Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
Yangi Mehnat kodeksi oʻrindoshlarga ishdan boʻshatish nafaqasini toʻlash uchun qoʻshimcha asoslar va uni hisoblashning boshqa tartibini nazarda tutadi. Bu masalani huquqiy jihatdan hal qilishning oʻziga xos jihatlarini «Norma» mutaxassisi, huquqshunos Lenara XIKMATOVA tushuntirdi:
–
Eslatib oʻtamiz: mehnat shartnomasi quyidagi hollarda bekor qilinganda ish beruvchi ishdan boʻshatish nafaqasini toʻlaydi:
1) xodim yangi mehnat shartlarida ishni davom ettirishni rad etganligi munosabati bilan
;
2) tibbiy xulosaga muvofiq xodim sogʻligʻi holati boʻyicha qarshi koʻrsatma boʻlmagan boshqa ishga oʻtkazilishni rad etganligi yoxud ish beruvchida tegishli ish boʻlmaganligi munosabati bilan
;
3) xodim ish beruvchi bilan birga boshqa joyga koʻchib oʻtishni rad etishi munosabati bilan
;
4) tashkilot mulkdori almashganda, uning idoraviy taalluqliligi (boʻysunuvi) oʻzgarganligi, qayta tashkil etilganligi munosabati bilan xodimning ishni davom ettirishni rad etishi munosabati bilan
;
5) ish beruvchining tashabbusiga koʻra – ayrim hollar bundan mustasno
;
6) taraflarning xohish-irodasiga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra
.
Bu haqda batafsil bu yerda yozganmiz:
Bu – xodim bilan, shu jumladan oʻrindoshlik asosida ishlovchi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish mumkin boʻlgan umumiy asoslardir.
Ammo aynan ushbu toifadagi xodimlarni ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslar ham mavjud. Masalan:
1) mazkur ishga oʻzi uchun asosiy ish joyi boʻlgan xodim qabul qilinishi;
2) oʻrindoshlik asosida ishlashga cheklovlar joriy etilishi.
Masalan, voyaga yetmagan shaxslarning oʻrindoshlik asosida ishlashiga yoʻl qoʻyilmaydi. Yoki – noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda, agar oʻrindoshning asosiy ishi xuddi shunday sharoitlar bilan bogʻliq boʻlsa va hokazo.
Bundan tashqari, ish beruvchining oʻzi, agar oʻrindoshlik asosida ishlash xodimning, boshqa shaxslarning sogʻligʻiga yoki ishlab chiqarish jarayoni xavfsizligiga ziyon yetkazishi mumkin boʻlsa, oʻrindoshlik asosida ishlashga cheklovlar belgilashi mumkin. Bu xodimlar kasaba ubshmasining vakillik organi bilan kelishilgan va mehnat shart-sharoitlari hamda tartibining oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
Yuqoridagi mehnat shartnomasini bekor qilishning barcha hollarida – umumiy va qoʻshimcha asoslar boʻyicha ham – oʻrindosh xodimga ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlanadi. Bunda bu ichki yoki tashqi oʻrindoshlik ekanligining ahamiyati yoʻq. Ammo ishdan boʻshatish nafaqasi miqdori shunga oʻxshash vaziyatda «asosiy» xodim olishi mumkin boʻlgan ishdan boʻshatish nafaqasidan farq qiladi.
Asosiy ish joyidagi xodim uchun nafaqa miqdori ish stajiga qarab oʻrtacha oylik ish haqining 50% dan 200% ni tashkil qiladi (batafsil bu yerda qarang). Oʻrindosh xodimga ishdan boʻshatish nafaqasi ikki haftalik oʻrtacha ish haqi miqdorida toʻlanadi. Ishdan boʻshatish nafaqasining miqdori mazkur ish beruvchidagi oʻrindoshning ish stajiga bogʻliq boʻlmaydi
.