Kompaniya qayta tashkil etilsa, xodimlar ta’til olishga haqlimi

preview

«Davlat unitar korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. Xodimlarning roziligi bilan mehnatga oid munosabatlar qayta tashkil etilgandan keyin ham davom etdi. Ba’zi xodimlar joriy ish yili uchun mehnat  ta’tillaridan foydalanmagan, shuning uchun bir necha oydan soʻng ular ta’tilga chiqish uchun ariza byera boshladilar.

Biroq direktor ular AJda hali ta’til olish uchun yetarli «ishlashmaganini» roʻkach qilib, barchaga rad javobini berdi.  Davlat unitar korxonasida ishlash muddati hisobga olinmayabti. Bu qonuniymi?»

Savolga kadrovik.uz iltimosiga koʻra «Norma» eksperti Lenara XIKMATOVA javob berdi:

 

Amaliyotchi-mutaxassislarning tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun telegram-kanalimizga a’zo boʻling.

 

– Yoʻq, bu noqonuniy.

Bunday holda yuridik shaxs qayta tashkil etish yoʻli bilan oʻzgartirildi (unitar korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli aksiyadorlik jamiyatiga oʻzgartirildi). Mehnat kodeksining 156-moddasi 1-qismiga muvofiq korxona  qayta tashkil etilganda mehnatga oid  munosabatlar xodimning roziligi bilan davom ettiriladi.

Tegishincha, u oʻzgartirilgunga qadar ishlangan vaqt har yilgi mehnat ta’tilini olish huquqini beruvchi mehnat stajidagi uzilishga olib kelmaydi. Mehnat kodeksining 226-moddasi asosida ish beruvchi qayta tashkil etilgandan keyin navbatdagi har yilgi ta’tilni rasmiylashtirishda buni hisobga olishi kerak.

 

 

 

 

Ta’til va ishlamaydigan vaqt-Oʻzbekiston Respublikasi mehnat kodeksiga muvofiq dam olish vaqti, ta’tilni roʻyxatdan oʻtkazish va tartibga solish oʻzbekistonda ishlamaydigan vaqt, ta’til va ishlamaydigan vaqt, ta’til Oʻzbekistonda bayramlar qanday tashkil yetilgan. Ishlamaydigan soatlar, bayramlar va ta’tillar haqida. Kadrlar boʻlimi xodimi uchun bayramlar va ta’tillar haqida ma’lumot /oz/publish/doc/text194524_kompaniya_qayta_tashkil_etilsa_hodimilar_tatil_olishga_haqlimi