Xodima tugʻish ta’tiliga oʻz vaqtida chiqishni istamasa, nima qilish kerak

preview

«Xususiy tashkilot xodimasi homiladorlik va tugʻish boʻyicha kasallik varaqasini olib keldi, ammo ishni tugʻruqqacha davom ettirish istagini bildirdi. Tugʻruqdan keyin 2 oy oʻtgach, u bola parvarishlash nafaqasini olib, ishga chiqishni rejalashtirmoqda. Ish beruvchi bunday iltimosni qondirishga haqlimi?».

Vaziyatni «Norma» eksperti, yurist Lenara XIKMATOVA izohladi:

E’tibor bering
Bitta ham muhim tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun TG-kanalimizga obuna boʻling!
Eslatib oʻtamiz
«Dekret», «dekret ta’tili» – bu kundalik iboralardir. Kadrlar ishini yuritishda Mehnat kodeksida koʻrsatilgan nomlardan foydalaning – «homiladorlik va tugʻish ta’tili», «bola parvarishlash ta’tili». Xuddi shu narsa mehnatga layoqatsizlik varaqasini belgilashning koʻplab variantlariga ham tegishli. «Kasallik ta’tili», «byulleten» va boshqalarni rasmiy hujjatlar doirasidan tashqarida qoldiring.

 

– Yoʻq, ish beruvchi «tugʻruqqacha» qismida xodimaning talabini qondirishga haqli emas.

 

Homiladorlik va tugʻish ta’tili

Homiladorlik va tugʻish ta’tili tugʻruqqacha yetmish kalendar kun hamda tugʻruqdan keyin ellik olti kalendar kun (tugʻish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tugʻilgan taqdirda yetmish kalendar kun) beriladi.

Bunda qonunchilikda belgilangan, lekin oʻrtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan kam boʻlmagan miqdorda nafaqa toʻlanadi .

Nafaqani tayinlash va toʻlash uchun asos –mehnatga layoqatsizlik varaqasi .

Homiladorlik va tugʻish ta’tili ham homiladorlik va tugʻish boʻyicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida rasmiylashtiriladi. U davolash-profilaktika muassasasi tomonidan homiladorlikning oʻttizinchi haftasidan boshlab 126 kalendar kuniga beriladi .

Qonunchilikda boshqa hujjatlar, xususan, xodimaning homiladorlik va tugʻish  ta’tiliga chiqish toʻgʻrisidagi arizasi (bola parvarishlash ta’tilida boʻlgani kabi) taqdim etilishi nazarda tutilmagan.

E’tibor bering
Ijtimoiy ta’tillarning barcha turlari, shu jumladan – homiladorlik va tugʻish ta’tilidan asli holida foydalaniladi hamda ularni pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi .

 

Agar xodima homiladorlik muddatini yashirsa

Xodima homiladorlik muddatini yashiradigan va vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasini ish beruvchiga taqdim qilmasdan oxirigacha oʻzida saqlaydigan vaziyatlar uchrab turadi. U mehnatga layoqatsizlik varaqasining mavjudligiga qaramay, homiladorlikning oʻttizinchi haftasidan keyin ham ishlashni davom ettiradi. Albatta, bu holda ish beruvchi aybdor emas hamda homiladorlik va tugʻish ta’tilini oʻz vaqtida rasmiylashtirimagani uchun javobgar emas. U xodimaning homiladorlik muddatini «koʻz bilan» aniqlay olmaydi va xodimadan mehnatga layoqatsizlik varaqasini olmasdan turib «dekret» ta’tilini rasmiylashtira olmaydi.

E’tibor bering
Homilador xodima kasallik varaqasini olib kelganda, uni diqqat bilan oʻrganib chiqing. Hujjat qachon berilganini hamda homiladorlik va tugʻish ta’tili qaysi sanadan boshlanishini koʻring. Xodima mehnatga layoqatsizlik varaqasini haqiqatda taqdim etgan sanani albatta qayd qilib qoʻying. Bu ish beruvchini homiladorlik va tugʻish ta’tilini oʻz vaqtida taqdim qilmagani uchun ehtimoliy jarimalardan himoya qiladi.

Xodima «kasallik varaqasini» taqdim qilgandan soʻng ish beruvchi bola parvarishlash ta’tilini rasmiylashtirishga majbur. Bundan tashqari, ta’til tugʻruqqacha haqiqatda foydalanilgan kunlar sonidan qat’i nazar, toʻliq beriladi . Agar homilador ayol tibbiy muassasaga homiladorlikning oʻttizinchi haftasidan keyin murojaat qilgan boʻlsa va unga varaqani tugʻish arafasida rasmiylashtirishgan taqdirda ham, u baribir murojaat qilgan kundan boshlab kamida 126 kunlik ta’til olishi kerak.

 

Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi boʻlganda nima uchun ishlashga ruxsat berilmaydi

Koʻpincha xususiy kompaniyalar qimmatbaho xodimani yoʻqotishni istamay, hatto mehnatga layoqatsizlik varaqasi boʻlgan taqdirda ham unga tugʻruqqacha ishlashga ruxsat berishadi.

Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi xodim kasallik yoki ma’lum bir jismoniy holat tufayli ma’lum vaqt davomida ishlay olmasligi va tegishincha, ish haqi ololmasligidan guvohlik beradi. Nafaqa esa bunday davrda xodimni moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun moʻljallangan.

Bundan tashqari ish beruvchi homilador ayolning homiladorlikning kech muddatida ishda boʻlishi xavf tugʻdirishini, uning uchun xavfli boʻlishi mumkinligi toʻgʻrisida yodda tutishi kerak. Homilador ayolni mehnatga layoqatsizlik varaqasi mavjud boʻlganda ishga qoʻyganlik uchun kompaniyaning aybdor mansabdor shaxsi mehnat va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun MJtKning 49-moddasi  boʻyicha ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin. Xodima bilan suhbat oʻtkazing va unga ushbu jihatlarni tushuntiring.

Eslatib oʻtamiz

Xodima homiladorlik va tugʻish ta’tiliga chiqishdan oldin, agar buni tibbiy xulosa talab qilsa, ish beruvchi uning ishini yengillashtirish choralarini koʻrishi kerak. Uning asosida xodima noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan xoli boʻlgan yengilroq ishga oʻtkaziladi, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish normalari kamaytiriladi .

Homilador ayolni boshqa ishga oʻtkazish masalasi hal etilguniga qadar, u qoldirilgan barcha ish kunlari uchun oʻrtacha  ish haqi saqlangan holda ishdan ozod etiladi .

Bunday xodimani  uning roziligisiz ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish va bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilish, xizmat safariga yuborish mumkin emas .

Tungi ishlarga jalb qilish uchun xodimaning roziligidan tashqari, bunday ish uning hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdirmasligini tasdiqlovchi tibbiy xulosa ham zarur .

E’tibor bering

Ba’zi vijdonsiz kompaniyalar mablagʻlarini oʻz xohishiga koʻra tasarruf etishga haqli ekanligi bilan tushuntirib, homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqani toʻlashni xohlamaydi. Maxsus ular uchun MK mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha tashkilotlar uchun ijro etilishi majburiyligini eslatib oʻtamiz.

MKda u yoki bu norma faqat byudjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlarda qoʻllash uchun majburiy ekanligi aniq koʻrsatilgan istisnolar mavjud (masalan, MK 397-m.). Ammo homiladorlik va tugʻish nafaqasini toʻlash bunday istisnolarga taalluqli emas.

2022 yil  1 sentyabrdan boshlab davlat homiladorlik va tugʻish nafaqasini toʻlash majburiyatlarining bir qismini oʻz zimmasiga oldi. Bu haqda batafsil quyida oʻqing:

Homiladorlik va tugʻish nafaqasini toʻlash majburiyatidan boʻyin tovlash jarima solishga sabab boʻladi .

 

Bir vaqtning oʻzida ish haqi va bola parvarishlash nafaqasini olish mumkinmi?

–  Agar xodima toʻliq ish vaqtiga ishga chiqqan boʻlsa, bir vaqtning oʻzida ham ish haqi, ham nafaqa olish mumkin emas.

Homiladorlik va tugʻish ta’tilidan farqli oʻlaroq bola paravarishlash ta’tili butunlay xodimaning tashabbusidir. Homiladorlik va tugʻish ta’tili tugagandan soʻng u bola parvarishlash ta’tilini olishga va ishga chiqishga haqli. 

Bundan tashqari, bolani parvarishlash ta’tilida boʻlib turib ham  xodima istalgan vaqtda oʻzining lavozim majburiyatlarini bajarishga kirishishi mumkin, chunki uning ish joyi (lavozimi) saqlanadi . Ish beruvchi esa xodimaga ishga chiqishni taqiqlay olmaydi, chunki bola parvarishlash ta’tilidan foydalanish faqat uning xohishiga bogʻliq.


Ma’lumot uchun: bolani parvarishlash ta’tilidan bolaning otasi, buvisi, buvasi yoki bolani haqiqatda parvarishlayotgan boshqa qarindoshlari ham, shuningdek vasiysi ham foydalanishi mumkin .


E’tibor bering
Homilador ayollar, shuningdek oʻn toʻrt yoshgacha boʻlgan bolaning (oʻn olti yoshgacha boʻlgan nogironligi boʻlgan bola) ota-onasidan biri ularga toʻliqsiz ish vaqti (toʻliqsiz ish haftasi yoki toʻliqsiz ish kuni (smena) belgilanishini talab qilishi mumkin . Ish beruvchi esa bunday iltimosni qondirishga majburdir.

Agar xodima toʻliq ish vaqtiga ishga chiqsa, bola parvarishlash ta’tili va nafaqa toʻlash toʻxtatiladi. Agar xodima bolani parvarishlash ta’tili vaqtida toʻliqsiz ish vaqti shartlari asosida yoki ish beruvchi bilan kelishuv boʻyicha uyda ishlashni xohlasa,  nafaqa olish huquqi saqlab qolinadi .

E’tibor bering
Agar xodima bola parvarishlash ta’tili davrida toʻliqsiz ish vaqti shartlari asosida ishlash toʻgʻrisida murojaat qilgan boʻlsa, ish beruvchi uni rad eta olmaydi. Bu davrda uyda ishlash masalasi esa ish beruvchi bilan kelishilgan holda hal qilinadi. Bunday holda u xodimaning bunday iltimosini rad etishga haqli.

Shunday qilib, koʻrib chiqilayotgan vaziyatda xodima, agar bu vaqtga kelib homiladorlik va tugʻish ta’tilining muddati tugasa, tugʻruqdan keyin 2 oy oʻtgach ishni boshlashga haqli.

Agar u toʻliq ish vaqtida ishlasa, faqat maosh oladi. Agar bola parvarishlash ta’tilida boʻla turib, toʻliqsiz ish vaqti shartlari asosida ishlay boshlasa, u ham maosh, ham bola parvarishlash nafaqasini oladi.

Eslatib oʻtamiz

Bolani parvarishlash nafaqasi faqat byudjetdan tashqari tashkilotlar tomonidan MHTEKMning 60 % miqdorida toʻlanadi . Byudjet tashkilotlari bola parvarishlash nafaqasini toʻlamaydi. Ularning xodimlari tomonidan bola parvarishlash nafaqasini olish tartibi haqida buxgalter.uz portalining quyidagi maqolasida oʻqing:

 

 

Ta’til va ishlamaydigan vaqt-Oʻzbekiston Respublikasi mehnat kodeksiga muvofiq dam olish vaqti, ta’tilni roʻyxatdan oʻtkazish va tartibga solish oʻzbekistonda ishlamaydigan vaqt, ta’til va ishlamaydigan vaqt, ta’til Oʻzbekistonda bayramlar qanday tashkil yetilgan. Ishlamaydigan soatlar, bayramlar va ta’tillar haqida. Kadrlar boʻlimi xodimi uchun bayramlar va ta’tillar haqida ma’lumot /oz/publish/doc/text191134_hodima_tugish_tatiliga_uz_vaqtida_chiqishni_istamasa_nima_qilish_kerak