Ta’tildagi xodimni majburiy malaka oshirish kurslariga yuborish mumkinmi

preview

«Tibbiyot xodimiga har yilgi mehnat ta’tili taqdim qilindi. Ta’til vaqtida u majburiy malaka oshirish kurslariga yoʻllanma oldi.

Mehnat ta’tili tibbiyot xodimining majburiy malaka oshirish kunlari soniga uzaytiriladimi va shu kunlar uchun haq toʻlanadimi?»

Savolga kadrovik.uz iltimosiga koʻra  «Norma» eksperti Valeriya LYaNDRES javob berdi:

 

Amaliyotchi-mutaxassislarning tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun telegram-kanalimizga a’zo boʻling.

 

– Bunday vaziyatda xodimning ta’tilini uzaytirish imkonsiz – holat MKning 229-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan roʻyxatga kiritilmagan («Har yilgi mehnat ta’tilini uzaytirish yoki uni boshqa muddatga oʻtkazish»).

Xodimni faqat ta’tildan chaqirib olish mumkin – uning roziligi bilan . Ta’tilning chaqirib olish munosabati bilan foydalanilmagan qismi xodimga mazkur ish yili davomida boshqa vaqtda yoki Mehnat kodeksining 230 va 231-moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya qilingan holda keyingi ish yilida berilishi kerak. Variant sifatida ta’tilning qolgan qismi malaka oshirish kurslarini tugatgandan soʻng darhol berilishi mumkin.

Xodimni ta’tildan chaqirib olishning iloji boʻlmaganda, masalan, u chaqirib olishga rozi emas, boshqa mamlakatdan qaytib kela olmaydi. Bunday hollarda, ushbu xodimning malakasini oshirishni boshqa vaqtga rejalashtirish iltimosi bilan malaka oshirish tashkilotchisiga murojaat qilishni tavsiya etamiz.

Kelgusida koʻrsatilgan tadbirlarga jalb qilinadigan xodimlarni kasbiy tayyorgarlik, qayta tayyorlash va malaka oshirish rejasi mavjud boʻlganda, ushbu davrlar uchun ta’tilni rejalashtirmaslikni tavsiya qilamiz.

Xodimlarni qayta tayyorlashga va ularning malakasini oshirishga boʻlgan zaruratni ish beruvchi belgilaydi, bundan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish zarurati mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda hamda mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan hollar mustasno .

Xodimlarni qayta tayyorlashga va oʻz malakasini oshirishga yuborish tartibi mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda hamda mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida belgilanadi .

Xodim ish beruvchi va xodim uchun majburiy boʻlgan qayta tayyorlashga yoki malaka oshirishga yuborilgan taqdirda, ish beruvchi qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida xodimning ish joyini (lavozimini) va oʻrtacha ish haqini saqlab qolishi shart .

Xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shakllari, zarur kasblar hamda mutaxassisliklarning roʻyxati ish  beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishgan holda belgilanadi .

 

 

 

 

Ta’til va ishlamaydigan vaqt-Oʻzbekiston Respublikasi mehnat kodeksiga muvofiq dam olish vaqti, ta’tilni roʻyxatdan oʻtkazish va tartibga solish oʻzbekistonda ishlamaydigan vaqt, ta’til va ishlamaydigan vaqt, ta’til Oʻzbekistonda bayramlar qanday tashkil yetilgan. Ishlamaydigan soatlar, bayramlar va ta’tillar haqida. Kadrlar boʻlimi xodimi uchun bayramlar va ta’tillar haqida ma’lumot /oz/publish/doc/text194710_tatildagi_hodimni_majburiy_malaka_oshirish_kurslariga_yuborish_mumkinmi