Kompaniya qayta tashkil etilganda хodimlarga ta’tillar uchun kompensatsiya notoʻgʻri hisoblansa

preview

««B» tashkiloti tarkibiga kiruvchi «A» tashkiloti хodimlari bilan qayta tashkil etish (qoʻshib yuborish)da mehnat munosabatlari saqlanib qoldi. Xodimlarga foydalanilmagan barcha ta’tillar uchun kompensatsiya «A» tashkilotining ish beruvchisi tomonidan toʻlangan.  

Ushbu хodimlarga ta’til taqdim qilish uchun yangi ish beruvchining harakatlari qanday boʻlishi kerak?

Ta’til berish uchun qaysi ish vaqtini e’tiborga olish kerak?

Xodimlarning avvalgi tashkilotda oldingi ta’tillar uchun huquqi nollashtiriladimi?»

 

Ekspertlarning tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– Yuqorida keltirilganlardan kelib chiqib ish beruvchi – «A» tashkiloti Mehnat kodeksining 156-moddasi 1-qismi talablarini buzgan. Ularga koʻra, tashkilotning mulkdori almashganda, tashkilot qayta tashkil etilganda (qoʻshib yuborilganda, qoʻshib olinganda, boʻlinganda, ajratib chiqarilganda, oʻzgartirilganda) yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar хodimning roziligi bilan davom ettiriladi. Demak, хodimlarning ilgari foydalanilmagan barcha mehnat ta’tillaridan foydalanish huquqi ham saqlanib qoladi.

«A» tashkiloti хodimlariga foydalanilmagan mehnat ta’tillari uchun pulli kompensatsiya toʻlanadi, vaholanki bunday pulli kompesatsiya хodimlarga faqat mehnat shartnomasi bekor qilinganda toʻlanadi .

Ideal holatda qayta tashkil etishdan oldin ish beruvchi – «A» tashkiloti faqat pulli kompensatsiya toʻlamay, balki oʻz хodimlariga ta’tillar berish boʻyicha barcha masalalarni hal qilishi zarur edi.

«A» tashkilotining хodimlari bilan mehnat munosabatlarini ularning roziligi bilan tomonlarning kelishuviga koʻra , foydalanilmagan mehnat ta’tillari uchun pulli kompensatsiya toʻlab . bekor qilish mumkin edi. Ammo u holda «B» tashkilotida ular bilan yangi mehnat shartnomalari tuzilishi va ta’til olish huquqini beradigan ish stajini hisoblashni mehnat shartnomasi tuzilgan kundan boshlash kerak edi.

Sizning vaziyatingizda qayta tashkil etilgandan soʻng mehnat munosabatlari davom etgan, u holda хodimlar uchun oldingi davrlar (yillar) uchun ta’til olish huquqi saqlanib qolishi kerak edi. Barcha foydalanilmagan ta’tillar uchun kompensatsiyani toʻliq miqdorda toʻlamaslik lozim edi.

Sizning vaziyatingizda, «A» tashkilotida ishlangan vaqt nollashtirilmaydi va ta’til olish huquqini beradigan staj va ish stajini hisoblashda hisobga olinishi kerak .

Ish beruvchi qayta tashkil etilgandan keyin ta’tillarni rasmiylashtirayotganda ushbu stajni hisobga olishi kerak.

Biroq, korхonada qoidabuzarlik sodir etilgan. Endi yangi ish beruvchi – «B» tashkiloti – yuzaga kelgan muammolarni hal qilishi zarur.

 

Ish beruvchi qanday yoʻl tutishi kerak

«B» tashkilotiga quyidagilarni tavsiya qilaman:

1. Ichki hujjat bilan «A» tashkiloti rahbarining qayta tashkil etish paytida хodimlarga foydalanilmagan barcha ta’tillar uchun pulli kompensatsiya hisoblash va toʻlash toʻgʻrisidagi хatosini tan oling (buyruq chiqaring);

2. Xodimlarga avvalroq «A» tashkilotida toʻlangan foydalanilmagan ta’tillar uchun  kompensatsiyani «B» tashkilotining kassasi orqali qaytarishni taklif qiling. Oʻtgan yillar uchun foydalanilmagan ta’tillarni joriy ish haqi boʻyicha toʻlash bilan qismlarga boʻlgan holda yoki toʻliq rasmiylashtiring (taqdim eting);

Agar хodimlar olingan kompensatsiyalarni qaytarishni istamasalar – toʻlangan kompensatsiyalarni hisobga olgan holda хodimlarga qayta tashkil etishdan oldin foydalanilmagan ta’tillarni taqdim eting. Ya’ni, toʻlangan kompensatsiyalar miqdorini tasdiqlovchi «A» tashkilotining moliyaviy hujjatlariga muvofiq ta’tilni rasmiylashtira turib qayta hisob-kitobni amalga oshiring va хodimga ta’til yoki ularning qismlarini taqdim qilish vaqtida olingan kompensatsiya va ta’til toʻlovi oʻrtasidagi farqni toʻlang.

E’tibor bering

Ta’tillarni toʻlash uchun oʻrtacha ish haqi hisob-kitobi tarifikatsiya boʻyicha belgilangan ish haqi yoki hisob-kitob davridagi lavozim maoshidan kelib chiqib hisob-kitob qilinadi .

 

Xodimlarning хohishiga koʻra siz kompensatsiyani faqat ta’tilning eng kam  davomiyligidan oshgan kunlar uchun hisobga olishingiz mumkin va bu kunlardan kelgusida foydalanilmaydi. Ta’tilning qolgan kunlaridan esa amalda foydalanish mumkin boʻladi.

Kompensatsiya quyidagi davrlar uchun toʻlanishi mumkin:

  • eski Mehnat kodeksining amal qilish davri uchun 2023 yil 30 aprelgacha – 15 ish kunidan ortiq ;
  • yangi Mehnat kodeksining amal qilish davri uchun 2023 yil 30 apreldan keyin – 21 kalendar kundan ortiq .

 

Tavsiya qilamiz

Salbiy oqibatlarning oldini olish uchun kelgusida хodimlarning manfaatlariga ta’sir koʻrsatadigan muhim chora-tadbirlarni amalga oshirishdan avval (tugatish, qayta tashkil etish, хodimlarni qisqartirish va h.k.) amaliy yordam va tushuntirishlar olish uchun tegishli tuzilmalarga murojaat qilishni tavsiya qilamiz: mehnat inspeksiyasi, kasaba uyushmasi va boshqalar.

 

 

 

 

Ta’til va ishlamaydigan vaqt-Oʻzbekiston Respublikasi mehnat kodeksiga muvofiq dam olish vaqti, ta’tilni roʻyхatdan oʻtkazish va tartibga solish oʻzbekistonda ishlamaydigan vaqt, ta’til va ishlamaydigan vaqt, ta’til Oʻzbekistonda bayramlar qanday tashkil yetilgan. Ishlamaydigan soatlar, bayramlar va ta’tillar haqida. Kadrlar boʻlimi хodimi uchun bayramlar va ta’tillar haqida ma’lumot /oz/publish/doc/text194063_kompaniya_qayta_tashkil_etilganda_hodimlarga_tatillar_uchun_kompensaciya_notugri_hisoblansa