Nima uchun ishdan boʻshatilgan homilador ayolni ishga tiklash mumkin

preview

«Homilador xodima bilan  asosiy ishchining vaqtincha yoʻq boʻlgan vaqtiga tuzilgan muddatli mehnat shartnomasi uning ishga chiqishi munosabati bilan Myehnat kodeksining 158-moddasi 3-qismiga koʻra bekor qilindi. Buyruqda «mehnat shartnomasi 7 iyuldan bekor qilinishi» koʻrsatilgan. Bu oxirgi ish kuni – juma.

Vaqtincha ishda yoʻq boʻlgan xodim 10 iyul – dushanba kuni ishga chiqadi. Muddatli mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi buyruqda 11 iyul sanasi – seshanba, ammo shartnomani tugatish sanasi 7 iyul deb koʻrsatilgan.

Sanalardagi farq (buyruq chiqarilgan kun va ishdan boʻshatilgan kun) xodimni ishga tiklashga sabab boʻlib xizmat qilishi mumkinmi?»

Vaziyatni kadrovik.uz iltimosiga koʻra ekspert va kadrlar xizmati rahbari Valeriya LYaNDRES izohladi:

 

Amaliyotchi-mutaxassislarning tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun telegram-kanalimizga a’zo boʻling.

 

– Mehnat kodeksining 408-moddasida homilador ayollar uchun kafolatlar belgilangan.

Ishga tiklashning sababi, birinchi navbatda, ishdan boʻshatish va buyruq chiqarish oʻrtasidagi sanalardagi farq emas, balki xodima huquqlarining buzilishi, homilador ayollarga kafolat beradigan talablarga rioya qilmaslik boʻlishi mumkin.

Keling, ish beruvchi nimani buzganini koʻrib chiqsak.

 

Boshqa ish taklif qilinmagan

Umumiy qoidaga koʻra ish beruvchi homilador xodimaning yozma arizasiga binoan va homiladorlik holatini tasdiqlovchi tibbiy ma’lumotnoma taqdim etilgan taqdirda, mehnat shartnomasining amal qilish muddatini homiladorlik tugaguniga qadar, unga homiladorlik va tugʻish ta’tili berilgan taqdirda esa bunday ta’tilning oxiriga qadar uzaytirishi shart .

Sizning holatingizda homilador xodima shunchaki muddatli mehnat shartnomasi boʻyicha ishlaganda emas, balki vaqtincha yoʻq boʻlgan xodimning oʻrniga qabul qilinganda shartnomani bekor qilishga yoʻl qoʻyiladi, lekin bitta shart bilan. Ya’ni: ayolning yozma roziligi bilan sogʻligʻi holati inobatga olingan holda bajara oladigan boshqa ish bilan ta’minlashning imkoni boʻlmasa .

Shunday qilib, agar Mehnat kodeksining 408-moddasi normalari bajarilmasa va homiladorlik tugaguniga qadar xodimaga boshqa lavozimga oʻtish taklif qilinmasa va korxonada tegishli boʻsh ish oʻrinlari mavjud boʻlsa, muddatli mehnat shartnomasini bekor qilish noqonuniy hisoblanadi. Ish beruvchiga xodimani ish joyiga tiklash buyurilishi mumkin.

Agar Mehnat kodeksining 408-moddasining barcha talablari ish beruvchi tomonidan bajarilsa va yozma tarzda rasmiylashtirilgan boʻlsa, xodima boshqa lavozimga oʻtishdan bosh tortgan yoki tashkilotda tegishli boʻsh ish oʻrinlari boʻlmagan taqdirda – asosiy xodimning ishga chiqishi munosabati bilan u bilan muddatli mehnat shartnomasini bekor qilish mumkin.

 

Buyruq notoʻgʻri rasmiylashtirilgan

Mehnat shartnomasini bekor qilish sanasi va buyruq chiqarilgan sana oʻrtasidagi sanalardagi farq mehnat nizosiga olib kelishi mumkin. Nima uchun?

1. Mehnat kodeksi mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni xodimga uning mehnat daftarchasini yoxud elektron mehnat daftarchasidan koʻchirmani, shuningdek mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi buyruqning koʻchirma nusxasini berishni talab qiladi .

2. Ish beruvchi xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan kunda u bilan hisob-kitob qilishi kerak . Buyruq esa ish beruvilar tomonidan amalga oshiriladigan toʻlovlar uchun asos boʻlib hisoblanadi.

Shunday qilib, mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ishdan boʻshatish toʻgʻrisidagi buyruqning yoʻqligi noqonuniy hisoblanadi, chunki usiz quyidagilarni amalga oshirib boʻlmaydi:

  • mehnat daftarchasini toʻldirish va berish;
  • YaMMTda mehnat shartnomasi bekor qilinganligi toʻgʻrisida eslatma kiritish;
  • xodimga ishdan boʻshatish toʻgʻrisidagi buyruqning nusxasini berish;
  • mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni xodim bilan yakuniy hisob-kitob qilish.

Mehnat shartnomasini noqonuniy bekor qilishning huquqiy oqibatlari Mehnat kodeksining 174-moddasida keltirilgan.

 

 

 

 

Oʻzbekistonda ish beruvchining xatolari va ularni tuzatish tartibi - ularni qanday aniqlash va tuzatish ish beruvchi xatolari, ish beruvchi xatolarini tuzatish, ish beruvchi xatolarini qanday aniqlash mumkin, ish beruvchi xatolarini qanday tuzatish kerak, oʻzbekistonda ish beruvchi xatolar Oʻzbekistonda ish beruvchining xatolari va ularni tuzatish tartibi. Ish beruvchilar tez-tez qanday xatolarga yo’l qoʻyadilar va ularni qanday qilib unumdorlikni oshirish va ish muhitini yaxshilash uchun tuzatish kerakligini bilib oling /oz/publish/doc/text193589_nima_uchun_ishdan_bushatilgan_homilador_aelni_ishga_tiklash_mumkin