Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
«Olti oy oldin men direktorning iltimosiga koʻra uning muhim hamkorining ayolini kadrlar boʻlimiga ishga oldim. U koʻp yillar davomida ishlamagan, oxirgi lavozimda ofis-menejer boʻlib ishlagan. Men uning uchun eng oddiy vazifani belgiladim: kiruvchi hujjatlarning hisobini yuritish, hujjatlarni kompyuterda terish, boʻlim xodimlariga yordam berish. Ish yaxshi ketayotganidan hamma mamnun edi. Hozir menda kadrlar boʻyicha inspektor joyi boʻshadi va direktor himoyasidagi xodimaning lavozimini koʻtarishni taklif qilmoqda. U buning uchun tegishli bilim va koʻnikmalarga ega emas.
Nima qilish kerak? Xodima lavozimini oshirishning iloji yoʻq, direktorning gapini rad etish yaxshi munosabatlarni xavf ostiga qoʻyishni anglatadi».
Vaziyatni kadrovik.uz iltimosiga koʻra HR-maslahatchi Irina ShAKIROVA izohladi:
– Mazkur vaziyatda qanday harakat qilishning ehtimoliy variantlarini koʻrib chiqamiz:
1. Direktor bilan kelishish va malakasiz xodimaning lavozimini koʻtarish. Bunday qarorning oqibati – boʻlimdagi boshqa xodimlarining noroziligi, chunki lavozimni koʻtarish nohaq, adolatsiz amalga oshirildi. Agar xodima tegishli malakaga ega boʻlmasa, demak, xatolar, kamchiliklar boʻladi va kimdir buning uchun javob berishi va hatto uning ishini bajarishiga toʻgʻri keladi. Qarorni rahbariyatning bosimi bilan oqlash kerak boʻladi, natijada jamoa oldida direktorning obroʻsiga putur yetadi.
Ish joyida qaror qabul qilish vakolatiga ega boʻlgan kadrlar boʻlimi boshligʻi sifatida siz ushbu fikrlarni direktorga bayon qilishingiz mumkin va shart. Bu sizning mas’uliyatingiz va mustaqilligingizdan darak beradi.
2. Ichki normativ hujjatlar, lavozim yoʻriqnomalari, lavozimga qoʻyiladigan talablarni qoʻllash boʻyicha qabul qilingan xodimani attestatsiya natijalari asosida direktorga rad javobini berish.
Bunday rad etish xodimaning oʻzi va jamoaning boshqa a’zolarining nazaridan chetda qolmaydi, nosogʻlom munozaralarga sabab boʻladi, ish muhitiga zarar yetkazadi. Direktorga qattiq, rasmiy pozitsiya yoqmasligi mumkin, chunki faqat hujjatlar tilida gaplashish qarama-qarshilikka oʻxshab koʻrinadi.
«Xodimlarni izlash va saralash» masofaviy kursimizda xodimlarni boshqarish boʻyicha yangi ixtisoslikni olishingiz mumkin.
Dolzarb mavzularni tanlang va ularni oʻzingizga qulay vaqtda oʻrganing.
3. Mening nazarimda eng yaxshi variant, – direktor manfaatdor boʻlgan xodimaga nisbatan muqobil yechimlarni taklif qilish. U oʻqishga yuborilishi, uning uchun martaba rejasi ishlab chiqilishi, boshqa munosib xodimni kadrlar boʻlimi inspektori lavozimiga oʻtkazish hisobiga yangi xodimani boshqa bir yuqori lavozimga oʻtkazish mumkin. Boʻlimning barcha xodimlariga nisbatan bunday boshqaruv harakatlari amalga oshirilsa, hamma qanday shartlarda va qanday asosda lavozimga koʻtarilishi mumkinligini tushunishi uchun toʻgʻri boʻladi.
Bunday moslashuvchan yechim barcha tomonlarga ma’qul kelishi mumkin.