Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
«Direktor istalmagan xodimdan uning lavozimini qisqartirish orqali xalos boʻlish niyatida. U xodim ishdan boʻshatilgandan keyin bu lavozimni shtat jadvaliga qayta kiritib, unga boshqa odamni ishga qabul qilishni rejalashtirmoqda.
Bu qonuniymi? Kelgusida ish beruvchida muammolar boʻlmaydimi?»
Vaziyatni kadrovik.uz iltimosiga koʻra «Norma» eksperti Lenara XIKMATOVA izohladi:
– Birinchidan, shtat birligini shunchaki qisqartirish mumkin emas. Xodimlar soni yoki xodimlar shtatining oʻzgarishi texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmlarining qisqarganligi bilan bogʻliq boʻlishi kerak. Bu holatlar xodimning ob’yektiv sabablarga koʻra avvalgi ishini davom ettirishiga imkon bermaydi. Mehnat nizosi yuzaga kelgan taqdirda aynan ish beruvchining zimmasiga ushbu faktlarni isbotlash vazifasi yuklatiladi.
Bundan tashqari, Mehnat kodeksining 161-moddasi 2-qismining 2-bandiga koʻra ishdan boʻshatishdan avval ish beruvchi mos boʻsh ish oʻrinlari mavjud boʻlgan taqdirda, xuddi shu tashkilotda xodimni ishga joylashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrishi shart
. Ya’ni, xodimga uning mutaxassisligi va malakasiga muvofiq keladigan boshqa ishga oʻtishni taklif qilish, bunday ish boʻlmagan taqdirda esa ish beruvchida mavjud boʻlgan boshqa ishni taklif etish kerak. Agar hech qanday boʻsh ish oʻrinlari boʻlmasa, ish beruvchi mehnat nizosi yuzaga kelgan taqdirda bu faktni asoslashi kerak.
Ikkinchidan, yangi Mehnat kodeksiga 102-modda kiritildi, unda mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimlarni qayta ishga olish holatlari nazarda tutilgan. Ushbu holatlardan biri koʻrib chiqilayotgan masalaga tegishli. Mehnat kodeksining 102-moddasi
7-qismida:
«Ish beruvchi ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 2-bandiga koʻra ilgari oʻzi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimlarni, basharti xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan e’tiboran olti oy ichida tashkilotda xodim ilgari egallagan oʻsha mutaxassislik va malaka boʻyicha boʻsh (vakant) ish oʻrinlari paydo boʻlgan boʻlsa, ishga qabul qilishi shart» deyilgan.
Shunday qilib, Mehnat kodeksi istalmagan xodimdan qutulish uchun qisqartirilishi yaratilganda xodimlarni noqonuniy ishdan boʻshatishdan himoya qilish uchun qoʻshimcha vositani nazarda tutgan. Agar hatto ish beruvchi lavozim nomini oʻzgartirib, boshqa lavozimni yangi shtat birligi sifatida taqdim qilsa ham, bu ish beruvchining foydasiga oʻynamaydi. Axir muhimi – lavozim nomi emas, balki u avvalgidek shunga oʻxshash mehnat vazifasini bajarishni nazarda tutishi.
Agar yangi shtat jadvalida 6 oy ichida qisqartirilgan lavozim paydo boʻlsa, shtatni qisqartirish boʻyicha ishdan boʻshatish uchun asoslar yoʻqligi ma’lum boʻladi. Agar xodim bu haqda xabar topib, avvalgi ish joyiga qaytishni xohlasa, ish beruvchi unga qayta ishga olishni rad etishga haqli emas
.
Ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda xodim rad etish sabablarini yozma asoslashni talab qilishga haqli, uni ish beruvchi 3 kun ichida taqdim etishi kerak.
Bunda ish beruvchi tomonidan yozma rad javobi berishni rad etish ishga qabul qilishni noqonuniy rad etishda shikoyat qilish uchun toʻsiq boʻlmaydi.
Qayta ishga qabul qilish rad etilgan xodim Mehnat kodeksining 102-moddasi 7-qismiga koʻra tegishli ishlarni ta’minlash, tegishli ishni taqdim etish, oʻziga yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplash va ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin
.
- Ishdan boʻshatilayotgan xodimga boshqa ishni qanday qilib toʻgʻri taklif qilish kerak;
- «Oʻzini nomaqbul tutadigan» xodimni ishdan boʻshatish mumkinmi;
- Qanday «boshqa sabablarga» koʻra mehnat shartnomasi asoslangan tarzda bekor qilinishi mumkin;
- Shtat qisqartirilishida xodimlardan qaysi biri ishdan boʻshatilishi kerak.