Dekretdagi xodimaga homiladorlik va tugʻish boʻyicha davlat nafaqasi belgilanganligini qanday bilish mumkin

preview

«Dekret ta’tilidagi xodimalar homiladorlik va tugʻish ta’tilini rasmiylashtirgandan keyin 1,5–2 oy kechikish bilan davlatdan nafaqa olishadi. Bunda koʻpincha ish beruvchiga shikoyat qilishadi, biz esa bu ma’lumotlarni qayerdan qarashni, xodimalar nafaqa bilan ta’minlanganmi yoki ularga bu borada rad javobi berilganmi,  bilmaymiz.

Xodimalarga homiladorlik va tugʻish nafaqalarini hisoblash toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni (davlat qismini) YaMMT tizimida koʻrish mumkinmi? Agar bunday funksiya mavjud boʻlsa, uni qayerda koʻrish mumkin?» 

Vaziyatni kadrovik.uz iltimosiga koʻra YaMMT IDAK boshqaruv boʻlimi boshligʻi Zarnigor Abdurahmonova izohladi:

 

Amaliyotchi-mutaxassislarning tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun telegram-kanalimizga a’zo boʻling.

 

– 20.09.2022 yildagi 515-son VMQ bilan Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha homiladorlik va tugʻish nafaqasini tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisida Nizom tasdiqlangan.

Hujjatga muvofiq oxirgi olti oy davomida uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan ayollarga mehnat shartnomasiga muvofiq barcha yuridik shaxslarda, byudjet tashkilotlaridan tashqari (yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritadigan xususiy tadbirkorlar bundan mustasno) homiladorlik va tugʻish nafaqasi toʻlanadi.

Belgilangan tartibda berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi nafaqani tayinlash va toʻlash uchun asos boʻladi.

Mehnatga layoqatsizlik varaqasi ambulator-poliklinikaning yoki tugʻruqxona muassasasining mas’ul xodimi tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligining «Tibbiyot» axborot tizimiga kiritiladi.

Nafaqani tayinlash uchun oxirgi 6 oy davomidagi quyidagi ma’lumotlar tekshiriladi:

  • uzluksiz ish stajiga ega ekanligi — «Yagona milliy mehnat tizimi» (YaMMT) orqali;
  • mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari mavjudligi — Soliq qoʻmitasining ma’lumotlar bazasi orqali;
  • byudjet tashkilotlarida ishlashi yoki ishlamasligi Moliya va iqtisodiyot vazirligining «UzASBO» dasturiy majmuasi orqali.

Agar ayolning ish staji haqidagi ma’lumotlar YaMMTga kiritilmagan boʻlsa, uning mobil telefon raqamiga SMS-xabar yuboriladi. Yetishmayotgan ma’lumotlarni kiritish zarurligi toʻgʻrisida xabarnoma ish beruvchiga – Soliq qoʻmitasining elektron tizimlari va YaMMT bazasidagi shaxsiy kabinetlarga yuboriladi.

Xabarnoma olgan ish beruvchilar ushbu xodimaning ishga qabul qilinishi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni, shuningdek YaMMTda (my.mehnat.uz sayti) homiladorlik va tugʻish ta’tiliga chiqish sanasini roʻyxatdan oʻtkazishlari shart. Aks holda ayolga nafaqa tayinlash rad etiladi.

Ish beruvchi mehnat shartnomasi va nafaqa olishga haqli boʻlgan ayolning ishga joylashganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni YaMMTga kiritish, shuningdek ish staji boʻyicha nomuvofiqliklarga oʻz vaqtida tuzatish kiritish uchun javobgardir.

Hisoblangan nafaqa toʻgʻrisida xabarnoma (nafaqa berishni rad etish) ish beruvchining shaxsiy kabinetiga «Xabarnoma» boʻlimiga yuboriladi.

 

Quyida ish beruvchi oladigan bildirishnomalarning matnlari keltirilgan.

 

 

Xodima ham shunga oʻxshash bildirishnoma oladi.

 

Nafaqani tayinlash va toʻlashda kechikishlarning sabablari:

  • xodimni my.mehnat.uz saytida oʻz vaqtida rasmiylashtirmaslik;
  • davlat tashkilotlarida ish haqi va ishga joylashganlik toʻgʻrisida ma’lumot olishda nomuvofiqliklarning mavjudligi.

Agar xodima va ish beruvchi tomonidan yuqoridagi Nizomga (20.09.2022 y. 515-son VMQga ilova) muvofiq nafaqa olish uchun barcha shartlarga rioya qilinsa, ammo bunda nafaqani hisoblash toʻgʻrisida hech qanday xabar kelmasa yoki rad etish toʻgʻrisida ma’lumot olingan boʻlsa, vaziyatga oydinlik kiritish uchun 1140 raqamiga murojaat qilish kerak.

Agar nafaqa olishning biron bir sharti bajarilmagan boʻlsa yoki taqdim etilgan ma’lumotlarda xatolar aniqlangan boʻlsa, ish beruvchi yoki mas’ul xizmatlar tomonidan xatolar tuzatilgandan keyin nafaqa keyingi oylarda tayinlanadi.

 

 

 

 

My.mehnat.uz My.mehnat.uz My.mehnat.uz /oz/publish/doc/text195615_dekret_tatilidagi_hodima_nafaqa_ola_boshlaganini_qanday_aniqlash_mumkin