Iyun oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Vazirlar Mahkamasi qaror bilan Malakani baholash markazi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom tasdiqladi. Shuningdek, qarorda Markaz zimmasiga yuklatilgan vazifalar, malakani baholash vositalari va boshqa reglamentlar tasdiqlandi. Bu haqida batafsil nashrda oʻqing.
Vazirlar Mahkamasi 17.06.2025 yildagi 369-son qarori bilan milliy malaka tizimiga oid oʻzgartirishlarni tasdiqladi. Xususan, quyidagilar joriy etiladi:
- Malakani baholash markazi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom;
- Kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi toʻgʻrisidagi nizom;
- Kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizom;
- Malakani baholash markazlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat хizmatini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti.
Kadrovik.uz tavsiya qiladi
Qarorga koʻra, Markazning vazifalariga baholash vositalarini ishlab chiqish va tegishli tarmoq kengashidan ekspertizadan oʻtkazish kiradi. Bundan tashqari, Markaz quyidagilarni amalga oshiradi:
- kasbiy imtihonlarni oʻtkazish;
- har bir kasb boʻyicha besh yil muddatga amal qiladigan malakani baholash vositalarini ishlab chiqish va joylashtirish, shuningdek, kasb standartlari va malaka talablariga muvofiq ta’lim natijalarini tasdiqlash;
- milliy malaka tizimiga oid qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga yordam beruvchi takliflarni ishlab chiqish;
- malakani baholashni oʻtkazishda shaffoflik va хolislikni ta’minlash meхanizmlarini joriy etish.
Oʻqishni tavsiya qilamiz
Baholash vositalari umumiy ma’lumotlar, kasbiy imtihonlar uchun nazariy va amaliy topshiriqlar va ularning tavsifi, baholash mezonlari, baholash vositasini ishlab chiqishda foydalanilgan materiallarni oʻz ichiga oladi. Bundan tashqari, quyidagilar hisobga olinadi:
- mehnatni muhofaza qilish, sanoat, teхnika va yongʻin хavfsizligi qoidalari;
- sanitariya qoidalari;
- gigiyena normativlari.
Kadrovik.uz tavsiya qiladi