Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
Korxona vaxta usulida ish tashkil etishni rejalashtirmoqda. Ushbu vaziyat uchun ish vaqtini hisobga olish algoritmini «Norma» eksperti Valeriya LYaNDRES tushuntiradi:
– Vaxta usuli – bu doimiy yashash joyidan sezilarli darajada uzoqda boʻlgan ishlab chiqarish ob’yektlari yoki uchastkalarga (ish joyiga) belgilangan jadvallar boʻyicha smenaga (vaxta) xodimlarni muntazam ravishda yetkazib beriladigan ishni tashkil etish shakli.
Vaxta xodimlari ob’yektda boʻlgan davrda maxsus tashkil qilinadigan vaxta shaharchalarida yoki yashash uchun moslashtirilgan boshqa maxsus xonalarda istiqomat qiladi. Ish joylari ish uchastkalari koʻchganda vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turishi mumkin, masalan, yangi ob’yekt qurishga oʻtishda, keyingi quduqni burgʻilashda va hokazolarda.
Vaxta ish rejimini quyidagilarda tashkil qilish mumkin:
1) uzoq masofada joylashgan va muhim ahamiyatga ega boʻlgan ob’yektlar;
2) ishlar jadal sur’atda olib borilayotgan va mahalliy mehnat resuruslari taqchil boʻlgan hududlarda.
Vaxta ishchilarining mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos jihatlari MK 286, 288, 465–472-moddalarida va uzoq masofada joylashgan va muhim ahamiyatga ega boʻlgan ob’yektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishning vaxta usuli toʻgʻrisidagi maxsus nizomda nazarda tutilgan
.
Ishning vaxta usulini qoʻllash tartibi ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi
.
Agar xodim qabul qilinadigan lavozim yoki mutaxassislik vaxta usulida ishlash imkoniyatini nazarda tutsa, bu shart mehnat shartnomasida koʻrsatilishi kerak.
Xizmat safarimi yoki yoʻq?
Xodimning vaxtaga joʻnatilishi xizmat safari hisoblanmaydi. Ob’yektda ishlarni bajarish vaqtini va smenalar oʻrtasida dam olish vaqtini oʻz ichiga oluvchi umumiy davr vaxta hisoblanadi
.
Vaxta usulida bajariladigan ishlarga quyidagi shaxslar jalb qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
- oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlar;
- homilador ayollar;
- uch yoshgacha boʻlgan bola parvarishini amalga oshirayotgan ota-onadan biri (vasiy);
- tibbiy xulosaga muvofiq vaxta usulidagi ishlarni bajarishiga qarshi koʻrsatmalar boʻlgan shaxslar.
Ish soatining hisobi
Vaxta usulida ishlash chogʻida ish vaqtini bir oy, chorak yoki boshqa uzoqroq muddatli davr uchun, lekin oʻn ikki oydan koʻp boʻlmagan davr uchun jamlab hisobga olish belgilanadi. Ishlarni vaxta usulida tashkil qilishda, ish vaqtini bir oy, chorak yoki boshqa uzoqroq muddatli davr uchun, lekin oʻn ikki oydan koʻp boʻlmagan davr uchun ish vaqtini jamlab hisobga olish qoʻllaniladi
.
Har bir xodim boʻyicha ish vaqti va dam olish vaqtining oylar va hisobga olingan davr uchun qoʻshilib jamlangan yakuni boʻyicha maxsus hisob-kitob yuriting
. Buning uchun vaxtada (smena) ishlash jadvallarini tuzing
. Jadvallarni kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishish, korxona rahbarida tasdiqlatish va amalga kiritilishidan kamida ikki oy oldin xodimlarga yetkazish kerak.
Hisobga olish davri quyidagilarni qamrab oladi
:
- xodimning vaxtada boʻlgan davridagi ish vaqtini;
- ish beruvchining joylashgan yeridan yoki toʻplanish joyidan to ish bajariladigan joyga borish va ortga qaytish chogʻida yoʻlda boʻlish vaqtini;
- mazkur kalendar davrga toʻgʻri keladigan dam olish vaqtini.
Bunda hisobga olish davri uchun ish vaqtining davomiyligi qonunchilik hujjatlarida belgilangan bir haftalik ish vaqti soatlaridan oshib ketmasligi kerak.
Hisobga olinadigan davr mobaynida xodim ishlab beradigan soatlarning normal soni ushbu davr uchun tasdiqlangan ish vaqti taqvimiga muvofiq 5 kunlik ish haftasi uchun ish vaqti normasidan kelib chiqib aniqlanadi
.
Noqulay mehnat sharoitlarida bajariladigan ishlar uchun ish vaqtining normasi belgilangan qisqartirilgan ish kunidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Masalan, mehnat sharoiti oʻta zararli va oʻta ogʻir ishlarda ishlovchi xodimlar uchun ish kunining maksimal davomiyligi 11.03.1997 y. 133-son VMQga 8-ilova bilan tasdiqlangan.
Ishlab chiqarish zaruriyati sababli har kungi dam olish vaqti qisqartirilganda, toʻliq foydalanilmagan har kunlik dam olish soatlari va har haftalik dam olish kunlari jamlanib, xodimlarga hisobga olingan davr davomida qoʻshimcha dam olish kunlari (vaxtalararo dam olish kunlari) shaklida taqdim etiladi.
Haftalik dam olish kunlari haftaning istalgan kuniga toʻgʻri kelishi mumkin. Muhimi, joriy oy mobaynidagi haftalik dam olish kunlarining soni ushbu oydagi toʻliq haftalar sonidan kam boʻlmasligi lozim.
Hisobga olinadigan davrda yoki vaxtada ish vaqti toʻliq boʻlmaganda, masalan, mehnat ta’tili, kasallik tufayli ishga chiqmaslik va boshqalar norma boʻyicha belgilangan ish soatlaridan ishda boʻlmagan kunlarga toʻgʻri keladigan kalendar boʻyicha xodim soatlari ayirib tashlanadi. Bu haqda batafsil bu yerda yozganmiz:
Hisobga olingan davr yakunlanishidan oldin ishdan boʻshagan xodimlar uchun ishdan boʻshash sanasi, ularning roziligi bilan, vaxtalararo dam olish kunlarini hisobga olgan holda koʻrsatilishi mumkin
.
Ortiqcha ishlangan ish soatini qanday toʻgʻri hisoblash kerak
Vaxtadagi ish jadvali doirasida toʻliq ish kuniga yetmaydigan ish vaqtining ortiqcha ishlangan soatlari kalendar yil mobaynida yigʻilib borishi va toʻliq ish kunlarigacha jamlanib, keyinchalik vaxta oraligʻidagi qoʻshimcha dam olish kunlari berilishi mumkin
.
Aytaylik, korxonada vaxta ishchilari uchun 2 oylik jami ish vaqti belgilangan. 2023 yilning may oyida xodim 18 kun davomida 12 soatdan ishlab berdi (2023.01.05 dan 2023 y.06.05 gacha va 2023.20.05 dan 2023.31.05 gacha). Korxonada 5 kunlik ish haftasi mavjud. May oyida xodim jami 216 soat ishlab berdi.
5 kunlik ish rejimida ishlovchi korxonada 2023 yilda normal ish soatlari quyidagini tashkil qildi:
- may oyida – 175 soat;
- iyun oyida – 159 soat.
Natijada hisobga olingan davr uchun ish vaqtining umumiy normasi 334 soatni tashkil etadi.
1. Agar bir oydan boshqasiga oʻtuvchi jadval belgilangan boʻlsa
Hisobot davrida ortiqcha ishlashning oldini olish uchun xodim bu vaziyatda noyabr oyida 118 soatdan ortiq ishlamasligi kerak (334 – 216 soat).
Ikki oy uchun 334 soatdan ortiq boʻlgan har bir qoʻshimcha ish soati (2023 yil may–iyun) qoʻshimcha ish sifatida toʻlanishi kerak – kamida 2 hissa
.
2. Agar hisobot davri 1 oy boʻlsa
Agar hisobga olingan davr atigi bir oy, may oyida esa ish vaqti normasi 175 soatni tashkil etgan boʻlsa, u holda xodim 41 soat ortiqcha ishlagan boʻladi (216 – 175 soat). Ular qoʻshimcha ish sifatida toʻlanishi kerak.
Hisobot davrini aniqlashda va vaxta rejimi uchun ish jadvalini tuzishda ortiqcha ish cheksiz boʻlishi mumkin emasligini unutmang. Ish vaqtidan tashqari ishning muddati har bir xodim uchun yiliga 120 soatdan ortiq boʻlmasligi lozim
. Bu normaning oshishi ish beruvchiga sanksiyalar qoʻllashga sabab boʻladi.
- Bir ish smenasining muddati 12 soatdan oshmasligi kerak. Agar smena 12 soatni tashkil qilgan boʻlsa, ish vaqtidan tashqari ishlarga yoʻl qoʻyilmaydi
. - Soat 22-00 dan to soat 6-00 gacha boʻlgan vaqt tungi vaqt deb hisoblanadi
uning har bir soati uchun kamida bir yarim baravar miqdorda haq toʻlanadi
. - Hisobga olingan davr 1 oydan ortiq boʻlsa, xodimlarga oʻtgan oy uchun – haqiqatda ishlab berilgan vaqt uchun, ish vaqtidan tashqari ishlarga esa – hisobga olingan davr oxirida haq toʻlang.