Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
«Bosh buxgalter ta’til paytida ishdan boʻshashga qaror qildi va oʻz xohishiga koʻra ishdan boʻshash haqida ariza yozdi. U ta’tildan chiqqanidan keyin belgilangan ikki haftani ishlab berishi kerakmi?».
Kadrovik.uz tushuntiradi:
– Xodim ta’tilda yoki «kasallik ta’tilida» boʻla turib ham ishdan boʻshash uchun ariza berishi mumkin.
Mehnat qonunchiligi xodimni ishdan boʻshash toʻgʻrisida xodimlarning turli toifasi uchun belgilangan muddatda ogohlantirishga majbur qiladi, balki keng tarqalganidek ularni «ishlab berishni» emas
Asosiy toifadagi xodimlar nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini, shuningdek muddati tugaguniga qadar muddatli mehnat shartnomasini oʻn toʻrt kalendar kun oldin bu haqda ish beruvchini yozma shaklda ogohlantirgan holda bekor qilishga haqli
.
Mehnat kodeksi xodimning tashabbusiga koʻra mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida ish beruvchini ogohlantirishning boshqa muddatlarini ham nazarda tutadi. Shunday qilib:
- tashkilot rahbari oʻz tashabbusiga koʻra nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini, shuningdek muddati tugashidan oldin muddatli mehnat shartnomasini bekor qilishga haqli boʻlib, bu haqda ish beruvchini ikki oy oldin yozma shaklda ogohlantirishi kerak
; - rahbarning oʻrinbosarlari, tashkilot bosh buxgalteri, alohida boʻlinmalar rahbarlari oʻz tashabbusiga koʻra nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini, shuningdek muddati tugashidan oldin muddatli mehnat shartnomasini bekor qilishga haqli boʻlib, bu haqda ish beruvchini bir oy oldin yozma shaklda ogohlantirishi kerak
; - mavsumiy xodim ish beruvchini uch kalendar kun oldin yozma shaklda ogohlantirib, mehnat shartnomasini oʻz tashabbusiga koʻra bekor qilishga haqli
; - mavsumiy ishlagan xodim ish beruvchini uch kalendar kun oldin yozma shaklda ogohlantirib, mehnat shartnomasini oʻz tashabbusiga koʻra bekor qilishga haqli
; - ish beruvchi boʻlgan mikrofirma xodimi ish beruvchi boʻlgan mikrofirmani yetti kalendar kun oldin yozma shaklda ogohlantirgan holda, mehnat shartnomasini oʻz tashabbusiga koʻra bekor qilishga haqli
; - xodim yakka tartibdagi tadbirkor bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ushbu tadbirkorni yetti kalendar kun oldin yozma shaklda ogohlantirgan holda oʻz tashabbusiga koʻra bekor qilishga haqli
; - uy ishchisi mehnat shartnomasini ish beruvchi boʻlgan jismoniy shaxsni yetti kalendar kun oldin yozma shaklda ogohlantirgan holda, oʻz tashabbusiga koʻra bekor qilishga haqlidir
.
Ta’til paytida yoki mehnatga qobiliyatsizlik davrlarida mehnat shartnomasini bekor qilishni taqiqlash faqat ish beruvchining tashabbusi bilan ishdan boʻshatilganda amal qiladi
.
Bundan tashqari, ogohlantirish muddati MK 160-m. 8-qismida belgilangan ob’yektiv sabablarga koʻra quyidagi vaziyatlarda qisqartirilishi mumkin:
- ta’lim tashkilotiga qabul qilinganligi;
- pensiyaga chiqqanligi;
- saylab qoʻyiladigan lavozimga saylanganligi;
- boshqa hollarda.
Bunday vaziyatda ish beruvchi mehnat shartnomasini xodim talab qilgan muddatda bekor qilishi kerak.
Valeriya LYaNDRES yangiladi