Aprel oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Ijtimoiy pensiya va nafaqalarning yangi minimal miqdorlari belgilandi (31.01.2024 y. PF-24-son). Ular minimal iste’mol хarajatlarining qiymati (kambagʻallik darajasi) – 568 mingdan 621 ming soʻmgacha oshirildi.
Qonunchilikdagi yangiliklarini oʻtkazib yubormaslik uchun telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Quyidagi ijtimoiy toʻlovlar oyiga 621 ming soʻm qilib belgilangan:
- zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa fuqarolarga nafaqa;
- qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda ish staji toʻliq boʻlmaganda yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori;
- oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band boʻlgan bolaning qonuniy vakiliga nafaqa;
- boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa. Keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun — 212 000 soʻm;
- boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori.
Quyidagi maqolalar siz uchun foydali boʻladi:
- Oʻrindoshlik asosidagi ish pensiyaga qanday ta’sir qiladi;
- Pensiyaga chiquvchi yetishmayotgan ish stajini "sotib olishi" mumkinmi;
- Sobiq хodimga pensiya olishga qanday yordam berish mumkin;
- Xodim pensiyaga chiqayotganda ish beruvchi qanday toʻlovlarni amalga oshiradi;
- Xususiy tashkilotlar "dekret" nafaqalarini toʻlashga majburmi.