rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran – 20.09.2022 yildan boshlab kuchga kiradi. Tuzatishlar esa 2023 yil 1 yanvardan amalga kiritiladi.
Quyidagi nashrlar siz uchun qiziq boʻlishi mumkin:
- Pensionerni «yoshi boʻyicha» ishdan boʻshatish va uning oʻrniga...pensionerni ishga olish mumkinmi;
- Korхona tugatilayotgan boʻlsa, хodimlarni qanday qilib ishdan boʻshatish mumkin;
- Uzluksiz mehnat staji ahamiyatga egami;
- Pensionerni barcha qoidalarga koʻra ishdan boʻshatish tartibi;
- Pensioner 2 hafta ishlab berishi kerakmi.
Norma.uz materiallari asosida