Oktyabr oyida har bir xodim uchun foydali boʻladi:
Ish beruvchi xodimni nafaqat alohida asoslar boʻyicha mehnat shartnomasi bekor qilinishi haqida, balki uning keyingi ishiga ta’sir qiladigan ba’zi oʻzgarishlar haqida ham oldindan ogohlantirishi shart. Bu xodim ogohlantirish davrida – kompaniyadan ketish yoki yangiliklarga moslashib ishlab qolish haqida qaror qabul qila olishi uchun kerak
Yangi Myehnat kodeksi ushbu masalalarni ish beruvchilarning barcha toifalari uchun qanday tartibga solishi haqida MK loyihasini tayyorlash boʻyicha ekspert guruhi rahbari Mixail GASANOV va «Norma» eksperti Lenara XIKMATOVA gapirib berishdi:
– Ish beruvchi xodimni oldindan ogohlantirishi shart boʻlgan holatlarga quyidagilar kiradi:
1) agar texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmlarining qisqarganligi munosabati bilan avvalgi mehnat shartlari saqlab qolinishi mumkin boʻlmasa, xodimning roziligisiz mehnat shartlarini oʻzgartirish
.
Mehnat shartlari – bu xodim mehnat qiladigan ijtimoiy va ishlab chiqarish omillari toʻplami. Ijtimoiy omillar jumlasiga mehnatga haq toʻlash miqdori, ish vaqtining, ta’tilning davomiyligi va boshqalar kiradi. Ishlab chiqarish omillariga – texnika, sanitariya, gigiyenaga oid, ishlab chiqarish-maishiy va boshqa mehnat shartlari kiradi.
Shunday qilib, agar ish beruvchi ishlab chiqarish sabablariga koʻra, masalan, xodimlarning ish haqini kamaytirishni, yillik ta’til muddati davomiyligini qisqartirishni, ish vaqti rejimini qayta koʻrib chiqishni va hokazolarni rejalashtirsa, – u bu haqda xodimlarni oldindan xabardor qilishi kerak.
Mehnat shartlarining oʻzgarishi asoslangan boʻlishi kerak. Ya’ni, texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, ishlar, mahsulotlar yoki xizmatlar hajmlarining qisqarganligi ish haqi miqdorining kamayishi yoki ragʻbatlantiruvchi toʻlovlarning bekor qilinishiga sabab boʻlishi mumkin. Shunchaki ish beruvchi xohlagani uchungina xodimning roziligisiz hech qanday sababsiz mehnat shartlarini hatto xususiy tashkilotlarda ham oʻzgartirish mumkin emas.
Agar xodim ish beruvchi bu masalada noqonuniy yoʻl tutgan deb hisoblasa, u davlat mehnat inspeksiyasiga yoki sudga murojaat qilishga haqli. Bunda mehnat nizosini koʻrish chogʻida ish beruvchi avvalgi mehnat shartlarini saqlab qolish imkoniyati yoʻqligini isbotlashi kerak boʻladi
.
Ish beruvchi oʻrinlari qisqarayotgan xodimlarning soniga qarab mahalliy mehnat organiga, shuningdek kasaba uyushmalarining hududiy yoki tarmoq birlashmasiga bunday oʻzgarishlarning sabablari toʻgʻrisida quyidagi muddatlarda axborot taqdim etishi shart:
- 50 va undan ortiq xodimlar boʻlsa, 30 kalendar kun ichida;
- 200 nafar va undan ortiq xodimlar boʻlsa, 60 kalendar kun ichida;
- 500 nafar va undan ortiq xodim boʻlsa, 90 kalendar kunida.
Ushbu vaziyatda ish beruvchi xodimlarning vakillik organi bilan mehnat shartlarining oʻzgartirilishi xususida dastlabki maslahatlashuvlar oʻtkazishi kerak;
2) ish beruvchining boshqa joyga koʻchishi. Boshqa joy deganda xodimning yashash joyidan unga yashash joyiga har kuni qaytish imkonini bermaydigan masofada joylashgan hudud tushuniladi
.
Ish beruvchi xodimni boʻlajak oʻzgarishlar haqida qancha muddat avval ogohlantirishi shart
Ish beruvchi xodimni ish beruvchining kelgusida boshqa joyga koʻchishi toʻgʻrisida kamida ikki oy oldin yozma shaklda ogohlantirishi shart.
Agar mehnat shartlari oʻzgarsa, bu muddat xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra qisqartirilishi mumkin. Boshqa joyga koʻchishda MK bunday imkoniyatni bermaydi.
Ish beruvchi oʻz xohishiga koʻra ogohlantirishning ikki haftadan ortiq boʻlgan muddatini mutanosib pulli kompensatsiya bilan almashtirishga haqli
.
Ogohlantirish paytidan e’tiboran ikki haftalik muddat faqat xodimning roziligi bilan pulli kompensatsiya bilan almashtirilishi mumkin.
15 dekabrdan boshlab (ogohlantirish muddatidan 2 hafta keyin) ish beruvchi qolgan ogohlantirish muddatini pulli kompensatsiya bilan almashtirish va muddatidan oldin yangi mehnat shartlarini joriy etishga haqli.
15 dekabrgacha ogohlantirish muddatini pul bilan faqat xodimning roziligi bilan almashtirish mumkin.
Agar xodim mehnat sharti oʻzgarishlariga rozi boʻlsa
Unda ogohlantirish muddati tugashi bilan u yangi shartlarda ishlashda davom etadi. Ish beruvchi mehnat shartnomasi oʻzgarishini xodim va ish beruvchi oʻrtasida tuziladigan qoʻshimcha kelishuv asosida buyruq bilan rasmiylashtiradi
.
Xodimning ish beruvchi bilan birgalikda boshqa joyga koʻchib oʻtishga roziligi ham mehnat shartnomasiga qoʻshimcha kelishuv bilan rasmiylashtiriladi.
Xodimga boshqa joyga ishga koʻchib oʻtishi munosabati bilan kompensatsiya toʻlovlari taqdim qilinadi
. Ular haqida, shuningdek ish beruvchining ushbu vaziyatdagi harakatlari haqida quyidagi maqolada oʻqishingiz mumkin:
Agar xodim yangi mehnat shartlarida yoki boshqa joyda ishlashga rozi boʻlmasa
Bunday holda ogohlantirish muddati tugagandan soʻng xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinadi. Lekin buning uchun eng avvalo xodimning koʻchib oʻtishni yoki yangi mehnat shartlarida ishlashni davom ettirishni rad etish dalilini tasdiqlash kerak.
Xodim rad etishni yozma ravishda taqdim qilishi kerak. Agar u bunga rozi boʻlmasa, bunda xozir boʻlgan guvohlarni koʻrsatgan holda rad etishni dalolatnoma bilan rasmiylashtiring.
Ish beruvchi xodimning yozma rad javobini olganidan soʻng (yoki bu haqda dalolatnoma tuziladi), u mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida buyruq chiqaradi. Buyruqda mehnat shartnomasini bekor qilish uchun asos boʻlib quyidagilar koʻrsatiladi – «xodim yangi mehnat shartlarida ishlashni davom ettirishni rad etgani munosabati bilan, MK 137-m. 4-q.» yoki «xodim ish beruvchi bilan birga boshqa joyga koʻchib oʻtishni rad etgani munosabati bilan MK 146-m. 5-q.».
Ushbu asoslar boʻyicha mehnat shartnomasini bekor qilish ish beruvchining tashabbusi emas. Shuning uchun bunday hollarda xodim ta’tilda boʻlgan vaqtda, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davrida va yangi Mehnat kodeksining 163-moddasida koʻrsatilgan boshqa davrlarda mehnat shartnomasini bekor qilish mumkin.
Bundan tashqari, mehnat shartnomasini ushbu asoslar boʻyicha bekor qilish uchun xodimlarning vakillik organi roziligini olish shart emas
.
Mehnat shartnomasi xodim boshqa joyga koʻchib oʻtishni yoki yangi mehnat shartlarida ishlashni davom ettirishni rad etganligi munosabati bilan bekor qilinayotganda xodimga ishdan boʻshatish nafaqasini toʻlang. Toʻlov miqdori ushbu ish beruvchidagi ish stajiga bogʻliq. Bu haqda batafsil bu yerda oʻqing:
Shuningdek, xodimda ish qidirish davrida oʻrtacha oylik ish haqi ishdan boʻshatish nafaqasi hisobga olingan holda, biroq koʻpi bilan ikki oyga saqlanib qoladi.
Agar xodim mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin oʻttiz kalendar kun ichida mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, u mahalliy mehnat organi tomonidan berilgan ma’lumotnoma boʻyicha uchinchi oy uchun ham avvalgi ish joyidan oʻrtacha oylik ish haqini olish huquqiga ega boʻladi.
Buning uchun u sobiq ish beruvchiga mahalliy mehnat organidan tegishli ma’lumotnomani taqdim etishi kerak.
Mikrofirma, yakka tartibdagi tadbirkorlar va ish beruvchi boʻlgan jismoniy shaxslar xodimlarni oʻzgarishlar haqida qaysi muddatda ogohlantirishlari kerak
- Mikrofirma xodimni mehnat sharoitlarining oʻzgarishi va boshqa joyga koʻchish toʻgʻrisida kamida bir oy oldin yozma ravishda xabardor qiladi
; - yakka tartibdagi tadbirkor mehnat shartlari oʻzgartirilishi toʻgʻrisida xodimni kamida oʻn toʻrt kalendar kun oldin ogohlantiradi
; - ish beruvchi boʻlgan jismoniy shaxs uy ishchisini mehnat shartlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida kamida oʻn toʻrt kalendar kun oldin ogohlantiradi
.