Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
«Xodim ishga chiqmay qoʻygani va sinov muddati tugamasdan turib telefon qoʻngʻiroqlariga javob bermagani uchun uni ishdan boʻshatish toʻgʻrisida ogohlantirishga ulgurishmadi. Agar ishda boʻlmaslikning sababi uzrli yoki uzrsiz boʻlib chiqsa, bu qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?».
Savolga ekspert va «Norma» kadrlar xizmati rahbari Valeriya LYaNDRES javob berdi:
– Ish beruvchi avval boshdanoq Mehnat kodeksining 87-moddasiga binoan xodimni boʻlgʻusi ishdan boʻshatish toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilmasdan xatoga yoʻl qoʻygan.
Mehnat shartnomasini dastlabki sinovning istalgan vaqtida, uning tugashini kutmasdan bekor qilish mumkin. Xodimning ishda yoʻqligi dastlabki sinovning qoniqarsiz natijalari tufayli ishdan boʻshatish haqida ogohlantirishga ham, uni rasmiylashtirishga ham toʻsqinlik qila olmaydi.
Mehnat shartnomasi vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik davrida faqat ish beruvchining tashabbusi bilan Mehnat kodeksining 100-moddasi asosida bekor qilinishi mumkin emas. Mehnat kodeksining 87-moddasiga binoan, agar u haqiqatan ham yomon natijalarni koʻrsatgan va bu hujjatlashtirilgan boʻlsa, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davrida xodimni ishdan boʻshatish mumkin.
Koʻrib chiqilayotgan holatda, xodimning yoʻqligiga qaramay ish beruvchi pochta orqali yozma ogohlantirishni xodimning yashash manzili boʻyicha topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuborishi kerak edi. Yoki - xodimning yashash manzili boʻyicha mas’ul xodimni (masalan, kadrlar xizmati xodimini) ogohlantirishni atayin berish uchun yuborishi lozim edi.
Mehnat shartnomasi bekor qilingan kunda, agar xodim ishda boʻlmasa, unga ishga kelish va mehnat daftarchasini olish hamda mehnat shartnomasi bekor qilingani toʻgʻrisidagi buyruq nusxasini olish zarurligi toʻgʻrisida yozma xabarnoma yuboriladi.
Ammo bu ish amalga oshirilmagan boʻlsa, endi xodimning ish joyida yoʻqligining haqiqiy sababini aniqlash kerak boʻladi. Axir, agar xodim haqiqatan ham kasallik varaqasini rasmiylashtirgan boʻlsa, ushbu davr uchun sinov muddati uzaytiriladi
. Demak, Mehnat kodeksining 87-moddasiga binoan mehnat shartnomasini soddalashtirilgan tartibda bekor qilish imkoniyati mavjud.
Nima qilmoq kerak
1. Ushbu masalani hal qiladigan komissiya tuzing.
2. Iloji boricha tezroq, xodimning qaytishini kutmasdan, har qanday mumkin boʻlgan usul bilan uning yoʻqligi sababini aniqlang. Kasallikni hujjatli tasdiqlash va uning boshlanish sanasini olishingiz kerak. Buning uchun:
- xodim bilan telefon, messenjerlar, elektron pochta va boshqalar orqali bogʻlaning;
- xodimni uyiga yoʻqlab boring. Boʻlgʻusi ishdan boʻshatish toʻgʻrisida ogohlantirishni topshiring va vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi ochilgan-ochilmaganini aniqlashtiring;
- xodimning yashash joyidagi tibbiy-profilaktika muassasasiga soʻrovnoma yuboring. Kasallik fakti va uning boshlanish sanasini yozma ravishda tasdiqlash kerak.
3. Agar xodim haqiqatan ham kasal boʻlganligi aniqlansa, mehnatga layoqatsizlik varaqasida koʻrsatilgan kasallik davri uchun dastlabki sinov muddatini uzaytiring. Sinov muddati tugaguniga qadar ish beruvchi xodim bilan mehnat shartnomasini avvaldan rejalashtirganidek, Mehnat kodeksining 87-moddasiga binoan – dastlabki sinov natijasi qoniqarsiz boʻlgani uchun bekor qilishi mumkin.
4. Agar xodim ishga uzrli sababsiz
kelmagani aniqlansa, dastlabki sinov muddati uzaytirilmaydi. Bu davrga progul vaqti kiritiladi. Bunday holda Mehnat kodeksining 87-moddasi boʻyicha xodimni ishdan boʻshatib boʻlmaydi. Ishdan boʻshatishni ish beruvchining tashabbusi bilan deb rasmiylashtirishga toʻgʻri keladi.
Komissiyaning harakatlarini dalolatnoma bilan hujjatlashtiring va xodim bilan mehnat shartnomasini mehnat intizomini buzuvchi bilan boʻlgani kabi Mehnat kodeksining 100-modda 3 yoki 4-bandiga binoan bekor qiling. Bu holda oxirgi ish kuni u ishlagan oxirgi kun hisoblanadi.
Xodim aybli xatti-harakatlari uchun ishdan boʻshatilganda harakatlar yechimi haqida batafsil bu yerdan qarang: