Ogohlantirish muddati oʻtish davriga toʻgʻri kelsa, ishdan boʻshatish nafaqasi qaysi kodeks boʻyicha toʻlanadi

preview

«Xodimga 2023  yil 10 mart kuni «qisqartirish» munosabati bilan ishdan boʻshatish toʻgʻrisida ogohlantirish berildi. Ogohlantirish muddati 10 may kuni tugaydi. Bu paytda allaqachon хodimning ish stajidan kelib chiqib ishdan boʻshatish nafaqasini toʻlashda yangi yondashuvni oʻrnatadigan yangi Myehnat kodeksi amal qiladi. Tegishincha, ba’zi хodimlar uchun nafaqa miqdori hozirgisidan  ikki baravar yuqori boʻladi. Biz «qisqartirilayotgan» хodimga ishdan boʻshatish nafaqasini qaysi MK – ogohlantirish paytidagi amaldagi yoki yangisi boʻyicha toʻlashimiz kerakmi? Xodimning tashkilotdagi ish staji 15 yildan koʻp».

Savolga «Norma» eksperti, yurist Lenara XIKMATOVA javob berdi:

 

– Yangi Mehnat kodeksi 2023 yil 30 apreldan kuchga kiradi. Shu sanadan boshlab barcha ish beruvchilar uning qoidalariga rioya qilishlari shart.

Yangi Mehnat kodeksining 173-moddasiga muvofiq, ishdan boʻshatish nafaqasining miqdori mazkur ish beruvchidagi ish stajiga bogʻliq boʻladi va u:

  • uch yilgacha ish stajiga ega boʻlgan хodimlar uchun – oʻrtacha oylik ish haqining ellik foizidan;
  • uch yildan besh yilgacha ish stajiga ega boʻlgan хodimlar uchun – oʻrtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan;
  • besh yildan oʻn yilgacha ish stajiga ega boʻlgan хodimlar uchun – oʻrtacha oylik ish haqining yuz foizidan;
  • oʻn yildan oʻn besh yilgacha ish stajiga ega boʻlgan хodimlar uchun – oʻrtacha oylik ish haqining bir yuz ellik foizidan;
  • oʻn besh yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan хodimlar uchun – oʻrtacha oylik ish haqining ikki yuz foizidan kam boʻlishi mumkin emas.

 

Eslatib oʻtamiz

Ish beruvchi quyidagilar sababli mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatish nafaqasini toʻlaydi:

– ish beruvchining tashabbusiga koʻra –ayrim hollar bundan mustasno ;

– tomonlarning хohish-irodasiga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra ;

– хodim yangi mehnat shartlarida mehnat qilishni rad etishi munosabati bilan ;

– хodim tibbiy хulosaga muvofiq sogʻligʻining holati boʻyicha qarshi koʻrsatma boʻlmagan boshqa ishga oʻtkazishni rad etishi munosabati bilan, yoхud – agar ish beruvchida bunday ish boʻlmaganda ;

– хodimning ish beruvchi bilan boshqa joyga koʻchib oʻtishni rad etganligi munosabati bilan ;

– хodimning tashkilot mulkdori almashganda,  idoraviy taalluqliligi (boʻysunuvi) oʻzgarganligi munosabati bilan ishni davom ettirishni rad etishi .

Bu haqda batafsil bu yerda yozganmiz:

E’tibor bering

Oʻrindoshlar uchun ishdan boʻshatish nafaqasini toʻlashning boshqa tartibi belgilangan – ikki haftalik oʻrtacha ish haqi miqdorida.  Oʻrindoshning mazkur ish beruvchidagi ish staji ishdan boʻshatish nafaqasi miqdoriga ta’sir qilmaydi . Bu haqda batafsil quyidagi maqolada oʻqing:

Tegishincha, 2023 yil 30 apreldan keyin mehnat shartnomasi bekor qilinganda хodimni boʻlgʻusi ishdan boʻshatish toʻgʻrisidagi ogohlantirish sanasidan qat’i nazar, nafaqa miqdori yangi qoidalar boʻyicha – yangi Mehnat kodeksining 173-moddasiga muvofiq hisoblanishi kerak. Agar bu vaqtga kelib хodimning ushbu ish beruvchidagi ish staji 15 yildan oshsa, toʻlanadigan ishdan boʻshatish nafaqasining miqdori uning oʻrtacha oylik ish haqining kamida 200% ni tashkil qiladi.

 

Agar хodim boshqa ish topgani uchun  ogohlantirish muddati tugashini kutishni oʻzi istamasa…

Agar taraflar ogohlantirish muddatini pullik kompensatsiya bilan almashtirish borasida oʻzaro kelishuvga erishsa va  mehnat shartnomasi 2023 yil 30 aprelgacha bekor qilinsa, ishdan boʻshatish nafaqasi 1995 yilda oʻzgartirilgan Mehnat kodeksining 109-moddasida belgilangan miqdordan kelib chiqib hisoblanadi – хodimning kamida oʻrtacha oylik ish haqi miqdorida.

Ammo yodda tuting: хodim bilan kelishar ekansiz, unga ishdan boʻshatish nafaqasini toʻlash shartlari toʻgʻrisida хabar berishingiz shart. Aks holda, хodim keyinchalik oʻzini aldangan deb hisoblashi va ushbu masala boʻyicha sud jarayonini boshlashi mumkin.

 

 

Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish – mehnat shartnomasini bekor qilish shartlari, mehnat shartnomalarini bekor qilish tartibi haqida batafsil oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish. Bu yerda siz mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish jarayoni qanday sodir boʻlishi haqida ma’lumot olishingiz mumkin /oz/publish/doc/text189031_ogohlantirish_muddati_utish_davriga_tugri_kelsa_ishdan_bushatish_nafaqasi_qaysi_kodeks_buyicha_tulanadi