Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
«Xodim pensiyaga chiqishi munosabati bilan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida ariza topshirdi. Bu ish beruvchi uchun xodimga qoʻshimcha toʻlovlar boʻyicha majburiyatlarni keltirib chiqaradimi? Xodimning arizasida ushbu holatni (sababni) koʻrsatish kerakmi va nima uchun?»
Savolga kadrovik.uz iltimosiga koʻra ekspert va «Norma» kadrlar xizmati rahbari Valeriya LYaNDRES javob berdi:
– Sizning vaziyatingizda mehnat shartnomasini bekor qilish xodimning tashabbusinga koʻra amalga oshmoqda
va qonunchilikda xodimga hech qanday qoʻshimcha toʻlovlar nazarda tutilmagan.
Bu vaziyatda mehnat shartnomasini bekor qilishni rasmiylashtirish mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni xodim bilan toʻliq hisob-kitob qilish va foydalanilmagan ta’tillar (ular mavjud boʻlgan taqdirda) uchun pulli kompensatsiya toʻlash bilan amalga oshiriladi
.
Arizada «pensiyaga chiqish munosabati bilan» ishdan boʻshash sababini koʻrsatib, xodim quyidagi huquqlarga ega boʻladi:
- ish beruvchini ishdan boʻshash toʻgʻrisida oʻn toʻrt kalendar kun oldin ogohlantirmaslik, ish beruvchi esa ishdan boʻshayotgan xodim bilan mehnat shartnomasini xodim talab qilgan muddatda bekor qilishi shart
; - ish beruvchidan tashkilotning ichki hujjatlari, jamoa yoki tarmoq shartnomasi bilan pensiyaga chiqish munosabati bilan ishdan boʻshayotganlar uchun belgilangan imtiyozlar va afzalliklarni olish.