Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
«Xodim institutni bitirgandan soʻng ishga kirdi, unga mehnat daftarchasi rasmiylashtirildi. Undagi birinchi yozuv bilan uning bungacha mehnat staji boʻlmagani aks etirildi. OTMda oʻqish yillari esa hech qanaqasiga koʻrsatilmagan... Endi biz uni ishga qabul qilyapmiz, u esa oʻqish davrini qogʻoz mehnat daftarchasiga kiritishni soʻramoqda. Buni bajara olamizmi? Axir bu holda mehnat daftarchasidagi yozuvlarning xronologik tartibi buziladi-ku»…
Kadrovik.uz tushuntiradi:
– Chindan ham, oliy ta’lim muassasalarida, aspiranturada, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar institutida, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida, tayanch doktoranturada, doktoranturada va klinik ordinaturada kunduzgi oʻqish, shu jumladan chet elda oʻqish ish stajiga qoʻshib hisoblanadi
.
Xodimning mehnat daftarchasiga oʻtkazib yuborilgan yozuvlarni kiritish tartibi qonun bilan tartibga solinmaydi.
Ish yoki oʻqish toʻgʻrisidagi ma’lumotlar mehnat daftarchasiga xronologik tartibda kiritilishi kerak degan talab Mehnat kodeksida ham, Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada ham mavjud emas. Shuning uchun, agar oʻtkazib yuborilgan yozuvni (ta’lim olgani haqidagi hujjatlar) kiritish uchun asoslar mavjud boʻlsa, fikrimizcha, bunday yozuv xronologik tartibni buzgan holda amalga oshirilishi mumkin.
Misol:
ISh HAQIDA MA’LUMOT
|
T/r
|
Sana
|
Ishga qabul qilish, boshqa ishga oʻtkazish va ishdan boʻshatish haqida ma’lumotlar
|
Nima asosida yozuv kiritildi (hujjat, uning sanasi va raqami)
|
||
|
yil
|
kun |
Oy |
|||
|
1 |
2 |
3 |
4 |
||
|
|
|
«Bahrom» MChJ
|
|
||
|
07
|
2020
|
10
|
03
|
Kassir lavozimiga ishga qabul qilindi |
2020 yil 10 martdan 202-sonli buyruq
|
|
08
|
2022
|
01
|
08
|
Mehnat shartnomasi bekor qilindi
|
2022 yil 1 avgustdan 513-sonli buyruq
|
|
09
|
|
|
|
2005 yil 1 sentyabrdan 2009 yil 1 iyulgacha boʻlgan muddatda ta’lim muassasasida oʻqigan (muassasa nomi)
|
OTMni tugatganligi haqida diplom
|
|
|
«Baraka savdo» unitar korxonasi
|
|
|||
|
10
|
2022
|
03
|
10
|
Buxgalter lavozimiga ishga qabul qilindi
|
2022 yil 3 oktyabrdan 105-sonli buyruq
|
Shunday qilib, keyingi ish beruvchi mehnat daftarchasiga ishga qabul qilish haqidagi ma’lumotlar kiritilmasidan avval undagi oxirgi yozuvdan keyin keladigan tartib raqami ostida OTMda oʻqiganligi haqidagi yozuvni kiritishi mumkin.
Ammo mehnat daftarchasida yozuv boʻlmagan taqdirda ham xodim xavotirlanmasa boʻladi. Har qanday holatda ham pensiyani rasmiylashtirish jarayonida umumiy ish stajini hisoblayotganda unga OTMda kunduzgi oʻqish vaqti hisobga olinadi. Buning uchun u diplomni taqdim qilishi kerak boʻladi
.
Shuningdek, oliy ma’lumotga oid ma’lumotlar elektron mehnat daftarchalarida aks ettiriladi. Bu Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi, ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy attestatsiya komissiyasi va OTMlar bilan hamkorlikda shakllantirilgan ma’lumotlar bazasi asosida avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Bunday yozuv biron bir sababga koʻra aks etmay qolgan taqdirda ham uni qoʻlda kiritish mumkin. Buni kim va qanday tartibda amalga oshirishi mumkinligi haqida bu yerda tushuntirganmiz: