Tashkilot buyrugʻida xodimga ta’til beriladigan davrni qanday koʻrsatish kerak

preview

«Agar ta’til ish yili tugashidan oldin taqdim qilinsa, buyruqda qaysi muddat koʻrsatiladi: yillik (haqiqatda ishga qabul qilingan kundan boshlab) yoki ta’tildan foydalanish boshlangan sanadanmi?

Misol uchun, xodim 13.02.2023 yilda ishga qabul qilingan, ta’tilning bir qismi, 14 kalendar kunni esa 2024 yilning 14 yanvaridan 17 yanvarigacha oladi. Ta’til taqdim qilinayotgan davr 13.02.2023–12.02.2024 yil yoki 13.02.2023–13.12.2023 yil (10 oy) boʻladimi? Bu haqda qonunchilik normasi bormi?» 

Savolga kadrovik.uz iltimosiga koʻra «Norma» eksperti Valeriya LYaNDRES javob berdi:

 

Yangi maqolalarni birinchilardan boʻlib oʻqish uchun telegram-kanalimizga a’zo boʻling.

 

– Mehnat ta’tillarini taqdim qilishda (rasmiylashtirishda) ishga qabul qilingan paytdan boshlab ta’til boshlangunga qadar haqiqatda ishlab berilgan vaqt emas, balki ta’til beriladigan xodimning toʻliq ish yili hisobga olinadi .

Hatto xodimga birinchi ish yili uchun taqdim qilinadigan ta’til  xodimning  toʻliq ish yilidan kelib chiqib hisoblanadi :

  • toʻliq davomiylikda va toʻliq haq toʻlangan holda beriladi ;

yoki

  • ta’til qismlarga boʻlingan taqdirda ish yili – haqiqiy ta’til kunlari uchun haq toʻlangan holda ta’tilning bir qismidir. Ta’tilning quyidagi qismlari xuddi shu tartibda rasmiylashtiriladi va taqdim qilinadi.

 

Istisnolar:

  • olti oydan kam ishlagan oʻrindoshlarga birinchi ish yili uchun har yilgi mehnat ta’tili ularning xohishiga koʻra asosiy ish boʻyicha har yilgi mehnat ta’tili bilan bir vaqtda oʻrindoshlik asosida ishdagi ta’til uchun ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda haq toʻlangan holda beriladi, – ta’til toʻliq ish yili uchun beriladi, ammo ishlab berilgan vaqtiga mutanosib ravishda toʻlanadi. Olti oy va undan ortiq ishlagan oʻrindoshlarga birinchi ish yili uchun oʻrindoshlik asosidagi ishda beriladigan har yilgi mehnat ta’tiliga, shuningdek ikkinchi va keyingi ish yillari uchun ushbu toifadagi xodimlarning mehnat ta’tiliga, ushbu ta’til ish yili davomida qaysi vaqtda berilishidan qat’i nazar, toʻliq haq toʻlanadi  .
  • Har yilgi mehnat ta’tili oʻquvchilarning yozgi ta’tili davrida beriladigan ta’lim tashkilotlarining oʻqituvchilar tarkibiga birinchi ish yilidagi mehnat ta’tili oʻquvchilarning yozgi ta’tili davrida toʻliq davomiylikda, ular ushbu ta’lim tashkilotiga ishga kirgan vaqtidan qat’i nazar, ishlab bergan vaqtiga mutanosib ravishda haq toʻlangan holda beriladi. Mazkur toifadagi xodimlarga ikkinchi va keyingi ish yillari uchun beriladigan mehnat ta’tiliga, ushbu ta’til ish yili davomida qaysi vaqtda berilishidan qat’i nazar, toʻliq haq toʻlanadi  .

 

Ta’til ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda berilganda

Har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligi faqat ayrim hollarda ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda hisoblanadi – agar ish yili davomida xodimning har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligi oʻzgargan boʻlsa .

Bunday holatlarga misollar:

  • voyaga yetmagan xodim oʻn sakkiz yoshga toʻlganligi munosabati bilan u asosiy uzaytirilgan mehnat ta’tilini olish huquqini yoʻqotgan;
  • xodimga I yoki II guruh nogironligi belgilangan va shu sababli unda uzaytirilgan ta’til olish huquqi yuzaga kelgan;
  • xodim ish yilining bir qismini oddiy mehnat sharoitlarida, boshqa qismini esa unga qoʻshimcha ta’til olish huquqini beradigan noqulay mehnat sharoitlarida ishlagan boʻlsa;
  • xodim ish yili davomida boshqa ishga oʻtkazilgan va bu ishda mehnat ta’tilining xodim unga oʻtkazilguniga qadar bajargan ishidagiga nisbatan boshqacha davomiyligi nazarda tutilgan boʻlsa va boshqalar) boʻlsa, har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligini ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqarish amalga oshiriladi va boshqa holatlar.

 

Vaziyat

Xodim 13.02.2023 yilda ishga qabul qilindi. U ta’tilning bir qismi – 14 kalendar kunni 2024 yil 4 yanvardan 17  yanvargacha oladi.

Ta’tilning ushbu qismi taqdim qilinadigan davr (ish yili) – 13.02. 2023 yildan 12.02.2024 yilgacha.

Eslatib oʻtamiz, Mehnat kodeksining 230-moddasi 1-qismiga muvofiq yillik mehnat ta’tili har yili, ushbu ta’til berilayotgan ish yili tugaguniga qadar berilishi kerak. Shuning uchun bu vaziyatda xodimning ish yili tugashidan oldin – 12.02.2024 yilgacha – unga ta’tilning qolgan qismi ham taqdim qilinishi kerak.

2024 yil 13 fevraldan boshlab xodim keyingi ish yili uchun mehnat ta’tilidan foydalanishga haqli – 13.02. 2024 yildan 12.02.2025 yilgacha.

 

Kadrovik.uz tavsiya qiladi
  • Yangi Mehnat kodeksi boʻyicha ta’tillar haqida barchasi:

– 1-qism;
– 2-qism;
– 3-qism;

 

 

 

Ta’til va ishlamaydigan vaqt-Oʻzbekiston Respublikasi mehnat kodeksiga muvofiq dam olish vaqti, ta’tilni roʻyxatdan oʻtkazish va tartibga solish oʻzbekistonda ishlamaydigan vaqt, ta’til va ishlamaydigan vaqt, ta’til Oʻzbekistonda bayramlar qanday tashkil yetilgan. Ishlamaydigan soatlar, bayramlar va ta’tillar haqida. Kadrlar boʻlimi xodimi uchun bayramlar va ta’tillar haqida ma’lumot /oz/publish/doc/text195432_tashkilot_buyrugida_hodimga_tatil_beriladigan_davrni_qanday_kursatish_kerak